O’zbekiston aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qomitasi toshkent axborot tehnologiyalari universiteti


Iste'molchilarga keng assortimentdagi tovarlarni tanlashga imkoniyat yaratish


Download 0.66 Mb.
bet181/362
Sana02.01.2022
Hajmi0.66 Mb.
#194079
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   362
Bog'liq
Texnologiyalari davlat qomitasi toshkent axborot tehnologiyalari-fayllar.org

Iste'molchilarga keng assortimentdagi tovarlarni tanlashga imkoniyat yaratish. Ba'zi bir
bozor  mutaxassislari  marketing  tizimining  asosiy  maqsadi  tovarlar  xilma-xilligini  maksimal
ta'minlash  va  iste'molchilarning  keng  assortimentdagi  tovarlarni  tanlashiga  imkoniyat  yaratishdan
iboratdir deb hisoblaydilar. Tizimning maqsadi iste'molchining talabiga to’liq mos keladigan tovarni
topishiga yordam berishdan iborat bo’lishi kerak.
Aholi  turmush  darajasi  sifatini  oshirish.  Ko’pchilik  mutaxassislar  marketing  tizimining
asosiy  maqsadi  aholi  "turmush  darajasining  sifati"ni  yaxshilashdan  iborat  deb  biladilar.  Bu
tushuncha quyidagilarni o’z ichiga oladi:
1) tovarning sifati, miqdori, assortimenti, narxi;
2) mehnatga haq to’lash darajasi;
3) madaniy muhitning sifati va boshqalar.
Marketingning asosiy maqsadi, uning vujudga kelish, shakllanish va rivojlanishining ob'ektiv
sabablari,  zarurati  bilan  belgilanadi.  Yuqorida  qayd  qilinganidek,  marketing  eng  avvalo  tovarlar

to’planib, sotilmay qolgan va iqtisodiyot inqirozi kuchaygan sharoitda, uni shu inqirozdan chiqarish


quroli  sifatida  ixtiro  qilingan,  yaratilgan  ekan.  Uning  maqsadi  nihoyatda  keng  va  murakkab
masalalarni hal qilishga qaratilgandir. U ishlab chiqarishni xaridor ehtiyojiga moslashtirib, talab va
taklifni  muvozanatiga  erishgan  holda,  uni  tashkil  etgan  korxona,  tashkilotlarga  yuqori  foyda
keltirishdir. Bunga erishish uchun marketing ko’yidagi muhim vazifalarni hal etmog’i lozim: 
• 
xaridorlar (istemolchilar) ehtiyojini o’rganish va aniqlash;
• 
tovarlarga bo’lgan ichki va tashqi talablarni o’rganish;
• 
korxonaning faoliyatini xaridorlar ehtiyojiga moslashtirish;
• 
avvalo  talab  va  taklif  to’g’risida  olingan  ma'lumotlar  asosida  bozorni
o’rganish;
• 
tovarlar  reklamasini  tashkil  etish,  xaridorlarni  tovarlarni  sotib  olishga
qiziqishini ortirish; 
• 
tovar  yaratuvchi  yoki  uni  sotuvchi  korxona  tadqiqotlarini      amalga
oshirish uchun ma'lumotlar to’plash va tahlil qilish;
• 
tovarni  bozorga  chiqarishdagi  barcha  xizmatlar  to’g’risida  ma'lumotlar
olish;
• 
to’ldiruvchi  tovarlar  va  o’rnini  bosuvchi  tovarlar  to’g’risida  axborotlar
yig’ish;
• 
tovarlarga  bo’lgan  talabni  istiqbollash,  ularni  amalga  oshirishni  nazorat
qilishdan iboratdir. 
• 
Marketing  axborotlarini  tizimli  tahlil  qilish,  talab  va  taklifning  taxminiy
hisobini ishlab chiqishga imkon beradi. Busiz esa sotishning maqbul darajasini
belgilash  mumkin  emas.  Bunday  darajada  odatda,  minimum,  maksimum
oralig’ida  hisoblab  chiqiladi.  Marketing  maqsadiga  erishishda  reklama  ham
muhimdir.  Reklamaning  vazifasi  -  mavjud  bozor  segmentini  mustaqkamlash,
yangi  xaridorlarni  jalb  qilish,  yangi  bozorlar  tashkil  qilishdir.  Marketing
tizimida  reklamaning  asosiy  xususiyati  -  uzluksiz  ta'sir  va  doimiy
yangilanishdir. Shu bilan birga xaridor psixologiyasi tovar va firma markasiga
bog’lanib qolish xususiyati (imidj) ga ham egadir.

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling