Iste'molchilarning xulq-atvori deganda tovar xarid qiluvchilarning tovarni tanlash va sotib
olish jarayonida tushinib etgan xatti-harakatlarining majmui tushuniladi. Korxonaning yoki
firmaning bozorda samarali faoliyat ko’rsatishida ham ko’p hollarda iste'molchilarning xulq-
atvorini o’rganish muhim hisoblanadi. Aynan, iste'molchilarning tovarning har xil xususiyatlariga,
baho o’zgarishiga, reklamaga bo’lgan munosabatini yaxshi tushunib etgan firma raqobatchi firmaga
qaranganda bir muncha qulayliklarga ega bo’ladi. Shu sababli ham firma va uning ilmiy xodimlari
marketingning qo’zg’atuvchi omillari va xaridorlarning javob reaktsiyalari o’rtasidagi bog’liqlikni
tadqiq qilishga ko’p vaqtlarini sarf qiladilar. Bu harakatlarning tayanch nuqtasi bo’lib esa xaridorlar
xulq-atvorining oddiy modeli hisoblanadi. Xaridorlar xulq-atvorining oddiy modelini quyidagi 27-
chizma yordamida izohlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |