Oʻzbekiston Davlat Bayrogʻi[tahrir
Download 59.84 Kb.
|
Саволларга жавоб
DEMOKRATIYaDEMOKRATIYa (yun. demos — xalq va …kratiya) — fukarolar erkinligi va tengligi qonunlarda mustahkamlangan, xalq hokimiyatchiligining vosita va shakllari amalda o‘rnatilgan va yuzaga chiqarilgan siyosiy tuzum. Demokratiya davlat bilan inson munosabatlarini belgilaydi. Demokratiyaning asosiy talablari: ko‘pchilik hokimiyati, fuqarolar teng huquqligi, ular huquq va erkinliklari himoyalanganligi, konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligi, hokimiyatning bo‘linishi, davlat boshlig‘i va vakolatli organlarning saylab qo‘yilishi. Demokratiyaning bevosita Demokratiya (asosiy qarorlar yig‘ilishlarda bevosita barcha fuqarolar to-monidan yoki referendumlar yo‘li bilan qabul qilinadi) va vakillik D. si (karorlar saylab qo‘yiladigan organlar tomonidan qabul qilinadi) shakllari bor. Kishilik jamiyati paydo bo‘lgandanoq, Demokratiyaning kurtaklari bor edi va u hozir eng taraqqiy etgan mamlakatlarda ham o‘zining so‘nggi cho‘qqisiga erishganicha yo‘q. Davlat bilan birga vujudga kelgan Demokratiya insoniyat tarixi davomida turli milliy-madaniy shartsharoitlarga moslasha borgan. Har bir davlatda, millatda o‘ziga xos qadriyatlar, mentalitet, an’analar mavjuddir. Ular jamiyatdagi demokratik jarayonlarga katta ta’sir ko‘rsatadi, binobarin demokratik muassasalarni shakllantirishda mazkur omillar, al-batta, hisobga olinadi. Demokratik davlatda (q. Davlat) inson manfaati, qadr-qimmati, hayoti qar narsadan yuqori turadi. Bunday davlat o‘zini o‘zi boshqarish, ko‘ppartiyalilik, ommaviy axborot vositalarining erkin bo‘lishi, fikrlar xilma-xilligiga sharoit yaratadi. Biroq Demokratiya hamma narsada xohlagancha erkinlik emas, qonunga asoslangan erkinlikdir. Demokratiyaning ajralmas qismi intizom, qonunlarni hurmat qilish, boshqalarning haq-huquqini himoya qilishdir. Demokratiya tartibotlari huquqiy davlatda mukam mal rivojlanib boradi. 3
4 «Fuqaro» so‘zi arabcha «faqir» so‘zining ko‘plikdagi ko‘rinishidir. Pasportiga «fuqarolik» tamg‘asi bosilgan xalq chindan boy bo‘lgan taqdirda ham shaxsni tasdiqlovchi asosiy hujjati bo‘lgan pasporti unga «fuqaroligi», ya’ni kambag‘alligini eslatib turadi. ... Chunki arabchada ham, turkchada ham, forschada ham, urduchada ham bu so‘z «kambag‘allar» ma’nosini bildiradi. 5 Download 59.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling