35-chizma. Narx belgilash uslublari
Narx belgilashning xarajatlarni hisoblashga asoslangan usuli. Bu usul eng oddiy
hisoblanib, mahsulot tannarxiga shu mahsulotni ishlab chiqaruvchidan iste'molchigacha etkazib
berishgacha bo’lgan jarayonda vujudga keladigan xarajatlarni va korxonaning oladigan foydasini
qo’shishga asoslanadi.
Har xil tovarlar uchun savdo ustamalari bir-biridan farq qiladi. Narxni aniqlashga bunday
yondashuvda bozor talabi va raqobatchilar narxi hisobga olinmaydi. Bundan tashqari, sotiladigan
mahsulotning hajmini aniqlash qiyin bo’lganligi sababli, ishlab chiqarish xarajatlarining hajmini
aniqlashda ham qiyinchilik tug’iladi. Shunga qaramasdan, bahoni aniqlashning bu usuli tez-tez
qo’llaniladi, chunki bu usul oddiy va tushunarlidir. Narx belgilashning xarajatlarni hisoblashga
asoslangan uslublaridan yana biri zararsizlik va maqsadli foydani ta'minlashning tahlili asosida olib
boriladigan usul hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |