Tirikchilik minimumi - mehnatkashlar va ularning oilasi tirikchiligini eng past darajada
ta'minlash uchun zarur bo’lgan hayot vositalari (iste'mol mollari va xizmatlar) qiymatining pul
shaklidagi ifodasi.
Tovar - ehtiyojni qondira oladigan hamda sotib olish va iste'mol qilish uchun bozorda taklif
etiladigan narsa; bozor uchun, sotish uchun ishlab chiqarilgan mahsulot.
Tovar assortimenti - aniq bir belgi ( bir ehtiyojni qondirish, bir guruh iste'molchilarga
mo’ljallanganligi, bir tipdagi do’konda sotilishi, foydalanishdagi o’xshashligi, bir narx diapazoniga
ega bo’lishi va hokazolar) asosida to’plangan tovar guruhi.
Tovar belgisi - -rasmiy ro’yxatdan o’tkazilgan va huquqiy himoya qilingan tovar markasi yoki
uning bir qismi.
Tovar birjasi - odatda yalpi ayirboshlanadigan namuna yoki nusxa bo’yicha sotiladigan
tovarlarni olishsotishni amalga oshiradigan vositachi tashkilot.
Do'stlaringiz bilan baham: |