Oʻzbekiston bilan Rossiya Federatsiyasi iqtisodiy aloqasi Reja: Umumiy holati Iqtisodiy salohiyati


Download 18.76 Kb.
Sana18.04.2020
Hajmi18.76 Kb.
#100176
Bog'liq
Oʻzbekiston bilan Rossiya Federatsiyasi iqtisodiy aloqasi


Oʻzbekiston bilan Rossiya Federatsiyasi iqtisodiy aloqasi

Reja:

1.Umumiy holati

2.Iqtisodiy salohiyati

3.O’zbekiston bilan iqtisodiy hamkorlik

O’zbekiston Respublikasi istiqlolga erishgan dastlabki kunlardan boshlab xalqaro munosabatlarning teng huquqli ishtirokchisiga aylanib, uning xalqaro nufuzi kundan-kunga ortib bormoqda.Barcha mamlakatlar bilan teng huquqli va o’zaro manfaatdorlik asosida hamkorlik qilish O’zbekiston tashqi siyosatining muhim tamoyillaridan bo’lib, O’zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o’rtasidagi munosabatlar shu asosda rivojlanib bormoqda. Ikki davlat o’rtasidagi munosabatlar keng qamrovli bo’lib, ular diplomatik, siyosiy, iqtisodiy, harbiy, ilmiy, texnikaviy, madaniy va boshqa sohalarni qamrab olgan. Bu munosabatlar ikki tomonlama va ko’p tomonlama asosda jadal suratlarda rivojlanib bormoqda. Shuni alohida takidlash kerakki, Rossiya Federatsiyasi o’zining iqtisodiy, ilmiy, intellektual potensiali, yer usti va yer osti boyliklari jihatidan jahonning yetakchi mamlakatlaridan hisoblanadi. O’zbekistonning ham boy imkoniyatlari mavjud. Shu jihatdan ikkala mamlakat ham o’zaro hamkorlik qilishdan manfaatdor. Ikki mamlakat o’rtasidagi savdo ayriboshlash hajmi yil sayin oshib bormoqda jumladan, 2001 yilda ikki mamlakat tovar ayriboshlash hajmi 1 milliard 28,6 million AQSh dollarini tashkil etgan bo’lsa, 2009 yilda bu ko’rsatkich 4,5 milliard AQSh dollarini tashkil etdi.Qo’shma korxonalarning miqdorida ham yil sayin o’sib bormoqda, 2005 yilda O’zbekistonda 360 ta qo’shma korxona faoliyat ko’rsatgan bo’lsa,2009 yilda bundan qo’shma korxonalar soni 843 taga yetgan. Rossiyada 2005 yilda O’zbekistonlik sheriklar ishtirokida 267 qo’shma korxona faoliyat yuritgan bo’lsa,2009 yilda bu ko’rsatgich 385 taga yetdi. O’zbekistonRossiya munosabatlarda yoqilg’i-yenergetika sohasidagi hamkorlik ham alohida ahamyatga ega. Ikki mamlakat o’rtasida 2002 yil dekabrda "Gaz sohasida strategik qamkorlik to’qrisidagi bitim"imzolangan edi. U 2012 yilgacha bo’lgan davrda O’zbekiston gazini xarid qilish, yurtimizdagi gaz konlarini o’zlashtirishda ishtirok etish.Markaziy Osiyo gazini mamlakatimiz hududi orqali tashishni nazarga tutadi. 68 O’zbekiston Rossiya bilan ijtimoiy sohada qam yaqindan hamkorlik qilib kelmoqda. Fan-talim, tibbiyot, madaniyat va sanat, turli boshqa yo’nalishlarda aloqalar faollashmoqda. Ta’lim, kadrlar tayorlash soqasidagi o’zaro manfaatli qamkorlikka kelsak, bugungi kunda Rossiyaning iqtisodiyot, servis, boshqaruv, lingvistika, pedagogika, qishloq xo’jaligi, informatika soqalarida mutaxassislar tayyorlaydigan o’nlab oliy o’quv yurtlari bilan samarali xamkorlik yo’lga qo’yilgan. Toshkentda G.Plexanov nomidagi akademiya filiali faoliyat ko’rsatmoqda. Bundan tashqari 2006 yil sentyabr oyida M.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent filiali qam yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga kirishgan bo’lsa, 2006 yil dekabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov Toshkent shaxrida " I.N.Gubkin " nomidagi Rossiya Davlat Neft va Gaz universiteti filiali faoliyatini tishkil etish to’qrisida qaror qabul qildigandi. 2010 yil 19-20aprel kunlari mamlakatimiz rahbari Islom Karimov Rossiya Federatsiyasiga davlat tashrifi doirasida ikki mamlakat o’rtasida madaniygumanitar sohada 2010-2012 yillarga mo’ljallangan hamkorlik dasturi imzolandi,Mazkur tashrifning yana bir muhim ahamyati shundaki, tashrif doirasida ikki mamlakat o’rtasida harbiy-texnikaviy sohadagi 2010-2012 yillarga mo’ljallangan tadbirlar rejasini amalga oshirishga xko’maklashish masalalariga o’zaro anglashuv memorandum imzolandi. Umuman olganda ikki mamlakat rahbarlariming o’zaro munosabatlarni rivojlantirishga oid masalar,mintaqaviy va xalqaro muamolar yuzasidan nuqtai nazar va qarashlari o’xshash va yaqinligi,xalqlarimizning do’stligi hamkorlikni mustahkamlashda muhim ahamyat kasb etib kelmoqda.

Rossiyaning bugungacha O’zbekistonga kiritgan jami investitsiya hajmi 8.5 mlrd dollarni tashkil qildi.

Rossiyaning savdo bo’yicha O’zbekistondagi vakili o’rinbosari Leonid Pokrovskiy O’zbekiston poytaxti Toshkentda bo'lib o'tayotgan “Expo Rossiya Uzbekistan — 2018” I xalqaro sanoat ko'rgazmasida bu haqda ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, O’zbekiston MDHga a’zo davlatlar o’rtasida Rosiyaning eng yirik 4-hamkori bo’lib hisoblanadi va oxirgi damlarda ikki davlat o’rtasidagi savdo hajmi katta miqdorda ortish ko’rsatdi.

Yanvar va fevral oylarida Rossiya bilan O’zbekiston o’rtasidagi tashqi savdo hajmi 50.2% oshgan holda, 600 mln dollarni tashkil qildi.

Ushbu davr mobaynida Rossiyaning O’zbekistonga amalga oshirgan eksport hajmi 59.7% oshganligini ma’lum qilgan Leonid Pokrovskiy, mamlakatdagi valyuta, soliq va bojxona tizimidagi liberalizatsiya hamda ish muhitining yaxshilanishi ikki davlat o’rtasidagi tashqi savdo hajmining ortishiga sabab bo’lganligini bildirdi.

Rossiya savdo palatasi ma’lumotlariga ko’ra, ikki davlat o’rtasidagi tashqi savdo hajmi o’tgan yili 33.9% oshgan holda 3.6 mlrd dollarga yetdi.

Rossiya O’zbekistonning savdo va investitsion hamkorlari o’rtasida birinchi o’rinda turadi.

Rossiyaga oid Gazprom va Lukoil neft kompaniyalari O’zbekistonda ulkan investitsiyaga ega.

Oʻzbekiston — Rossiya aloqalari uzok, tarixga ega. Oltin Oʻrda davlati sohibqiron Amir Temur zarbalari ostida barham topganidan keyin Rus davlati bilan Oʻrta Osiyo oʻrtasida elchilik munosabatlari oʻrnatishga harakat boshlandi. Mac, 1464 yil Rus hukumati oʻz elchilarini bu yerga yubordi. 1490 yil temuriy Sulton Husayn Boyqaroning elchilari Moskvaga bordi. 16-asr oʻrtalarida Rus davlati Ashtarxon (Astraxon) va Kozon xonliklarini bosib olganidan keyin ikkala tomon birbiriga chegaradosh va qoʻshni boʻlib qoldi. Rus davlati ham Buxoro va Xiva xonliklari bilan aloqalardan manfaatdor edi.

16-asrning 2-yarmi, 17—18-asrlarda ikki oʻrtada diplomatok va savdosotiq alokalari faollashgan. Rossiya yilnomalarida koʻrsatilishicha, Buxoro amirligi, Xiva, Qoʻqon xonliklaridan elchilar savdosotiqni koʻpaytirish taklifi bilan Peterburgga borgan. 19-asrning 60-yillaridan Urta Osiyo Rossiya tomonidan bosib olingach, bu yerlar Rossiyaning xom ashyo manbai boʻlib qoldi. Oʻrta Osiyodan paxta, ipak va boshqa yuborish va bu yerga sanoat mollari keltirish yoʻlga qoʻyiddi. 1917 yil oktabr toʻntarishidan keyin Oʻzbekiston — Rossiya alokalari Sovet xukumati siyosati doirasida yagona iktisodiyot rejasiga binoan, ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va kooperatsiyalash yoʻlida amalga oshiriddi.



20-asrning 90-yillaridan ikki mamlakat oʻrtasida teng huquqli aloqalar oʻrnatila boshladi. Oʻzbekiston Prezidenti Islom Karimovning 1998, 2001 va 2004 yillarda Rossiyaga qilgan tashriflari, Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning 2000 va 2003 yillarda Oʻzbekistonda boʻlgan vaqtida erishilgan bitimlar va imzolangan hujjatlar ikki mamlakat oʻrtasidagi iqtisodiy, ilmiy va madaniy hamkorlikka huquqiy asos yaratdi. 1998— 2007 yillarga moʻljallangan iqtisodiy hamkorlikni chukurlashtirish haqidagi shartnoma bu asosni yanada kengaytirdi. Rossiya Federatsiyasi bilan Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasidagi iqtisodiy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiya asosiy muvofiqdashtiruvchi organ vazifasini bajaradi. U ikki tomonlama iqtisodiy aloqalarning ustun yoʻnalishlarini belgilash, qulay hamkorlik shartsharoitlarini vujudga keltirishga, xoʻjalik yurituvchi subʼyektlarni xususiylashtirish jarayenlarida ishtirok etishiga, Oʻzbekiston va Rossiya regionlarining hamkorligiga koʻmaklashish bilan shugʻullanadi. 2003 yil Oʻzbekiston bilan Rossiya oʻrtasida tovar ayirboshlash hajmi 1 mlrd. 149,1 mln. AKSH dollariga yetdi. UzR dan Rossiyaga paxta tolasi, yengil avtomobil, mevasabzavot mahsuloti va boshqa yuboriladi. Rossiyadan mexanik va elektr mashinauskuna, transport vositalari, qora metall, plastmassa va undan tayyorlangan mahsulotlar, doridarmon, yogʻoch, kimyo sanoati mahsulotlari va boshqa keltiriladi. Ikki mamlakat ishbilarmonlarining hamkorligi tufayli Oʻzbekiston Respublikasida 520 ta qoʻshma korxona barpo etilgan. Ular orasida Rossiya sarmoyasi 100% boʻlgan oʻnlab korxona bor. Ular oziq-ovqat, toʻqimachilik, yogʻochni qayta ishlash, doridarmon ishlab chiqarish, mashinasozlik, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash sohasida faoliyat yuritadi. Rossiyaning salkam 40 ta kompaniyasi, jumladan, "Aeroflot", "Avtovaz", "Zarubejneftgaz", "LUKoyl", "Texmashimpeks" va boshqa oʻz vakolatxonalariga ega. Rossiyada oʻzbek rezidentlari ishtirokida tashkil etilgan 167 korxona, shu jumladan, 72 qoʻshma korxona bor. Oʻzbekiston — Rossiya munosabatlari sohasida, ayniqsa, aviasozliqda avvalgi kooperatsiya aloqalari sakdanib qolgan. Oʻzbek gazini Rossiya orqali oʻzga davlatlarga oʻtkazish, shuningdek, yangi neft va gaz manbalarini qidirib topish, ularni qazib olish va qayta ishlash sohasida oʻzaro hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. Rossiyaning "Gazprom" aksiyadorlik jamiyatlari birlashmasi bilan "Oʻzbekneftgaz" milliy xolding kompaniyasi oʻrtasida strategik hamkorlik qilish toʻgʻrisida hamda "Oʻzbekneftgaz" bilan "LUKoyl" oʻrtasida mahsulotni taqsimlashga oid bayonnoma tayyorlash hakida imzolangan hujjatlar bu borada muhim voqea boʻldi. Ikki mamlakat regionlarining iqtisodiy hamkorligi uzluksiz rivojlanmokda. Moskva shahri va viloyati, Sankt-Peterburg, Yaroslavl viloyati, Boshqirdiston, Mordoviya, Tatariston respublikalari, Sibir va Ural regionlarining ishbilarmon doiralaridan Oʻzbekiston Respublikasi ga delegatsiyalar kelib turadi, ular Oʻzbekiston Respublikasi xoʻjalik yurituvchi subʼyektlari bilan oʻzaro manfaatli shartnomalar tuzdi. Chkalov nomidagi aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi, "UzDEUavto", "Oʻzavtoyoʻl" bilan tuzilgan shartnomalar shu jumlaga kiradi.

Ilmiy hamkorlik ham muhim ahamiyatga ega. Jizzax viloyati Zomin tumanidagi Supa platosida Xalqaro radioastronomiya rasadxonasini barpo etish toʻgʻrisidagi hukumatlararo shartnomani amalga oshirish boʻyicha olimlar hamkorligi bunga misol boʻladi. Ikki mamlakat fanlar akademiyasilari va ularning institutlari ilmiy aloqalari yoʻlga qoʻyilgan. 2001 yil fevralda Toshkentda ochilgan Rossiya xalqaro ilmiy va madaniy hamkorlik markazi ("Roszarubejsentr")ning vakolatxonasi zimmasiga aniq gumanitar masalalarni hal qilish vazifasi kjlatilgan. "Roszarubejsentr" bilan Oʻzbekiston Badiiyot akadimyasi oʻrtasida tuzilgan shartnomaga binoan turli tadbir, kecha va koʻrgazmalar oʻtkazish odat tusiga kirgan. Madaniyat va sanʼat, xususan, tasviriy va amaliy sanʼat vakillari oʻzaro ijodiy aloqa qilib turadilar, jumladan, 2003 yil Moskvada J. Umarbekov va boshqa oʻzbek rassomlarining koʻrgazmalari uyushtirildi. 1997 yildan boshlab Oʻzbekiston Badiiyot akadimyasi Moskvadagi Rassomlar markaziy uyida har yili oʻtkaziladigan nufuzli xalqaro koʻrgazmaning doimiy ishtirokchisidir. Oʻzbekiston Respublikasidagi Rus madaniyat markazi va "Uzbekistan—Rossiya" doʻstlik jamiyatining faoliyati madaniy aloqalarni rivojlantirish va kengaytirishga yordam beradi.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Rossiyaning «LUKOYL» kompaniyasi rahbarini qabul qildi


16/05/2019

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 15 may kuni "O‘zbekiston nefti va gazi" xalqaro ko‘rgazmasi tadbirlarida ishtirok etish maqsadida mamlakatimizda bo‘lib turgan «LUKOYL» kompaniyasi prezidenti Vagit Alekperovni qabul qildi.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati ma’lum qildi.

 Davlatimiz rahbari mehmonni qutlar ekan, mamlakatimiz neft-gaz tarmog‘ida yetakchi bo‘lgan ushbu Rossiya kompaniyasi bilan samarali hamkorlik izchil rivojlanib borayotganini alohida qayd etdi. 

 Bugungi kunda "LUKOYL" kompaniyasi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalarga kiritgan investitsiyalar hajmi 7,5 milliard dollardan ziyodni tashkil etmoqda.

  O‘tgan yil aprel oyida ishga tushirilgan Qandim gazni qayta ishlash majmuasi loyiha quvvatiga chiqdi. "Hovuzak" va "Shodi" konlari, shuningdek, Janubi-G‘arbiy Hisor konlari o‘zlashtirilmoqda.

 Uchrashuvda o‘zaro manfaatli hamkorlik istiqbollari, jumladan, yangi investitsiya dastur va loyihalarini tayyorlash hamda «LUKOYL» kompaniyasining mamlakatimizdagi faoliyatini kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

  Vagit Alekperov Prezidentimizga samimiy qabul va qo‘shma loyihalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlayotgani uchun chuqur minnatdorlik bildirdi.

 "LUKOYL" kompaniyasi rahbari O‘zbekiston bilan neft-gaz tarmog‘ida uzoq muddatli va keng ko‘lamli sheriklikni yanada rivojlantirishga tayyor ekanini ta’kidladi.

Rossiya va Oʻzbekiston oʻrtasida savdo-iqtisodiy sohada umumiy hajmi 6,2 milliard dollarlik kelishuvlar va investitsiya sohasida 20,8 milliard dollarlik 202 ta bitim imzolandi.

Ikki davlat tashkilotlari tomonidan imzolangan hujjatlarning umumiy hajmi 25 milliard dollarni tashkil qildi.

Shuni alohida aytish joizki, Oʻzbekiston-Rossiya birinchi mintaqalararo hamkorlik forumi ikki kun - 18-19 oktyabr kunlari davom etdi va Oʻzbekistonga xorij davlatlari orasida birinchi marta aynan Rossiyadan bu qadar koʻp "desant" kelib tushdi.



Samarali maydon

Oʻzbekiston Iqtisodiyot vaziri Botir Xodjayev Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Oʻzbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyevning birinchi mintaqalararo hamkorlik forumidagi ishtirokini ikki davlat viloyatlari oʻrtasidagi hamkorlik aloqalariga nisbatan katta eʼtibor sifatida baholadi.
Download 18.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling