boshqarishning quyidagi ikki jihatiga e'tiborni qaratishgan:
•
tashkilotning oqilona boshqaruv tizimini ishlab chiqish. Ular tashkilotni bo'linmalar
yoki ishchi guruhlarga bo'lishni, moliya, ishlab chiqarish va marketing boshqarishni
takomillashtirishning muhim tomonlari deb
hisoblashgan;
•
tashkilotning oqilona tarkibi va ishlovchilarning oqilona boshqarilishiga erishish.
Shu maqsadda boshqarishda yakkaboshlik bo'lishini va ishchi faqat bitta boshliqdan
topshiriq olishi va unga bo'ysunishi lozim degan g'oyani ilgari surishgan.
A. Fayol boshqaruv fanining rivojlanishiga salmoqli hissa qo'shgan frantsuz olimlardandir. U
Frantsiyadagi ko'mir qazib oluvchi yirik kompaniyani boshqargan. A. Fayol o'zining boy amaliy
tajribasini "Umumiy va sanoat boshqaruvi" (1916 nomli kitobida umumlashtirgan. Uning ilgari
surgan quyidagi boshqaruv g'oyalari hozirgi kunda ham o'z ahamiyatini yo'qotmagan (4-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: