Narx belgilashning raqobatchilar narxiga asoslangan usuli. Korxonaning narx siyosatiga
raqobatchilarning narxlari va bozorda narx o’zgarishiga raqobatchilarning munosabati katta ta'sir
ko’rsatadi. Demak, raqobatchilar narxini o’rganish - narx shakllanishi sohasida muhim
elementlardan biri hisoblanadi. Dastavval korxonaning narx siyosati bozor tipiga bog’liq ekanligini
qayd etishi lozim.
Agar bozor sof raqobatchilar bozori bo’lsa, unda sotuvchi bozordagidan yuqori narxni talab
qilishi mumkin emas, chunki xaridorlar ushbu bozor narxi bo’yicha tovarning xohlagan miqdorini
ochiq sotib olishlari mumkin. Demak, bu erda narxlar talab va taklif asosida belgilanadi. Bunda
narxlar qat'iy va ularga alohida korxona tomonidan ta'sir ko’rsatish deyarlik mumkin emas.
Bozor tiplaridan yana biri monopolistik raqobat bozori hisoblanadi. Bunday bozor ko’p sonli
xaridorlar va sotuvchilardan iborat. Ular o’zlarining bitimlarini yagona narx bo’yicha emas,
narxlarning keng diapazoni bo’yicha amalga oshiradilar. Bunday sharoitda korxona narxni
o’zgartirishi uchun keng imkoniyatlarga ega.
Narx belgilashning raqobatchilar narxiga asoslangan usuliga korxonaning bozorda mustahkam
o’rin egallab turgan etakchi korxona belgilangan narxiga qarab narx belgilashini ham kiritish
mumkin. Bunday holda korxona o’z tovariga bozor etakchisi belgilagan narxdan ko’ra pastroq narx
belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |