Boshlovchi:
Muqaddas ramzimizni she’riy satrlarda ifodalaymiz.
1-o’quvchi
Vatan timsolini ifoda etib,
Ko’kda hilpiraydi o’zbekcha bayroq.
Hilol oy, yulduzlar va to’rtta rangi,
Moviy qizil, yashil, shuningdek, oppoq.
2-o’quvchi
Har biri o’zgacha ma’no kasb etib,
G’urur-iftihorla tilga kiradi.
O’zida yashirin, sirli hilqatni,
Navbatma-navbatda ochib beradi.
Ikkala o’quvchi sahnadan tushadi
va keyingi beshta o’quvchi chiqadi.
1-o’quvchi: (o’g’il bola)
Moviy rang-tiriklik, yashash imkoni,
Beg’ubor osmon-u, halollik ramzi.
Agarki bilsangiz shu rangda edi,
Bobom Temurbekning davlat bayrog’i.
2-o’quvchi: (qiz bola)
Oq rangda aks etgan poklik va soflik,
Orzu va hayollar go’zal bo’stonga.
3-o’quvchi: (qiz bola)
Yashil rang uyg’onish, yasharish demak.
Yashillik yarashar O’zbekistonga!
4-o’quvchi: (o’g’il bola)
Qizil chiziqlarda aks etgan hayot,
Jo’shib oqayotgan hayotiy qudrat.
Tiriklik nishoni, olmos orzular,
Barpo etilajak eng buyuk davlat!
Boshlovchi:
O’n ikki yulduz – o’n ikki oydir,
Jamlasangiz hammasi bir yilga joydir.
5-o’quvchi qo’lida oy tasvirini ko’tarib chiqadi va o’rtaga turadi: (o’g’il bola)
Oymomojon-oymomo.
Ertaklarga boy momo.
O’y so’rsag, gar o’ylaringga sirdoshingdir,
Yo’l yursang, gar yonginangda yo’ldoshingdir.
Tinch tunlarni tinch kunlarga ulaydi-u,
O’zbekiston sharafini so’zlaydi-u. (Hamma baravar)
Boshlovchi:
Vatanning ramzlari ko‘p. Yurt deganda har bir insonning ko‘z oldiga turli
manzaralar namoyon bo‘ladi.
1-o’quvchi Kimdir ona qishlog‘ini eslaydi, yana kimningdir yodiga ulug‘vor tog‘lar-u gavjum shaharlar tushadi.
2-o’quvchiVatanning umuminsoniyat qabul qilgan shunday ramzlari borki, u har bir davlatning o‘zligini anglatadi. Shulardan biri va eng muhimi bu
Do'stlaringiz bilan baham: |