O'zbekiston davlat mustaqilligining qo'lga kiritish huquqiy demokratik davlat qurish va fuqarolik asoslarini shakllantirish
Download 440.15 Kb.
|
O\'zbekiston davlat mustaqilligining
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qadriyatlar va ularning jamiyat hayotidagi orni. Milliy qadriyatlar tushunchasi
1
2 3 4 5 6 7 8 9 10 11
Ko'rinib turibdiki, zamonaviy fuqarolik jamiyatini ishlab turishini ta'minlovchi demokratiyaning tamoyillari, qadriyatlari va ustunlari mavjud bo'lib, ular davrlar o'tishi bilan umuminsoniy qadriyatlar sifatida namoyon bo'lmoqda. Shu bilan birga, turli mamlakatlarning rivojlanish tarixi, milliy mentaliteti, dini, mafkuraviy qarashlari, iqtisodiyotining shakllanish yo'li, ijtimoiy munosabatlari aynan bir-biriga o'xshash bo'lmaganidek, har bir mamlakatda demokratik tamoyillarni qo'llash va ulaiga amal qilishda farqlanishlar mavjud bo'lishi tabiiy bir holdir. Boshqacha aytganda, demokratik jamiyat qurish jarayonida har bir mamlakat o'zining milliy o'zligidan kelib chiqqan holda islohotlarni amalga oshiradi. Yoki, demokratik jarayonlar shaklan milliy xarakter kasb etishini tarixiy taraqqiyot jarayoni ko'rsatib berdi. Qadriyatlar va ularning jamiyat hayotidagi o'rni. Milliy qadriyatlar tushunchasi Qadriyatlar muammosi Platon davridan boshlab tadqiqotlar obyckti sifatida yashab kelmoqda. Unga nemis klassik falsafasi tomonidan ancha aniqliklar kiritildi. Nemis olimi Kant birinchi marta insonni qadriyatlarni aniqlash asosida talqin etdi. Inson ikkita olamga mansub mavjudot sifatida tushunildi:
Ko'plab insonlar uchun obyektiv mazmunga ega umumiylik mavjud emas. Ular uchun qadriyatlar aniq obyektlar hayoti va/.iyatlarga bog'liq holda chorlaydigan his-tuyg'ular va ichki kcchinmalardir. Shunga muvofiq holda qadriyatlarni uchta tushunchasi shakllandi: Qadriyat - har qanday foydali va ma'qul bo'lgan narsa. Bu utilitar nuqtayi nazar sifatida paydo bo'ldi. Qadriyat ideal, muqaddas hodisa, his-tuyg'ular intilishi sifatida tushiniladi. Bu san'atga mansub tushuncha sifatida amalga oshiriladi. Qadriyat inson uchun obyektlarni muhim ahamiyat kasb ctishi sifatida anglanadi. Qadriyat o'z mazmuniga muvofiq obyektiv mazmunga egadir. Obyektiv qadriyatlar odamlar tomonidan aynan bir xil munosabatlarni paydo bo'lishini bildirmaydi. Shuning uchun ham qadriyatlarni baholash subyektiv bo'lishi mumkin. Qadriyatlarning obyektiv ekanligini aniqlash uchun mezonlar ishlab chiqiladi. Bu kabi mezonlar sifatida hodisalar yoki voqcalarning ijtimoiy jihatdan foydali ekanligini ko'rsatish mumkin Undan qadriyatlar iyerarxiyasi va umuminsoniy qadriyatlar to'g'risidagi masala paydo bo'ladi. Umuminsoniy qadriyatlar deganda, barcha davrlarda mavjud bo'lgan va barcha insonlar qadriyatlari tushuniladi. Barcha qadriyatlar ichida umuminsoniy qadriyatlar unchalik ko'p emas: Download 440.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling