O'zbekiston amaliy san'at va hunarmandchilik tarixi Muzey xazinasida saqlanayotgan xalq amaliy san’at asarlari


Toshkent shahrida joylashgan O‘zbekiston Davlat amaliy san’at muzeyi


Download 18.56 Kb.
bet2/2
Sana20.12.2022
Hajmi18.56 Kb.
#1035325
1   2
Bog'liq
amaliy san\'at muzeyi

Toshkent shahrida joylashgan O‘zbekiston Davlat amaliy san’at muzeyi.
Muzey — 1937 - yilda vaqtinchalik hunarmandchilik ko‘rgazmasi negizida tashkil etilgan.
Muzeyning ko‘rgazma fondlarida O‘zbekiston bezak san’ati tarixini ochib beruvchi 10 mingga yaqin eksponatlar:
yog‘och o‘ymakorligi, kulolchilik, bo‘rtmachilik, zargarlik san’ati, zardo‘zlik, kashtachilik, mahalliy sanoatning ommaviy ishlab chiqarish namunalari mavjud.
Muzey haqida qiziqarli faktlar:
Aytgancha, 21-asr boshlarigacha muzey binosi rus diplomati A.Polovtsevning qarorgohi boʻlgan.
Birinchi jahon urushi paytida bu binoda asirga olingan avstriyalik ofitserlar yashagan.
XX asrning 20-yillarida inqilobdan keyin binoda 30-yillarning oʻrtalarigacha bolalar uyi joylashgan.
Keyinchalik uyda turli tashkilotlar, jumladan, ganch oʻymakorligi, quvish oʻquv markazi, kashtachilik ustaxonasi,
1937-yil iyul oyidan boshlab uyda hunarmandchilik muzeyi, hozirda esa Oʻzbekiston Davlat amaliy sanʼat muzeyi joylashgan.
uzey birinchi marta 1927-yilda mamlakatimiz hunarmandlarining asarlari ko‘rgazmasi sifatida ochilgan va "Hunarmandchilik muzeyi" deb nomlangan.
Biroq, 1977-yilda u davlat maqomini oldi va hozirgi amaliy sanʼat muzeyiga aylantirildi.

O‘zbek xalqining madaniy merosi bilan tanishish uchun siz O‘zbekistondagi bir qator muzeylarga tashrif buyurishingiz mumkin, ammo qo‘l sanʼati tarixi bilan tanishish va uning eng yaxshi asarlarini tomosha qilish uchun siz faqatgina Toshkentdagi Amaliy sanʼat muzeyiga tashrif buyurishingiz kerak.

Muzey kolleksiyasida XIX-asr boshidan hozirgi kunga qadar 7 mingdan ortiq eng yaxshi ustalarning asarlari, shu jumladan sopol buyumlar, zargarlik buyumlari, oltin kashtalar, milliy kiyimlar, so‘zanilar, gilamlar, do‘ppilar, miniatyuralar va yog‘och rasmlari, chinni buyumlar, musiqa asboblari va boshqa ko‘plab narsalar o‘rin olgan.

Muzey zaxirasida to’plangan buyumlar 20 nomdagi kollektsiyaga ajratilib saqlanadi va shu turlar bo’yicha ekspozitsiyalarda namoyish qilinadi.
O’zbek xalqi o’zining qadimiy amaliy san’ati bilan jahonga mashhurdir. Zebi ziynatli buyumlar yasash san’ati xalqimiz ijodining eng qadimiylaridan hisoblanadi.
Bu nodir xalq badiiy hunarmandchiligi namunalarini me’moriy yodgorliklar, ganch, yog’och o’ymakorligi, naqqoshlikda, shuningdek, misgarlik, zargarlik, kulolchilik, gilamdo’zlik, ipak va ip gazlamachiligi, zardo’zlik, kashtachilik va o’nlab boshqa amaliy san’at turlarida o’z namunalarini saqlab qolgan. Bugungi kunda yuksak
va noyob san’at durdonalari darajasiga ko’tarilgan bu bebaho merosimiz muzeylarimizda saqlanib kelinmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov "Biz xalqni nomi bilan emas, balki madaniyati, ma’naviyati orqali bilamiz, tarixining tag tomirlarigacha nazar tashlaymiz"deb bejiz uqtirmagan edi.
Darhaqiqat, Respublikamiz muzeylari xazinalarida saqlanayotgan moddiy va ma’naviy madaniyatimiz bebaho yodgorliklari bizning kim bo’lganligimizni namoyon etuvchi nodir guvohlardir.Mustaqilligimiz yillarida respublikamiz muzeylari faoliyatini tubdan yaxshilashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Muzeylar faoliyatini yaxshilash chora tadbirlari tug’risida 1994 va 1998 yillarda Vazirlar Mahkamasining ikkita qarori qabul qilinganligi, "o’zbekmuzey" jamg’armasi tuzilganligi, Toshkentda O’zbekiston tarixi davlat muzeyi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, "Qatag’on qurbonlari xotirasi", Termizda arxeologiya muzeylari tashkil etilganligi buning yaqqol ifodasidir. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 12 yanvardagi "Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish to’g’risda"gi Farmonida "O’zbekiston hududida qadimdan shakllangan muzeylar tizimini yanada takomillashtirish, ularning xalq ma’naviy ahloqiy kamolotida tutgan o’rnini oshirish, muzey fondlarida saqlanib kelinayotgan xalqimiz boy tarixini, mustaqilligimiz odimlarini aks ettiruvchi noyob, nodir eksponatlarni avaylab asrash, o’rganish, boyitib borish, dunyoga olib chiqish va targ’ib qilish, ulardan xalqimiz ongida milliy g’urur va iftixor, istiqlol va Vatanga sadoqat tuyg’ularini kuchaytirish yo’lida keng foydalanish" zarurligi ko’rsatib o’tiladi.
Respublika Davlat Amaliy san’at muzeyida milliy madaniyatimizning uzviy qismi bo’lgan xalq amaliy san’atining eng noyob yodgorliklari saqlanadi. Muzey ekspozitsiyalarida xalq amaliy san’atining 50 dan ortiq turi namoyish etib kelinmoqda. Ma’lumki, O’zbekiston hududida asrlar davomida xalq badiiy hunarmandchiligining o’ziga xos yirik markazlari shakllangan , har bir hudud o’zining badiiy bezak san’ati bilan boshqalardan ajralib turgan. Hususan, Chust do’ppisi, pichog’i, Rishton o’zining lojuvard sopol idishlari, Marg’ilon kamalak tovlanma atlasi, Buxoro zardo’zligi, Shahrixon pichoqchiligi bilan ma’lumu- mashhurdir.
Download 18.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling