Tovar nomenklaturasi - assortiment guruhlar to’plami.
Tovarning bozor ulushi - aniq tovarning shu xildagi hamma tovarlar sotish umumiy hajmidagi
hissasi.
Tovarning mavqei - tovarning raqib tovarlarga nisbatan iste'molchilar ongi va ko’nglida tutgan
o’rni.
Tovarning raqobatbardoshligi - tovarning raqib tovarlar bilan bir xil narxda va xizmat talab
bo’lib, o’z funktsiyasiga binoan ehtiyojni ulardan past bo’lmagan darajada qondirish qobiliyati.
Tovarning texnik darajasi - tovarning fantexnika taraqqiyoti, standartlar, texnik shartlar va
boshqa texnik talablarga mos kelishi.
Tovarning hayotiy davri - tovarning yaratilishidan boshlab, unga talab qolmay bozordan
chiqib ketgungacha bo’lgan davr.
Tovar siymosi - tovarning iste'molchilar ongida shakllangan tasavvuri.
Tovar siljitish - tovar haqidagi ma'lumotlarni iste'molchilarga etkazish va singdirish,
iste'molchilar bilan aloqa o’rnatish faoliyati.
Tovar sifati - tovarni iste'mol qilish va undan foydalanish jarayonida aniq ehtiyojni qondirish
darajasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |