O'zbekiston atmosfera havosining holati bajardi: Tekshirdi
Atmosferani ifloslanishida sanoat tarmoqlarining hissalari
Download 52.75 Kb.
|
O\'ZBEKISTON ATMOSFERA HAVOSINING HOLATI
Atmosferani ifloslanishida sanoat tarmoqlarining hissalari
Atmosfera havosining ifloslanishiga eng katta hissani issiqlik- energetika kompleksi korxonalari qo‘shmoqda, ular hisobiga 67,1% ajratmalar to‘g‘ri keladi. Bular «O‘zbekneftegaz» Milliy Korporatsiyasi va Energetika vazirligi korxonalaridir. Boshqa korxonalar hissasiga 32,9 % ajratmalar to‘g‘ri keladi. Ular metallurgiya sanoati, qurilish sanoati, kommunal xo‘jalik, kimyo sanoati, oziq-ovqat sanoati, yengil sanoat korxonalaridir. Boshqa sohalarning hissasi juda kam. 1997 yilda elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqarishda tabiiy gazga 72,5%, mazutga 11,3%, ko‘mirga 3,7% to‘g‘ri keldi, bunda atmosferaga chiqarilgan umumiy ajratmalar yiliga 252,2 ming tonnani yoki doimiy manbalar ajratmalarining 30%ni tashkil qildi. Energetikaning rivojlanishi atrof muhit uchun maqbul yo‘nalishda bo‘lmadi. Ob'ektlarni qurish uchun joy tanlashda aholi punktlarining ekologik holati hisobga olinmadi yoki ob'ektlar bu punktlarga bevosita yaqinda qurildi. Ular joylashgan yerlarda atmosfera havosining azot oksidlari, oltingugurt dioksid, qattiq zarrachalar bilan ifloslanishini yuqori darajada ekanligi kuzatildi. Neft-gaz qazib olish va qayta ishlash tarmoqlari atmosferani ifloslantiruvchi doimiy manbalar orasida alohida o‘ringa ega, ularning ajratmalari 1997 yilda 298,0 ming tonnani tashkil qildi, undan 101,0 ming tonnasi (33%) uglevodorodlardir. Bu tarmoqda yiliga 100 mln. m3 tabiiy gaz tozalanmasdan yoqilmoqda, bu esa atmosferaga uglevodorodlar va oltingugurt dioksid chiqishiga sabab bo‘lmoqda. Atmosferaning ifloslanishida sanoat tarmoqlarining hissalari quyida keltirilgan. Ifloslantiruvchi manbalar. Havoni sanoat ifloslovchilarining asosiy manbasi bo‘lib toshko‘mirda ishlab atmosferaga qurum, kul, SO2 chiqaradigan issiqlik elektr stantsiyasi (IES), atmosferaga ajrataѐtgan gazlri bilan birga qurum, chang temir oksidi va SO2, ayrim hollarda ftoridlar chiqaradigan metallurgiya zavodlari, ko‘p miqdorda chang chiqaruvchi manba hisoblanadigan sement zavodlari hisoblanadi. Anorganik moddalar ishlab chiqaradigan korxonalar atmosferani SO2, SiF4, HF, NO, NO2 kabi gazlar bilan ifloslaydi. Sellyuloza ishlab chiqarish, neftni tozalash korxonalari atmosferaga yomon hidli gaz holatdagi chiqindilarni tashlaydi. Bundan tashqari, barcha sanoat korxonalari o‘z energiya tizimlariga ega bo‘lib, ulardan ajralaѐtgan gazlar ham havoni ifloslaydi. Download 52.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling