Tushayotgan talab - ma'lum paytda erishgan yuqori darajasidan pasayib borayotgan talab.
To’lov qobiliyatiga ega bo’lgan ehtiyoj - ehtiyojning ma'lum paytda to’lov vositasi (mablag’)
bilan ta'minlangan qismi.
Uslub - bu ishlash, boshqarishdagi o’ziga xos yo’l, usul ma'nosini anglatadi.
Uzoq muddatga xizmat qilinadigan tovarlar - nisbatan uzoq davr mobaynida
foydalaniladigan tovarlar.
Ulgurji narx - bu ulgurji savdo qiluvchilarning chakana savdo qiluvchi firmalarga tovar
sotishida qo’llaniladigan narx. Ishlab chiqaruvchilarning narxiga ulgurji savdo qiluvchining ishlab
chiqarish va marketing xarajatlari va daromadini qo’shganda mahsulotning ulgurji narxi kelib
chiqadi.
Ulgurji savdo - tovarlarni sotib oladigan, saqlaydigan, ularni chakana savdoga yoki boshqa
korxonalarga sotadigan muassasalar majmui.
Umumiy narx - bir xil yoki o’xshash tovarlarga hamma xaridorlar uchun belgilangan bir xil,
umumiy narx.
Fazilat - bu ijobiy xislat, yaxshi sifat yoki xususiyatdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |