O’zbekiston aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qomitasi toshkent axborot tehnologiyalari universiteti


Download 0.66 Mb.
bet22/362
Sana02.01.2022
Hajmi0.66 Mb.
#194079
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   362
Bog'liq
Texnologiyalari davlat qomitasi toshkent axborot tehnologiyalari-fayllar.org

cheklovchilik samarasi deb ataydilar.
Narxning  oshishi  ishlab  chiqaruvchilar  safining  kengayishiga,  narxning  tushishi  esa  ishlab
chiqaruvchilarning kamayishiga, ularning bir qismini bozordan bezdirishga olib keladi. Iqtisodchilar
bunday ta'sirni narxning ishlab chiqarishga turtki vazifasi deb ataydilar.
Foydaga ta'sir etuvchi bu uch unsurning mohiyatini anglagan boshqaruvchigina tanlovni to'g’ri
amalga  oshirishi  va  oqil  qarorni  qabul  qila  olishi  mumkin.  Boshqarish  san'ati  va  mahorati,  ya'ni
menejment, shundagina namoyon bo'lishi, pirovardda esa yuqori foyda olishga erishilishi mumkin.
Shunday qilib, sodda qilib aytganda:
Boshqaruv - bu tanlov, qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat qilish jarayonidir.
Menejment  fani  bu  -  boshqaruvchiga  tanlovni  to'g’ri  amalga  oshirishni  va  oqil  qarorni  qabul
qilishni o'rgatuvchi fandir. Uning asosiy maqsadi bozor munosabatlari sharoitida barcha bo'g’inlarda
samarali  ishlay  oladigan  yuqori  malakali  boshqaruvchilarni  tayyorlashdan  iborat.  Shundan  kelib
chiqib, menejment quyidagilarni o'rganadi:
- boshqarish nazariyasi va amaliyoti;
- boshqarish ob'ekti va sub'ekti;
- boshqarish printsipi va usullari;
- boshqarish madaniyati;

- menejer va uning fazilatlari;


- menejer reytingi;
- boshqarishda kirishuvchanlik va qaror qabul qilish;
- boshqarish funktsiyalari;
- xodimlarni boshqarish;
- ishlab chiqarishni boshqarish;
- samaradorlikni boshqarish;
- o'z-o'zini boshqarish;
- hududiy boshqarish va hokazolar.
Bu fanning mazmuni boshqaruv tizimi va boshqaruv ob'ekti orasidagi o'zaro munosabat bo'lib,
uning  asosiy  vazifasi  o'quvchilarga  boshqaruvning  zamonaviy  usullarini,  rahbarlik  san'ati  sirlarini
o'rgatishdan iborat.
Fanni  o'qitishdan  maqsad  talabalarga  boshqarish  muammolariga  nisbatan  qiziqish,  amaliy
tashkilotchilik  faoliyatiga  ishtiyoq  uyg’otishdan  iborat.  Chunki,  hozir  boshqarish  asoslarini
o'rganayotgan  talabalar  kelgusida  boshqarish  tizimining  xodimlari,  kichik,  o'rta  va  katta
jamoalarning  rahbarlari,  korxona  va  firmalar  iqtisodiy,  ijtimoiy,  tashkiliy-texnik  faoliyatining  turli
tomonlarini  boshqarish  bo'yicha  loyihalar,  tadbirlar  ishlab  chiqishga  da'vat  etilgan  mutaxassislar
bo'lib etishadilar.
Boshqarish  tizimini  takomillashtirish  yuzasidan  tadbirlar  ishlab  chiqish  ham  ularning
zimmasida bo'ladi.

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling