O‘zbekiston avtoservisining paydo bo‘lishi va rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari
Download 26.81 Kb.
|
7-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbekiston avtoservisining paydo bo‘lishi va rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari.
7-Modul: Avtomobil servisidagi ilg‘or chet el tajribalari va O‘zbekiston Respublikasi avtoservisining istiqbol yo‘nalishlar Reja: O‘zbekiston avtoservisining paydo bo‘lishi va rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari.Mavjud avtoservis korxonalari tarkibi va ularning mamlakat hududidagi magistral yo‘llar bo‘ylab joylashuvi, avtomobil parkiga mutanosibligi. O‘zbekiston avtoservisi sohasidagi tashkiliy-iqtisodiy islohotlar. O‘zbekistonda avtomobil sanoatining tashkil etilishi va uning avtoservis rivojidagi ahamiyati. O‘zbekiston avtoservisining paydo bo‘lishi va rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari.Mamalakatimizda avtomobil servisining paydo bo‘lishi va uning rivojlanish tarixini yuqorida qisqacha bayon qilib o‘tgan edik. Uning o‘ziga xosligi shundan iboratki, soha ma`lum ijtimiy-siyosiy, iqtisodiy sabablarga ko‘ra dunyo avtomobil servisidan deyarli 50-60 yil kech qolgan deb tan olindi va rivojlana boshladi. Ayniqsa avtomobil servisining eng zarur va mukammal usuli, ya`ni firma usulida xizmat ko‘rsatish orqada qolib ketdi. Jahon avtomobil servisining ko‘p yillik tajribalari yetarli o‘rganilmadi va ularning bu sohada erishgan yutuqlaridan o‘z vaqtida foydalanilmadi. Avtoservis xizmati asosan faqat bir turdagi, ya`ni shaxsiy yengil avtomobillarga mo‘ljallanganligi, soha ko‘lamini toraytirdi va uning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatini susaytirdi. O‘zbekistonda 1990 yilda aholiga qarashli yengil avtomobillar soni deyarli 1 mln. bo‘lishiga qaramay, ularga faqatgina 300 ta ASS lar, avtoustaxonalar va texnik xizmat ko‘rsatish punktlari xizmat ko‘rsatar, ulardagi jami ishchi postlari soni 1500 tagina edi. Demak, 660 avtomobilga 1 ta ishchi posti to‘g‘ri kelgan. Rivojlangan mamlakatlar tajribasida bu nisbat 70-75/1 ni tashkil etadi. Natijada, avtoservis xizmatiga bo‘lgan talablar to‘la qondirilmas, xizmat uchun navbat ko‘p, turli joylardan ehtiyot qismlar qidirish, buning ustiga mijozlarga nisbatan qo‘pol muomala va bahzida hisobdagi qalbakiliklar, sohada jiddiy tarangliklar va noroziliklarga sabab bo‘lar edi. Download 26.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling