O’zbekiston aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qomitasi toshkent axborot tehnologiyalari universiteti


-BOB. MENEJMENT NAZARIYASINING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI


Download 0.66 Mb.
bet28/362
Sana02.01.2022
Hajmi0.66 Mb.
#194079
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   362
Bog'liq
Texnologiyalari davlat qomitasi toshkent axborot tehnologiyalari-fayllar.org

2-BOB. MENEJMENT NAZARIYASINING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI
2.1. Boshqarish ta'limotidagi yo’nalishlar
2.2."Ilmiy menejment" maktabi F. Teylor ta'limotining mazmuni va mohiyati
2.3. Mumtoz menejment namoyondasi A. Fayolь olg’a surgan tamoyillar
2.4. Insoniy munosabatlar maktabi namoyondasi D. Mak Gregorning X va U nazariyasi
2.5. "Tizimli" yoki zamonaviy menejment mohiyati
2.6. O’rta Osiyoda menejmentning nazariy asoslari va tamoyillari



2.1. Boshqarish ta'limotidagi yo’nalishlar
Boshqarish nazariyasining dastlabki kurtaklari qadim zamonlarga borib taqalib, Yu. Sezar, A.
Makedonskiy,  Turkistonda  esa  o’rta  asr  davrida  Amir  Temur  hukmronligi  vaqtidan  boshlab
shakllana boshlagan. Dastlabki paytlarda u oddiy bo’lib, asosan harbiy tavsifga ega edi.
O’sha davr menejerlari harbiy intizomni o’rnatish maqsadida odamlarni jazo bilan qo’rqitish,
har  qanday  buyruq  va  farmonlarga  so’zsiz  itoat  etish  kabi  usullarni  qo’llaganlar.  Bunday
boshqaruvga  mehnat  resurslaridan  foydalanish,  ulardan  iloji  boricha  ko’proq  qo’shimcha  qiymat
undirishning g’oyatda samarali usuli, deb qaralgan. Amir Temur davrida markazlashgan, intizomli
davlatning  barpo  etilganligiga  ham  Sohibqironning  o’z  qo’l  ostidagilarni  "qo’rquv  bilan  umid
o’rtasida ushlash" bo’yicha boshqargani sabab bo’lgan.
Kapitalizm  tuzumining  boshlang’ich  davrida  tadbirkor-mulk  egasi  ishlab  chiqarishni  o’zining
shaxsiy tajribasiga tayanib boshqargan. XVIII asrning oxirlarida Angliyada bo’lgan sanoat inqilobi
boshqaruvga  bo’lgan  qiziqishni  yanada  kuchaytiradi.  Boshqaruv  xodimlarini  tayyorlashga  alohida
e'tibor berila boshlandi.
Ammo  XIX  asrning  ikkinchi  yarmi  XX  asr  chegarasida  texnika  va  texnologiyaning
takomillashuvi, ishlab chiqarishning keskin o’sishi boshqarishni murakkablashtirib yuboradi va uni
maxsus bilimlarini talab etuvchi, faoliyatning maxsus sohasiga aylantirdi. Ushbu muammolarni hal
etish  uchun  boshqaruv  sohasidagi  tajribani  umumlashtirish,  ishlab  chiqarish  va  xodimlarni
boshqarishning  samarali  usullarini  izlashga  olib  keldi.  Natijada  boshqaruv  to’g’risidagi  ilm,  fan
vujudga keldi.
O’sha davrdan boshlab to bugungi kunga qadar boshqaruv ta'limotida quyidagi to’rtta yo’nalish
(maktab) evolyutsion tarzda rivojlangan va o’zining tegishli hissasini qo’shgan (3-jadval).

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling