O’zbekiston aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qomitasi toshkent axborot tehnologiyalari universiteti


Mumtoz menejment namoyondasi A. Fayol olg'a surgan tamoyillar


Download 0.66 Mb.
bet31/362
Sana02.01.2022
Hajmi0.66 Mb.
#194079
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   362
Bog'liq
Texnologiyalari davlat qomitasi toshkent axborot tehnologiyalari-fayllar.org

2.3. Mumtoz menejment namoyondasi A. Fayol olg'a surgan tamoyillar
"Ilmiy  menejment"  namoyandalari  o'z  ilmiy  ishlarini  asosan  korxona,  tashkilot,  boshqaruvini
takomillashtirishga  bag'ishlashgan.  Ular  boshqaruvning  quyi  darajasidagi  masalalar  bilan,  ya'ni
faqat ishlab chiqarish darajasidagi boshqaruv bilan shug'ullanishgan. Ma'muriy maktabning vujudga
kelishi  munosabati  bilan  mutaxassislar  endi  umumtashkilot  darajasidagi  boshqaruv  muammolari
bilan shug'ullana boshladilar.
Teylor  va  Gilbertlar  oddiy  ishchidan  muvaffaqiyatga  erishib,  shuhrat  qozonib  martabaga
minganlar.  Aynan  shu  tajriba  ularning  boshqaruv  to'g'risidagi  tushunchalariga  keskin  ta'sir  etgan.
Ulardan farqli o'laroq, mumtoz ma'muriy maktabining asoschilari:
Yirik  biznens  sohasida  mashhur,  boshqaruvning  yuqori  bo'g'inida  esa  yuksak  tajribali
amaliyotchi rahbarlar bo'lishgan.
Ularni  tashvishlantirgan  bosh  masala  -  bu  umumtashkilot  miqyosida  samaradorlikka  erishish
bo'lgan. Shunday maqsad qo'yilgan bo'lsa-da, ular boshqaruvning sotsial jihatlariga unchalik e'tibor
berishmagan,  ustiga-ustak  ularning  ishlari  shaxsiy  tuzatuvlar  doirasidan  chiqmagan.  Shu  sababli
ularning yondoshuvlari ilmiy metodologik asosga ega bo'lmagan.
"Mumtoz"chilar  tashkilotga  keng  qamrovli  kelajak  nuqtai  nazaridan  yondoshib,  undagi
umumiy  xususiyatlar  va  qonuniyatlarini  yaratish  orqali  muvaffaqiyatga  erishish  edi.  Ular

boshqarishning quyidagi ikki jihatiga e'tiborni qaratishgan:


• 
 tashkilotning oqilona boshqaruv tizimini ishlab chiqish. Ular tashkilotni bo'linmalar
yoki  ishchi  guruhlarga  bo'lishni,  moliya,  ishlab  chiqarish  va  marketing  boshqarishni
takomillashtirishning muhim tomonlari deb hisoblashgan;
• 
  tashkilotning  oqilona  tarkibi  va  ishlovchilarning  oqilona  boshqarilishiga  erishish.
Shu  maqsadda  boshqarishda  yakkaboshlik  bo'lishini  va  ishchi  faqat  bitta  boshliqdan
topshiriq olishi va unga bo'ysunishi lozim degan g'oyani ilgari surishgan.
A. Fayol boshqaruv fanining rivojlanishiga salmoqli hissa qo'shgan frantsuz olimlardandir. U
Frantsiyadagi  ko'mir  qazib  oluvchi  yirik  kompaniyani  boshqargan.  A.  Fayol  o'zining  boy  amaliy
tajribasini  "Umumiy  va  sanoat  boshqaruvi"  (1916  nomli  kitobida  umumlashtirgan.  Uning  ilgari
surgan quyidagi boshqaruv g'oyalari hozirgi kunda ham o'z ahamiyatini yo'qotmagan (4-jadval). 

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling