O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti


Kurs ishi mavzusining dolzarbligi


Download 50.16 Kb.
bet2/7
Sana30.04.2023
Hajmi50.16 Kb.
#1416359
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ilmiy ish asoslari

Kurs ishi mavzusining dolzarbligi: Gap tuzilish usullari, yo’llari turli tillarda turlicha namoyon bo’lishi hamda o’zining murakkabligi bilan bir – biridan ancha farq qilishi hech kimga sir emas. Shu jihatdan hozirda ommalashib borayotgan koreys tili shu qatorga kiradi. Gap tuzilishida gap bo’laklarining tartibi alohida o’rinni egallaydi. Shu boisdan, unda qo’llaniladigan gap bo’laklari hamda grammatik qo’shimchalardan to’g’ri tartibda foydalanilayotganini hamma vaqt ham kuzatishning iloji yo’q. Shunday ekan, mazkur ishda koreys va o’zbek tillarida gap bo’laklari qay tartibda joylashishi va ularning ma’lum bir qoida asosida bo’lishini isbotlash mavzuning dolzarbligidan dalolat beradi.
Kurs ishi mavzusining predmeti: koreys va o’zbek tillarida gap bo’laklari tartibi.
2
Kurs ishi mavzusining maqsadi: Ushbu kurs ishidan ko’zlanilgan maqsad koreys va o’zbek tillarida gap bo’laklarini o’rganish, gap bo’laklarining gapda tutgan o’rni va tartibini aniqlash, o’rganilgan ko’nikma va bilimlarni hayotga tadbiq eta olish.
Kurs ishi mavzusining vazifalari: yuqoridagi maqsaddan kelib chiqib, quyidagi vazifalarni belgilaymiz:
— O’zbek va koreys tillari tarixini o’rganish;
— O’zbek va koreys tillarida gap bo’laklarini o’rganish va tahlil etish;
— O’zbek va koreys tillarida gap bo’laklarining joylashuvining o’xshash va farqli jihatlarini o’rganish va izohlash.
Kurs ishi mavzusining o’rganilganlik darajasi: O’zbek va koreys tillarida gap bo’laklarining joylashuv tartibini o’rganish bir qator asarlarda keltirilgan. Bunga misol tariqasida M. Rasulova, Z. Shukurovalarning “Comparative typology of English, Uzbek and Russian languages” asarini, Практическая грамматика корейского языка. Сеул. 1999. asarini, M. Hamroyev, D. Muhammedovalarning oliy o’quv yurtlari uchun mo’ljallangan “Ona tili” darsligini, Y. Hamrayevaning “O’zbek va ingliz tillarining qiyosiy tipologiyasi” asarlarini keltirish mumkin.
Kurs ishi mavzusining tuzilishi va tarkibi: Mazkur kurs ishi titul varoq, kirish, 3 bob ya’ni kirish, asosiy qism, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Asosiy qism o’z mohiyatiga ko’ra 3ta kichik qismlarga bo’linadi.
Kurs ishi 28 betdan iborat.
3

Download 50.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling