O`zbekiston aholisi va uning joylashuvi


MEHNАT RESURSLАRI TАRKIBI


Download 276 Kb.
bet3/4
Sana07.01.2023
Hajmi276 Kb.
#1083121
1   2   3   4
Bog'liq
O`ZBEKISTON AHOLISI VA MEHNAT RESURSLARI

MEHNАT RESURSLАRI TАRKIBI









Ishsizlikning yashirin ko‘rinishida bo‘lishining sabablari quyidagilardan iboratdir:
· Davlat tomonidan ba’zi bir zarar ko‘rib ishlovchi tarmoqlarni va ishlab chiqaruvchilarni moliyaviy ta’minlash.
· Bankrot bo‘lgan korxonalarga dotasiyalar ajratish.
· Ortiqcha ishchi kuchlari mavjud bo‘lgan korxonalarga ularni qisqartirishga undovchi soliq tizimining yo‘qligi yoki takomillashmaganligi.
· Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonining sekin borishi.
Bozor iqtisodiyoti davrida yashirin ishsizlikni va ishchi kuchini ortiqchaligini uzoq vaqt moboynida saqlanib turishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Talabning qisqarishi, korxonalar qarzdorligining o‘sishi va kreditlar olishni chegaralanganligi, soliq tizimini takomillashtirib borish va boshqa sabablar bari bir oxirida ishchilarni ishdan bo‘shatishga majbur qiladi, bu esa oshkora ishsizlikka olib keladi. Oshkora ishsizlik kelib chiqishini bir qancha sabablari mavjuddir. Ishsizlik o‘z sabablariga ko‘ra mehnat resurslarining asosiy toifasini o‘z ichiga oladi

Ishsizlikning turlari; friksion, strukturaviy, siklik, mavsumiy, instutsional, texnologik. Ishsizlikning majburiyligi va muqararligi
Ishsizlikning quyidagi turlari mavjuddir.
Friksion ishsizlik - vaqtincha ishsizlik bo‘lib, ish joyini almashtirish paytida yuz beradi, eski ishdan ketib, yangi ishga o‘tguncha ishsizlik yuz beradi. YA’ni ular ish qidirayotgan ishchi kuchlaridir. Ishsizlarning ushbu toifasiga o‘z kasbini o‘zgartirayotgan, ko‘chib ketayotgan kishilar, birinchi marotaba ishga kirayotgan yoshlar, vaqtinchalik ishdan bo‘shatilganlar kiradi. Ishsizlikning bunday shakli istalgan ijtimoiy tizimda, iqtisodiy rivojlanishning istalgan darajasida mavjud, u ijtimoiy havfli ishsizlik deb hisoblanmaydi.
Strukturaviy ishsizlik iqtisodiyot, fan-texnika taraqqiyoti jadal rivojlangan sari yangi ishlab chiqarishlar, korxonalar sifat jihatidan yangi tarmoqlar paydo bo‘lishi va ayni vaqtda boshqa korxonalar, tarmoqlar, texnologiyaning eskirishi bilan bog‘liq. Bunda doimiy ravishda yangi kasblar paydo bo‘ladi va ilgari keng tarqalgan ba’zi kasblar keraksizga aylanadi, yangi kasblarga talab kuchayadi va eskilariga bo‘lgan ehtiyoj kamayadi. Bular natijasida keraksiz bo‘lib qolgan ishchi kuchi strukturaviy ishsizlikni hosil qiladi.
Friksion va strukturali ishsizlikda ma’lum o‘xshashliklar va farqli jihatlar mavjud. Asosiy farqi shundaki, friksion ishsizlikda ma’lum malaka va tajriba mavjud bo‘ladi va undan foydalanib qisqa vaqtda ishchi kuchini sotish yoki ish topish mumkin. Strukturali ishsizlikda ishchi kuchi darhol yoki qisqa muddatda ish topa olmaydi.
U malakasini o‘zgartirishi, qayta malaka oshirishi, ma’lumot olishi, kasb egallashi lozim. Hatto ba’zi hollarda yashash joyini o‘zgartirishga ham to‘g‘ri keladi.
Mavsumiy ishsizlik. Mavsumiy ishda band bo‘lganlarning mavsum tugagach ishsiz qolishi. Bu ishsizlik qishloq xo‘jaligi, qurilish va kurort sohalariga xos.
Siklik ishsizlik ishlab chiqarishning pasayishi natijasida ishchi kuchiga bo‘lgan talabning kamayishi va ishsizlarning paydo bo‘lishidir. O‘zbekistonda (1992 yilda) ishlab chiqarishning pasayishi siklik ishsizlikka olib kelgan edi. Ishlab chiqarishning pasayishi, mavjud iqtisodiy aloqalarning keskin darajada buzilishi, respublikada shu davrda bozor strukturasining yaratilmaganligi ham ayni qayta ishlash sanoatining past rivojlanganligi va shu kabi sabablar bilan bog‘liq holda ishsizlar soni ko‘paydi.
Siklik ishsizlik bozorning eng jiddiy iqtisodiy va ijtimoiy muammolaridan biridir. U barcha tarmoqlar, sohalar, mintaqalarda ishchi kuchiga bo‘lgan ehtiyojning pasayishi bilan birga boradigan umumiy iqtisodiy tanazullar va bo‘xronlar bilan bog‘langan. Bunday davrlarda ishlashni xohlaydigan va bunga salohiyatli kishilar ishsiz bo‘lishiga majburdirlar, chunki ishlab chiqarishning umumiy tanazzuli tufayli ishchi kuchi iqtisodiyotga kerak bo‘lmaydi.
Siklik ishsizlikda ishsizlar keskin ko‘payadi. Masalan AQSH da “Buyuk depressiya” yillari (30-yillar) ishsizlik taxminan 25% ga teng bo‘lgan, oxirgi ishlab chiqarish pasaygan yillari (1922y) ishsizlik 9,7 foizga teng bo‘lgan.
Institusional ishsizlik - mehnat bozorining institutlari vujudga keltiradi, uning asosiy sababi - ishsiz kishining nafaqa hisobiga yashash imkoniyatiga ega bo‘lishi va shu sababli ish qidirishga rag‘batning yo‘qolishidir. Institusional ishsizlik insonning asosiy ehtiyojlarini ta’minlash uchun ishsizlik bo‘yicha nafaqa miqdori yetarli bo‘lganda ommaviy hodisa sifatida vujudga keladi, nafaqa to‘lash muddati davomli bo‘ladi.
Institusional ishsizlikning oqibatlari bir xilda bo‘lmaydi. Albatta, ishsiz kishining munosib turmush darajasini saqlab turish, qashshoqlik va uning jinoiy oqibatlarini bartaraf etish ijobiy holdir, salbiy hol esa jamiyatdagi ishchi kuchi potensialidan samarali foydalanmaslik, fuqarolarda boqimandalik ruhiyatini shakllantirish, mehnatga bo‘lgan sabab va rag‘batlantirishning yo‘qolishidir.
Soliq tizimining mukammal emasligi ham institusional ishsizlikka sabab bo‘lishi mumkin. Daromad solig‘ining haddan tashqari yuqori stavkalari xodimlar ixtiyorida qoladigan daromadlar hajmini qisqartirib yuboradi. Daromadlar bilan ijtimoiy dasturlar bo‘yicha to‘lanadigan to‘lovlar o‘rtasida farq qanchalik kam bo‘lsa, ishchi kuchi taklifini cheklaydigan va ishsizlik muddatlarini uzaytiradigan mehnat bozorining sust ishlashi bilan bog‘liq bo‘lgan ishsizlikni ham institusional ishsizlik toifasiga kiritish kerak. Kasblarning tuzilishi, malaka darajalari va mehnat bozorining boshqa xususiyatlari nisbatan sekinlik bilan o‘zgaradi, ishlab chiqarish ehtiyojlaridan orqada qoladi, buning natijasida ishsizlikning alohida ko‘rinishi paydo bo‘ladi. Bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi axborotning mukammal emasligi tufayli vujudga keladigan ishsizlikni ham institusional ishsizlik qatoriga kiritish mumkin.
Ishsizlik haqida so‘z yuritganda, ishsizlikning “majburiyligi” va “muqarrarligi” degan tushunchalarga aniqlik kiritish zarur. Masalan, xodim yuqori ish haqi to‘lanadigan va ish sharoiti yaxshi bo‘lgan yanada nufuzli ish topish niyati borligi munosabati bilan yoki boshqa mintaqadagi yangi yashash joyiga ko‘chib o‘tish va rahbar xodimlarning noroziligi tufayli ishdan bo‘shaydi. Bu ishsizlik majburiy ishsizlikmi yoki majburiy bo‘lmagan ishsizlikmi.


I. Yollanish bo‘yicha ish bilan bandlar:
1) ishlovchilar - hisobot davri mobaynida ish haqi evaziga ma’lum bir ish bajarganlar;
2) ish o‘rniga ega bo‘lib, hisobot davrida vaqtincha ishlamayotganlar, lekin rasman o‘z ish o‘rinlarini saqlab qolganlar.
II. O‘z korxonasida bandlar:
1) ishlayotgan shaxslar, ular hisobot davrida daromad olish uchun ma’lum bir ish bilan shug‘ullanganlar;
2) korxonaga ega bo‘lib, hisobot davrida biron sababga ko‘ra ishlamayotganlar.
Shu o‘rinda aytib o‘tish kerakki, xalqaro standartlarga ko‘ra, “muayyan ish” tushunchasiga kamida bir soat mobaynida ishlaydigan ish to‘g‘ri keladi. Yollanib ishlash bilan o‘z korxonasida ishlashni bir-biridan farqi ish bilan bandlikni faqat ish haqi olish uchun ishlash emas, balki foyda, daromad olish uchun ishlashdan, shu bilan birga, o‘z iste’moli uchun maxsulot ishlab chiqarishdan iborat ekanligidadir.
Ish bilan bandlik ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya sifatida ijtimoiy mehnat munosabatlarining turli-tuman shakllaridan iborat bo‘lib, kishilar u yoki bu ish o‘rnidan ijtimoiy foydali faoliyatda tegishli daromad olish bilan ishtirok etish uchun bu munosabatlarga kirishadilar.
Mehnat resurslarining bandligi, uning tovar sifatidagi ishchi kuchi mehnat bozorini tark etganda va uni iste’mol qilish boshlanganda vujudga keladi. Bandlik munosabatlari barcha mehnatga qobiliyatli shaxslar, ijtimoiy guruhlar, ijtimoiy foydali mehnatda ishtirok etayotganlarni, ularning ishtirok etish darajasi qanday ekanligini ko‘rsatib beradi.
Bu yerda faqat miqdor jihati emas, sifat jihatini ham nazarda tutish muhim ahamiyatga egadir. Mehnatga layoqatli aholi:
1) ishda bandlar;
2) norasmiy bandlar, ya’ni bandligi ko‘rsatilmaganlar;
3) ishsizlar guruhi;
Bandlikning o‘zi 2 guruhga bo‘linadi:
1) an’anaviy bandlik, ya’ni to‘la ish xaftasida doimiy bandlar;
2) noan’anaviy (egiluvchan) bandlik.
Masalaning muhim bir jihati shundaki, ishchi kuchiga mehnatga layoqatli aholi qatlamiga ilk bor kirgan yoshlar bu uch guruh bo‘yicha taqsimlanadilar. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, yoshlarning aksariyati bandligi ko‘rsatilmaganlar guruhiga mansub bo‘lib qolishmoqda, bu asosan, qishloq joylarida ko‘proq namoyon bo‘lmoqda.
Bunga sabab:
Birinchidan, qishloq joylaridagi mehnat bozorida mehnat resurslari taklifining unga bo‘lgan talabdan ortiqligi.
Ikkinchidan, yoshlarda tegishli kasb-xunarning yo‘qligi.
Uchinchidan, yoshlarda iqtisodiy va xuquqiy bilimlarning yetishmasligidir.
Hozirda hisobga olinmagan bandlar hisob-kitobini amalga oshirish dolzarb masalalardan hisoblanadi, bu holat rasmiy iqtisodiyotning barqarorlashtirishga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Ekspertlarning bank sohasidan tashqarida aylanishda bo‘lgan pul massasini baxolash asosida o‘tkazgan hisob-kitoblari shuni ko‘rsatadiki, hisobga olinmagan bandlik O‘zbekiston aholisining 2,3 mln. dan ziyodini qamrab olishi mumkin ekan. Bunday bandlik tarkibiga band sifatida bir marta hisobga olingan shaxslarning ikkilamchi bandligi ham, savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi vaqtinchalik ish ham, takrorlanib turadigan vaqtinchalik bandlik ham, shuningdek, oilalarga pul yoki natural tarzda daromad keltiruvchi bandlik ham kiradi.
O‘zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar mehnat resurslari bandligining yangi shakl va usullarini izlashni talab qilmoqda. Bunda bandlikning noan’anaviy shakllaridan turli xil egiluvchan bandlikdan foydalanuvchi xorijiy davlatlar tajribalari bilan tanishish muhim ahamiyat kasb etadi.
Egiluvchan bandlik yollanma ishchi kuchi tarkibining o‘zgarish tendensiyasini ifodalovchi muhim ko‘rsatkich hisoblanadi. U mehnat bozorining tarkibiy qismi bo‘lib, shuningdek, yana bir qator elementlarni o‘z ichiga oladi (5-chizma).
funksional egiluvchanlik (keng miqyosdagi mutaxassislikka ega bo‘lgan ishchilarning o‘rin almashib ishlashi);
mehnatga haq to‘lashning egiluvchan tizimlari;
masofaviy egiluvchanlik (kichik tizimlarda subkontrakt tizimi asosida ishlash);
ishchi kuchini ishlab chiqarishga jalb etish (hududiy, tarmoqlararo).




Dehqon va fermer xo‘jaliklarida bandlikni o‘stirish. Buning uchun: qishloq xo‘jaligi texnikasidan foydalanish va hamkorlikda egalik qilish uchun yetishtirilgan mahsulotni realizasiya qilish va qayta ishlash, saqlash uchun maxsus shirkatlarni tashkil etish;
qishloq joylarida dehqon va fermer xo‘jaliklari egalarini zamonaviy xo‘jalik yuritish borasida huquqiy, iqtisodiy va marketing axborotlari bilan ta’minlovchi maxsus xizmatlarni yaratish;
Dehqon xo‘jaliklarida band bo‘lganlar va ularning egalari o‘rtasida fuqarolarni ijtimoiy sug‘urta qilish mexanizmi xususiyatlari to‘g‘risida tushuntirish ishlarini olib borishni faollashtirish.
Dehqon va fermer xo‘jaliklari boshliqlarini agrotexnologiya va qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti masalalariga oid bo‘lgan malakasini oshirish va kasbiy o‘qitishning doimiy amal qiluvchi kurslarini tashkil qilish
Dehqon va fermer xo‘jaliklarida yaratilgan mahsulotlarni qulay sotish uchun zamonaviy savdo vositalari va omborxonalar bilan ta’minlash
Sosial va bozor infratuzilmasida bandlikni o‘stirish.
Bu sohadagi asosiy vazifa yangi ish joylarini yaratish va kapital ko‘chmas mulk bozorini, konsalting tizimi, huquqiy marketing, servis xizmatlarini rivojlantirish, kadrlarni o‘qitish va tayyorlash hisobiga bandlikni o‘stirish.
Sosial va bozor infrastuzilmasining kelajakdagi rivojining asosiy sharti, bu sohaga kasb xunar kollejlari va akademik leseylarda o‘qigan yuqori malakali kadrlarni jalb etish bo‘lib qoladi. Yangi o‘quv muassalarini kasb hunar kollejlari, akademik liseylarni, umumta’lim maktabini bog‘chalarni harakatga keltirishni ko‘zda tutgan kadrlar tayyorlash milliy dasturining to‘laqonli amalga oshirilishi natijasida ta’lim tizimi muasssalarida bandlikni 80 ming kishiga ko‘paytirish imkonini beradi.
Tibbiy xizmat ko‘rsatish darajasini yaxshilash.
Savdo va umum ovqatlanish obektlarini qurish ishlari davom ettirilishi va ularning tarmoqlarini kengaytirish, shuningdek, maishiy xizmat tarmoqlarini kengaytirish;
Bozor infratuzilmasini riojlantirishning asosiy yo‘nalishi bank xizmati, birjalar, savdo uylari va boshqa obektlar tarmog‘ini kengaytirishdir;
Haq to‘lanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish. Sosial va transport infratuzilmasi obektlarida, yer qurilishi va meleorativ ishlarida haq to‘lanadigan jamoat ishlarini ko‘plab tashkil etish zarurdir. Buning uchun jamoat ishlarini tashkil qilish va o‘tkazish masalalarini hal qilishning aniq chora-tadbirlari ishlab chiqilishi, ular moliyaviy ta’minlanishi kerak.
Aholining shahar va qishloq o‘rtasida taqsimlanishi. Urbanizasiya jarayoni. Ma’lumki aholining shahar va qishloq o‘rtasida taqasimlanishi darajasi joylarda sanoat bilan qishloq xo‘jaligining qay darajada rivojlanganligiga bog‘liq bo‘ladi.
O‘zbekiston sanoatining yuksalishi natijasida Respublika aholisining shahar va qishloq o‘rtasida taqsimlanishda kata ijobiy siljishlar ro‘y berdi, ya’ni shahar aholisi salmog‘i tez o‘sdi. Agar 1897 yilda O‘zbekiston aholisining atigi 18,8 % i shaharlarda yashagan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 1926 yilda 22,0 % ga, 1940 yilda 24,5 %, 1959 yilda 3,6 %, 1970 yilda 36,6 %, 1979 yilda 41,2 % va 1989 yilda 40,7 % ga, 2005 yilda esa u biroz pasayib 36,3 % tushib qoldi.
Albatta, turli davrlarda shahar tushunchasi, uning halq bo‘lgan xo‘jaligidagi vazifasi, jamiyatdagi mavqei turlicha.
O‘tgan asr boshlarida O‘zbekiston shaharlari asosan hunarmandchilik, savdo – tijorat rivojlangan ma’muriy markazlar bo‘lgan sanoat esa ancha sust edi.
Shahar va shaharlarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy rivojlanish negizi kuchayganligi sababli ular yiriklashib, soni tez o‘sib
1926 yilgi aholi ro‘yxati O‘zbekistonda 27 shahar va 19 shaharcha borligini qayd qildi. 1991 yil boshida shaharlar 123 ta, shaharchalar esa 104 ta. 2005 yilda 120 shahar, 117 ta shaharcha mavjud bo‘lgan.


XULOSA
O‘zbekiston endilikda deyarli barcha fan sohalari bo‘yicha ilmiy mutaxasislarni birlashtirgan 2 taga ega. Paxtachilik, kimiyo, geologiya, matematika soqalaridagi tadqiqod ishlari dunyo bo‘yicha tan olingan. 1987 yilda respublikada 39,1 ming ilmiy xodim bo‘lib, ulardan 1,3 tasi fan doktorlari, 16,3 mingtasi fan nomzodlaridan iborat. Zamonaviy kadrlar tayyorlashga e’tiborni qaratish lozim. Mexnat resurslari va ulardan foydalanish.
Uzbekistonda mexnat resurslarining soni, salmog‘i usishi sur’atlari, ularning xalq xujaligi tarmoqlari va respublika xududida taqsimlanish, mexnat resurslaridan foydalanishning samaradorligi uziga xos xususiyatga ega. Uzbekiston axolisi yosh tarkibida yoshlarning kup bulishi uz navbatida mexnatga layoqatli kishilar salmog‘ining nisbatan kamayishiga olib keldi. Shu bilan birgalikda tabiiy usishning yuqoriligi undan mexnat resurslari salmog‘ining doimo ortib borishiga olib keldi. Mexnat yoshidagi axolining barchasi ba’zi bir sabablarga kura ishlab chiqarishda tuliq ishtrok etaolmadi. Ishlab chiqarishdan ajralgan holda usish. Armiyada xizmat qilish kabi obektiv Sabablarga kura axolining bir qismi ich da ishtrok eta olmaydilar. Kup bolali onalar oilada bola boqish. Maxsus uy xujaligi bilan shug‘ullanishlari shunday subektiv sabablarga kiradi. Respublikamiz kup bolali onalar salmog‘ining kattaligi bilan ajralib turadi. Uzbekistonda iktisodiy faol axolisining xalq xujalik tarmoqlari buyicha taqsimlanishi sobiq itfoqdan farq qiladi. Respublikamizda 1939-1989 yillar orasida moddiy ishlab chiqarishda ishlaydigan axoli 90% dan 74,1% ga tushib qolgan. Nomoddiy ishlab chiqarish sohasida ishlovchilar salmog‘i esa 7,8%dan 25,9%ga yetgan.



Download 276 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling