iste'molchilarning ehtiyoji o’zgarsa, mamlakatdagi iqtisodiy ahvol yomonlashsa korxona ishlab
chiqarish quvvatining ma'lum bir qismidangina foydalanishga harakat qiladi. Korxona o’zining
faoliyatining to’xtab qolmasligi, tovarlariga bo’lgan talabni oshirish maqsadida ularni past narxlarda
ham sotishga majbur bo’ladi.
Aks holda, u o’z tovarlariga yuqori narx belgilaydi.
Marketing faoliyati nuqtai nazaridan narxning shakllanishiga quyidagicha yondashuvlarni
ko’rib chiqish mumkin:
- foydani uzoq muddat davomida maksimal darajaga ko’tarish;
- foydani qisqa muddat davomida maksimal darajaga ko’tarish;
- tarmoqda narx
lideri statusini saqlab qolish;
- yangi raqobatchilar paydo bo’lishiga to’sqinlik qilish;
- savdo vositachilari tomonidan
befarqlikni saqlab qolish;
- korxonaning obro’sini saqlab qolish;
- "kuchsiz mahsulotlar"ni sotishni yaxshilash;
- "narx urushi"ning oldini olish.
Narx marketing kompleksi elementlaridan biri hisoblanib, uning shakllanishi marketing
kompleksining boshqa elementlari bilan chambarchas bog’liqdir. Masalan, narxning sifatga, tovar
harakatini tashkil etishga, tovarning hayotiy davriga bog’liqligi shular jumlasidandir.
Narx ishlab chiqarish, tovar harakatini tashkil etish va sotish xarajatlari va boshqa xarajatlarni
qoplab, foyda keltirishi kerak. Ma'lumki, umumiy xarajatlarda eng muhim o’rinni ishlab
chiqarilayotgan mahsulotning tannarxi egallaydi. Shu sababli, mahsulot tannarxini pasaytirish
muhim vazifa hisoblanadi.
N
Do'stlaringiz bilan baham: