O’zbekiston aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qomitasi toshkent axborot tehnologiyalari universiteti


Download 0.66 Mb.
bet279/362
Sana02.01.2022
Hajmi0.66 Mb.
#194079
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   362
Bog'liq
Texnologiyalari davlat qomitasi toshkent axborot tehnologiyalari-fayllar.org

Talabga  asoslangan  usul.  Ko’pchilik  hollarda  korxonalar  narxlashtirishning  asosiy  omili
xarajatlar  emas,  balki  tovarning  iste'molchilar  tomonidan  xaridor  sifatida  qabul  qilinishi,  ya'ni
tovarning  xaridor  xohlaydigan  foydaliligidadir  deb  biladilar.  Demak,  narx  bu  holda  tovarning
qiymat jihatidan muhimligiga muvofiq kelishi kerak. Aslida ham har bir xaridor u yoki bu tovarni
xarid  qilar  ekan,  u  xayolan  xarid  qilingan  tovarning  narxini  uning  foydaliligi  bilan  taqqoslab
ko’radi.
Tovarning  foydaliligi  asosida  narxlashtirish  usulidan  foydalanadigan  korxona  iste'molchilar
ongida  shu  korxonaning  tovariga  raqobat  qilayotgan  tovarlar  haqida  ham  qanday  tasavvur
mavjudligini bilishlari talab etiladi. Bu erda iste'molchilarning bitta tovar uchun har xil sharoitlarda
qancha pul to’lashga tayyor ekanliklarini bilish ham muhim hisoblanadi.
Agar  sotuvchi  tovarga  narxni  uning  foydaliligidan  ko’proq  belgilasa,  sotish  hajmi
belgilangandan kamroq bo’lishi mumkin. Ko’pgina kompaniyalar o’z tovarlarining narxlarini juda
yuqori  belgilaydilar  va  natijada  tovar  bozorda  yomon  sotiladi.  Ba'zi  kompaniyalar  esa  o’z
tovarlariga  haddan  tashqari  past  narx  belgilaydilar.  Bu  holda  tovarlar  bozorda  yaxshi  sotilsada,
korxonaga kam daromad keltiradi. Iste'molchilarning narx darajasiga munosabatlarini bilish uchun
maxsus  marketing  tadqiqotlari  o’tkaziladi.  Masalan,  iste'molchilar  orasida  so’rovlar  o’tkazish  va
bozorni testlashtirish shular jumlasiga kiradi.
Iste'molchining  tovarni  xarid  qilishiga  uzoq  muddat  davomida  mavjud  bo’lib  kelayotgan  va
xaridor odatlanib qolgan narxlar ham katta ta'sir ko’rsatadi. Bunday holatda tovar narxining ozgina
oshishi ham tovar xaridining keskin kamayib ketishiga olib kelishi mumkin. Bunda  iste'molchining
odatlanib  qolgan  narxlarga  nisbatan  fikrini  tovarning  sifatini,  o’rab-joylanishini  va  dizaynini  juda
yaxshilash hisobiga o’zgartirish lozim.
Iste'molchilar  talabi  asosida  narx  belgilashning  variantlaridan  biri  kim-oshdi  savdosi
o’tkazishdir. Agar tovar iste'molchi uchun juda ahamiyatli, katta qiymatga ega bo’lsa, u holda kim-
oshdi savdosining boshlang’ich narxini juda yuqori belgilash mumkin bo’ladi.

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling