O’zbekiston bayrog’i, bu-shonimizdir!


Download 110.37 Kb.
bet1/4
Sana28.12.2022
Hajmi110.37 Kb.
#1016173
  1   2   3   4
Bog'liq
Байроқ сценари 2020





O’zbekiston Respublikasi davlat bayrog’i qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan “ O’zbekiston bayrog’i, bu-shonimizdir!” nomli tadbir
SAHNANOMASI
2021 yil, 18 noyabr. 51-umumiy o’rta ta’lim maktabi hudud va hovlisi bayramona bezatilgan. Kirish yo’li bo’ylab O’zbekiston Respublikasi davlat bayrog’i va festival bayroqchalari o’rnatilgan.
Faollar zali bayram shukuhida. Tadbirga mehmonlar, maktab rahbarlari, o’qituvchi va o’quvchilar taklif etilgan.
Bayram boshlanishi uchun ko’rsatma berildi.
Videorolik namoyish etiladi.
Boshlovchi:
Assalomu alaykum aziz ustozlar, maktabdosh do’stlar. O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i qabul qilinganligining 30 yilligiga bag’ishlangan bayram kechamizga xush kelibsizlar. Bugun biz sizlar bilan davlatimiz ramzi bo’lgan bayroq haqida suhbat quramiz. Tadbirimiz avvalida so’z maktabimiz direktori Olimjon aka Jo’rayevga.
Boshlovchi:
Diqqat qiling, O’zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi yangraydi
Boshlovchi:
Bayroq-tashkilot, millat va yoki davlatning belgisidir.
Bularning orasida millat uchun eng muhimi va uning mustaqilligini va xalqaro hurmatga egaligini bildiruvchi bayroq – davlat bayrog’idir. Jonajon Davlatimiz bayrog’i haqida tengdoshlarimiz qanday bilimga ega ekanligini ko’ramiz. Marhamat!
1-o’quvchi
Vatanimiz bayrog’i 1991 yil 18 noyabrda respublikamiz oliy kengashi tomonidan tasdiqlangan. Ushbu muqaddas ramz-vatanimiz hurligi va ozodligi timsolidir.2-o’quvchi
Davlat bayrog’i muqaddas hisoblanadi va uni e’zozlab asraladi. Uni behurmat qilishga yo’l qo’yilmaydi, chunki davlat bayrog’ini behurmat qilish, shu davlatning hamma aholisining behurmat qilish bilan barobardir.
3-o’quvchi
Moviy rangda, yashil rangda oppoq rangda,
Tovlanadi quyosh nurin taratganda.
Ko’z quvnaydi, dil yashnaydi qaraganda,
El mehridan, yurt sha’nidan yaralganda,
Ozod bo’ston bayrog’i bu-shonimizdir,
O’zbekiston bayrog’i bu-jonimizdir!
Qo’shiq
1-o’quvchi
Davlat timsollarini asrash uchun ajdodlarimiz o’z jonlarini ham fido etganlar. Ulug’ alloma shayx Najmiddin Kubro 75 yoshga kirgan bo’lishiga qaramasdan ”Yo Vatan,yo sharafli o’lim”,deya bir qo’lida bayroq, bir qo’lida shamshir ko’tarib. Mo’g’ul istilochilariga qarshi mardonavor jangga kiradi.Mo’g’ul askari uning qo’lidagi bayroqqa chang soladi. Buyuk bobomiz Vatan himoyasi yo’lida halok bo’ladi. Ammo vafot etgach ham, qo’lidagi tug’ dastasini qo’yib yubormaydi. Bosqinchilar uning panjalarini kesib,yalovni olishadi. Balki bu bir rivoyatdir.Lekin uning zamirida bayroqning ulug’ligini tasdiqlovchi qanchalik katta ma’no va mazmun yashirin. Shu boisdan ham davlat bayrog’ini muqaddas bilib ko’zga surtadilar. Uning qarshisida tiz cho’kadilar.
2-o’quvchi
Bayroq odatda harir gazmol pardasidan iborat bo’lib, bo’yi enidan uzunroq bo’ladi va enining bir tarafi bir dastaga biriktiriladi. Jonajon vatanimiz bayrog’ining standart o’lchami 250 santimetrga 125 santimetrdir. Vaziyatga ko’ra bayroqni istalgan o’lchamda tayyorlash va tasvirlash mimkin. Lekin ko’rinishi qoidaga mos, ya’ni to’g’ri to’rtburchak shaklda bo’lishi lozim. Aks holda bayroq to’g’risidagi qonun hujjatlari buzilgan hisoblanadi va qoidabuzar shaxs javobgarlikka tortiladi.

3-o’quvchi


Shu o‘rinda sizlarga yana bir ma’lumotni aytib o‘tsak. 2018-yilda poytaxtimizning “Xalqlar do‘stligi” saroyi oldida 65 metr balandlikdagi O‘zbekiston milliy bayrog‘i o‘rnatildi. Bayroqning kattaligi eniga 20 metr, uzunligi 10 metni tashkil qilib, u mamlakatimiz hududidagi eng baland bayroqdir.



Download 110.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling