O’zbekiston aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qomitasi toshkent axborot tehnologiyalari universiteti


-chizma. Vaziyatni tahlil qilish va muammoni aniqlash jarayoni


Download 0.66 Mb.
bet114/362
Sana02.01.2022
Hajmi0.66 Mb.
#194079
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   362
Bog'liq
Texnologiyalari davlat qomitasi toshkent axborot tehnologiyalari-fayllar.org

4-chizma. Vaziyatni tahlil qilish va muammoni aniqlash jarayoni
Qaror  modelini  ishlab  chiqish  va  maqbul  variantni  ajratib  olish  esa  mezonlarni  tanlash  bilan
bevosita bog’liq. Mezonlarni tanlash vazifalarning har xil variantlarini muhokama qilish, ularning
kuchli  va  zaif  tomonlarini  aniqlashdan  boshlanadi.  Bu  masalani  hal  qilishda  taklif  qilingan
variantlarni  iqtisodiy  tahlil  qilish  muhim  ahamiyatga  ega.  Berilgan  variantlarni  tahlil  qilishda
matematik,  grafik,  mantiqiy  va  boshqa  usullar  qo’llaniladi.  Tanlab  olingan  variantning  maqsadga
muvofiqligi  va  afzalligi  iqtisodiy,  ijtimoiy,  siyosiy,  texnik  va  boshqa  mezonlar  bo’yicha  umumiy
tarzda baholanadi. Bunda mezonlar, aniq omillar va sharoitlarni tanlashga o’tiladi. Shundan so’ng
qaror  tayyorlashning  navbatdagi  bosqichiga  o’tiladi.  Bu  bosqichda  qo’yilgan  vazifani  bajarish
modeli ishlab chiqiladi.
Model - bu boshqaruv oldida turgan vazifani hal etish
chizmasidir.
Model  oddiy  yoki  dasturlashni  talab  qiluvchi,  murakkab  bo’lishi  ham  mumkin.  Murakkab
qarorlarni  qabul  qilishda  matematik  yoki  statistik  modellardan  foydalaniladi.  Bu  modellar
muammolarni  miqdor  jihatdan  tavsiflaydi  va  optimal  variantli  boshqarish  qarorini  qabul  qilish
uchun asos xizmatini o’taydi.
Modellashtirish quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi:
• 
tahlil qilinadigan muammolar tarkibiy qismlarga bo’linadi, omillar aniqlanadi;
• 
  tanlab  olingan  omillarning  o’zaro  aloqasi  aniqlanadi  va  o’zaro  ta'siri  baholanadi,
vazifani hal etish modeli belgilanadi;
• 
 tadbirlar majmui ishlab chiqiladi;
• 
 qarorlar variantlarining samaradorligi, ularni oshirish yo’llari aniqlanadi.
Bularni quyidagicha ifodalash mumkin:
Qarorni  tanlash,  ularni  uzil-kesil  qabul  qilish  rahbar  tomonidan  amalga  oshiriladi.  Bunda
rahbar qarorni yakkaboshchilik asosida qabul qilishi mumkin. Odatda, yakkaboshchilik ko’pchilik

fikri bilan birgalikda qo’shib olib boriladi, ya'ni:


• 
 tanlangan qaror varianti tegishli tashkilotlar bilan kelishib olinadi;
• 
 qaror uzil-kesil qabul qilinadi va hujjat (buyruq, farmoyish berish, rejani tasdiqlash
va hokazolar) bilan rasmiylashtiriladi;
• 
 qaror ijro etuvchi shaxslarga etkaziladi.

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling