2.1. Boshqarish ta'limotidagi yo’nalishlar
Boshqarish nazariyasining dastlabki kurtaklari qadim zamonlarga borib taqalib, Yu. Sezar, A.
Makedonskiy, Turkistonda esa o’rta asr davrida Amir Temur hukmronligi vaqtidan boshlab
shakllana boshlagan. Dastlabki paytlarda u oddiy bo’lib, asosan harbiy tavsifga ega edi.
O’sha davr menejerlari harbiy intizomni o’rnatish maqsadida odamlarni jazo bilan qo’rqitish,
har qanday buyruq va farmonlarga so’zsiz itoat etish kabi usullarni qo’llaganlar. Bunday
boshqaruvga mehnat resurslaridan foydalanish, ulardan iloji boricha ko’proq qo’shimcha qiymat
undirishning g’oyatda samarali usuli, deb qaralgan. Amir Temur davrida markazlashgan, intizomli
davlatning barpo etilganligiga ham Sohibqironning o’z qo’l ostidagilarni "qo’rquv bilan umid
o’rtasida ushlash" bo’yicha boshqargani sabab bo’lgan.
Kapitalizm tuzumining boshlang’ich davrida tadbirkor-mulk egasi ishlab chiqarishni o’zining
shaxsiy tajribasiga tayanib boshqargan. XVIII asrning oxirlarida Angliyada bo’lgan sanoat inqilobi
boshqaruvga bo’lgan qiziqishni yanada kuchaytiradi. Boshqaruv xodimlarini tayyorlashga alohida
e'tibor berila boshlandi.
Ammo XIX asrning ikkinchi yarmi XX asr chegarasida texnika va texnologiyaning
takomillashuvi, ishlab chiqarishning keskin o’sishi boshqarishni murakkablashtirib yuboradi va uni
maxsus bilimlarini talab etuvchi, faoliyatning maxsus sohasiga aylantirdi. Ushbu muammolarni hal
etish uchun boshqaruv sohasidagi tajribani umumlashtirish, ishlab chiqarish va xodimlarni
boshqarishning samarali usullarini izlashga olib keldi. Natijada boshqaruv to’g’risidagi ilm, fan
vujudga keldi.
O’sha davrdan boshlab to bugungi kunga qadar boshqaruv ta'limotida quyidagi to’rtta yo’nalish
(maktab) evolyutsion tarzda rivojlangan va o’zining tegishli hissasini qo’shgan (3-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: