O’zbekiston aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qomitasi toshkent axborot tehnologiyalari universiteti


- BOB. BOZORNI   VA  ISTE'MOLCHILARNI  O’RGANISH


Download 0.66 Mb.
bet225/362
Sana02.01.2022
Hajmi0.66 Mb.
#194079
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   362
Bog'liq
Texnologiyalari davlat qomitasi toshkent axborot tehnologiyalari-fayllar.org

15 - BOB. BOZORNI   VA  ISTE'MOLCHILARNI  O’RGANISH
15.1. Tovar bozori tushunchasi va tovar bozori turlari
15.2. Bozor kon'yunkturasi va unga ta'sir qiluvchi omillar
15.3. Bozorni segmentlash va uning mohiyati
15.4. Iste'molchilarning guruhlanishi va ularning xulq-atvoriga ta'sir qiluvchi omillar



15.1. Tovar bozori tushunchasi va tovar bozori turlari
Bozor (market) - keng ma'noda muomala sohasi bo’lib, tovar ayirboshlash munosabatlari va
jarayonlari  majmuidir.  Bunda  tovar  bilan  oldi-sotdi  munosabatlari  tovar  ishlab  chiqarish,  tovar
ayirboshlash  va  pul  muomalasi  qonunlari  asosida  amalga  oshadi.  Ko’pincha,  marketingda  bozor
deganda  ma'lum  tarmoq  tovarlariga  ehtiyoj  sezuvchi  va  uni  qondirish  imkoniyatiga  ega  bo’lgan
potentsial iste'molchilarning majmui tushuniladi.
Bozor  ma'lum  bir  qiymatga  ega  bo’lgan  turli  xil  obektlar  bo’yicha  tashkil  etilishi  mumkin.
Masalan,  iste'mol  tovarlari  bozori,  qimmatli  qog’ozlar  bozori,  mehnat  bozori,  kapital  bozori  va
boshqalar  shular  jumlasidandir.  Iste'molchilarning  turiga  qarab  bozorlar  iste'mol  bozori  va
korxonalar (tashkilotlar) bozoriga bo’linadi.
Iste'mol bozori - bu tovarlarni va xizmatlarni o’zining shaxsiy ehtiyoji uchun sotib oladigan
yakka  shaxslar  va  oilalar  majmuidan  iborat  bo’lib,  ommaviy  iste'molchilarga  egaligi,  raqobatning
xilma-xilligi va markazlashmagan strukturaga ega ekanligi bilan xarakterlanadi.
Korxonalar  (tashkilotlar)  bozori  esa  o’z  navbatida  ishlab  chiqarish  -  texnik  maqsadlarda
foydalaniladigan mahsulotlar bozori va davlat tashkilotlari bozoriga bo’linadi.

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling