O’zbekiston aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qomitasi toshkent axborot tehnologiyalari universiteti


-chizma. Jamoatchilik bilan bo’ladigan aloqalarning asosiy yo’nalishlari


Download 0.66 Mb.
bet291/362
Sana02.01.2022
Hajmi0.66 Mb.
#194079
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   362
Bog'liq
Texnologiyalari davlat qomitasi toshkent axborot tehnologiyalari-fayllar.org

37-chizma. Jamoatchilik bilan bo’ladigan aloqalarning asosiy yo’nalishlari
Balki,  bu  borada  iste'molchilarni  shu  tovarlarning  iste'mol  xossalari  haqida  har  tomonlama
xabardor  qilib,  o’z  tovarlarining  iste'molchilar  ongida  aniq  mavqeni  egallashiga  erishish  muhim
ahamiyat  kasb  etadi.  Buning  uchun,  birinchi  navbatda,  korxonalar  reklama  vositalaridan  unumli
foydalana bilishlari lozim.
O’zbekiston  Respublikasining  1998  yil  dekabr  oyida  qabul  qilingan  "Reklama  to’g’risida"gi
qonunida qayd etilishicha "Reklama - haqiqiy va jismoniy shaxslar yoki mahsulot haqidagi bevosita
yoki  bilvosita  foyda  olish  maqsadida  tarqatiladigan  maxsus  axborotdir".  Bu  qonunda
ko’rsatilganidek,  reklama  aniq,  haqiqiy  va  qonunlarga  zid  bo’lmasligi  kerak.  Shuningdek,
foydalanilayotgan  reklama  shakl  va  vositalari  iste'molchilarga  ma'naviy  va  moddiy  zarar
keltirmasligi talab etiladi.
Demak,  "Reklama  to’g’risida"gi  qonun  reklamani  ishlab  chiqish  va  tarqatish  bilan  bog’liq
bo’lgan munosabatlarning huquqiy asosini yaratib berdi. Uning asosiy maqsadi tovarlarning sifati,
iste'mol  xususiyatlari  va  boshqa  tavsiflari  haqida  noaniq,  haqiqiy  bo’lmagan  ma'lumotlarni
tarqatishning oldini olish asosida huquqiy va jismoniy shaxslarning, shuningdek iste'molchilarning
haq-huquqlarini himoya qilishdan iboratdir.
Halqaro savdo palatasi tomonidan 1987 yilda qabul qilingan halqaro reklama Kodeksida ham
har  qanday  reklama  murojaati  odob-axloq  normalariga  mos,  haqqoniy  va  ishonchli  bo’lishi
ko’rsatib o’tilgan.
Ko’pincha  reklama  tovarni  sotadi  degan  uncha  to’g’ri  bo’lmagan  xulosaga  kelinadi.  Chunki,
reklama  tovarni  sotmaydi,  balki  potentsial  xaridorlarni  topib,  talabni  rag’batlantiradi.  Masalan,
xaridor magazinga kirib axtargan tovarni topdi, lekin tovarning sifati, assortimenti yoki bahosi uni
qoniqtirmaganligi  sababli  tovarni  sotib  olmasdan  magazindan  chiqib  ketdi.  Bu  erda  xaridorga
reklama  ta'sir  ko’rsatadimi?  -  degan  savol  tug’iladi.  Bu  savolga  ha,  -  deb  ijobiy  javob  berish
mumkin.  Reklama  uchun  eng  asosiy  vazifa    -  bu  potentsial  xaridorni  tovar  sotilayotgan  joyga
keltirishdan iboratdir. Xaridorning magazinga kelib, tovar sotib olmasdan chiqib ketmasligi uchun
reklama  tovar  siljitishning  boshqa  uslublari  bilan  birga  qo’llanilishi  maqsadga  muvofiqdir.  Eng
asosiysi  esa  tovar  sifati  va  estetik  xususiyatlari  bo’yicha  xaridor  didiga  mos  bo’lishi  kerak.  Shu
sababli  reklamaning  samaradorligini  sotilgan  tovarlar  hajmi  bilan  emas,  balki  potentsial
xaridorlarning  necha  marta  tashrifi  va  necha  marta  telefon  orqali  murojaat  qilganligi  kabi
ko’rsatkichlar asosida baholash to’g’ri hisoblanadi.
Reklamaning  vazifasi  -  xabar  berish,  ishontirish  va  eslatishdan  iboratdir.  Shuning  o’zi
reklamaning  tovar  sotilishiga  ta'sir  ko’rsatishidan  dalolatdir.  Reklamani  ishlab  chiqish  va  tashkil
etish korxona butun faoliyatining bir qismi hisoblanadi. Shu sababli reklama ishlarini tashkil etish
ma'lum tartib va qoidaga bo’ysunadi.
Quyidagi 38-chizmada reklamani ishlab chiqish tartibi keltirildi.
Maqsadli auditoriyani aniqlash va tahlil
qilish

Reklamaning maqsadini aniqlash


Reklama byudjetini ishlab chiqish
Reklama tarqatish vositalarini tanlash
Reklama murojaatining g’oyasini aniqlash
Reklama matnini tayyorlash
Reklama kompaniyasi parametrlarini
tanlash
Reklamaning samaradorligini baholash

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling