O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “Ҳalq ijodiyoti” fakulteti
Download 382.18 Kb. Pdf ko'rish
|
inson kapitalini rivojlantirishda sanat va madaniyatning roli
2.2.
Barkamol avlod tarbiyasida qo’shiqlarining o’rni
Milliy folklor san’atimiz qadimiy va boy tarixga ega. Bu meros madaniyatimizning favqulodda hodisasi bo’lib, ijodkor xalqimiz tomonidan yaratilgan, shu bilan birga u insonning ma’naviy hayotida yo’lchi yulduziga ham aylangan. Yurtboshimiz "Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch" asarida "xalqimiz azaldan o’z vujudi, o’z tomirida mavjud ilohiy qudratga munosib bo’lmoqqa intilib, o’z o’g’lonlarini mardlik va halollik, jasurlik ruhida, el-yurt uchun jonini ham ayamaydigan asl pahlavonlar etib tayyorlab kelganini, "shu ma’noda, xalq og’zaki ijodining noyob durdonasi bo’lmish "Alpomish" dostoni millatimizning o’zligini namoyon etadigan, avlodlardan avlodlarga o’tib kelayotgan qahramonlik qo’shig’i" ekanini uqtirib, "ishonamanki, har bir avlod mana shu qahramonlik dostonini asrab-avaylab kelgusi avlodlarga yetkazadi. Bu qahramonlik dostonini kuylab, uni qalbiga, shuuriga jo qilgan millatni esa hech qanday kuch yenga olmaydi", - deydi (1, 32-33, 34-35). Bu hikmatli so’zlarda madaniyat va san’atni yaratishda inson salohiyati qanchalik muhim ahamiyat kasb etsa, inson salohiyatini rivojlantirishda madaniyat va sanatning mavqei ham shunchalik zaruriy ekani ifodalangan. Albatga, jisman sog’lomlik, aqliy-axloqiy va ma’naviy-ruhiy barkamollik insonning azaliy-abadiy fazilatidir. Ona xalqimiz bu hikmatni necha ming yillar davomida qayta-qayta sinovdan o’tkazib, uning to’g’riligiga qatiy ishonch hosil qilgan, keyin esa o’z ijodida kuylab farzandlari qulog’iga quygan: O’zingdan pastlarman har yo’la ketma!
41
Bolam, aytgan nasihatim unutma! Oldingdan kim chiqsa, besalom o’tma! Bir g’aribni ko’rsang, zinhor, og’ritma! Quloq solgin, bir-bir aytay, Ravshanjon, Zinhor, manmanlikning yo’lini tutma! Asli zotim baland dema, chirog’im, Zinhor-zing’or, bolam, o’zingdan ketma... Qo’lingdan kelgancha chiqar yaxshi ot, Yaxshilik qil, bolam, yomonlikni ot, Nasihatim yod qilib ol, yolg’izim, Yolg’iz yursa, chang chiqarmas yaxshi ot! (3,386 -387). "Ravshan" dostonidagi bu she’riy nasihatda milliy folklor san’atimiz axloqiy kodeksining mag’zi jamlangan, deb aytish mumkin. Xalqimiz hayotga, odamlarga axpoqiy baho berar ekan, bu o’gitlar zamirini falsafiy teranlik, keng fe’llik, ax- loqiylik adolatlilik mezoni tashkil etishini anglash mumkin. Xalq o’z tajribasidan yaxshi biladiki, muayyan masalani uning ichida ikir-chikirlariga o’ralashib yurgan kishi to’g’ri hal qilishi qiyin, chunki adolatli yechim insoniy fazilatlar yuksakligida - donolik bilan topiladi. Masalan, "Yaxshilik qiling" ertagida bolaga "Voydod" deb ism qo’yilishining sababini xon aniqlagach, "bunday ish dunyoda bir, ikki, uch bo’lgan emas. Shy sababli olti yashar boladan olti xil gap so’raylik" deb, "xon boladan gap so’radi: - Otangni o’ldirgan odam shu ekan. Buni o’ldiraylikmi, o’tga solib kuydiraylikmi yoki minoradan tashlab yuboraylikmi, yoinki zindonga tashlab, qamab qo’yaylikmi? Yo bo’lmasa sarpoyi-kiyim berib jo’natib yuboraylikmi? - debdi. Shunda bola: - Otamni shu kishi o’ldirgan bo’lsalar, onamni olsalar, men dada qilib ola qolay, - degan ekan" (5,163). 42
Xalqning olti yashar bolasi eng qaltis vaziyatda eng mushkul masalani fikr erkinligi bilan falsafiy hal etadi. Og’ir sharoitdan chiqish xalq donolikning mangu hamrohidir. Yuqoridagi va quyidagi misollarni folklor, adabiyot, san’at va madaniyat inson salohiyatini olg’a tortib boruvchi oxanrabo - ibratlar tarzida keltirmoqdamiz. "Ozodachexra" ertagida ( aytuvchi: Hasan Xudoyberdiev. Yozib oluvchi: Izzat Sultonov. Toshkent, 1937 yil) "podsho bir chekkada o’tirgan qalandarlardan: - Qaydan keldingiz, qayoqqa borasiz? - deb so’rabdi. Qalandarlardan biri oh tortib: - E podshohi olam, biz musofirmiz. Bir sozanda mashq qilsa yo bir ashulachi ashula aytsa, hech bo’lmasa bir ertakchi uch-to’rt og’iz so’z aytsa, ko’nglimiz ozgina orom olib, so’ngra ahvolimizni sizga bayon qilar edik, - debdi (6, 150). Qalandarning javobi inson hayotida san’at qanchalik ahamiyatli ekanini beix- tiyor ravishda ayon qilib qo’yuvchi samimiy iqrordir. Darhaqiqat, san’at xalqqa har doim madadkor bo’lgan, kerak bo’lsa, uni ba- lo-qazolardan asragan. Binobarin, biz keltirgan bunday misollar xalq o’zi yaratgan folklori uning taqdirida qanchalik yuksak mavqe tutishini badiiy e’tirof etgan. Folklor qahramonlari hamisha yuksak ma’naviy maqomda namoyon bo’ladi. Ularning xalqga ibrat bo’lishi yo’lidagi sa’y-harakatlari fikrimiz dalilidir. Bejiz emaski, "Xotam" ertagi qahramoni (aytuvchi: Adolatxon, yozib oluvchi: Shamsiya Angarova, Andijon, 1939 yil) podshoning "qo’y, baloga giriftor bo’lib yurma, doridan picha beray, olib keta ber" degan gapiga shunday javob qaytaradi: "Mardning ishi muhtojlarga ko‘maklashish, nochorlarni og’ir ahvoldan qaytarish- dir. Men boshingizga tushgan bir falokatni eshitib turib sizlarni ajdahodan qutqarmay, bu shahardan ketmayman. Menga ijozat bering, ajdahoni o’ldirganimdan keyin xizmatlarim evaziga dorini olib ketaman" (6, 472). Xotam o’z so’zining ustidan chiqadi, ajdahoni yengib, podshoning qizini o’limdan qutqaradi, mardligi bilan hammani qoyil qoldiradi. 43
Xalq og’zaki ijodining tabiyaviy ahamiyatini ko’rsatuvchi bunday misollarni juda ko’plab keltirishimiz mumkin. Bu kabi folklor namunalari yosh avlodni komil inson etib tarbiyalashda barchaga yaqindan ko’makchi bo’lishi ham ham- mamizga birdek ayon. Shu sababli, mamlakatimizda folklorni ilmiy o’rganish, uning bebaho badiiy durdonalaridan ma’naviyatni tobora yuksaltirish jarayonida samarali foydalanish borasida keng miqyosli ishlar amalga oshirilmoqda. "Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Hukumatimiz 2010 yil 7 oktyabrda "2010 - 2020 yillarda nomoddiy madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish, asrash, targ’ib qilish va ulardan foydalanish Davlat dasturini tasdiqlash to’g’risida" qabul qilgan qaror izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Mazkur Davlat dasturining hayotga to’la-to’kis tatbiq etilishi, u qamrab olgan barcha sohalar kabi, milliy ma- daniyatimizning tarkibiy qismi bo’lmish folklor san’atimizning yanada munosib qadrlanishiga sharoit yaratadi.
Mana necha asrlardan beri O’zbek xalqinig milliy qadiryatlari, an’analari, urf - odatlari davr o’zgarishiga qaramay bizgacha yetib kelgan O’zbek xalqi nafaqat o’zining boy tarixiga, balki, milliy san’ati va madaniyati xazinasiga misli ko’rilmagan darajada boy xalqdir. Ushbu san’at va madaniyat xazinasini sog’lom avlodga bekamu ko’st yetkazish barcha san’atkor, jurnalistlarning faxli burchidir. Yurtimiz mustaqillikka erishgan vaqtdan boshlab yurtboshimiz tomonidan milliy qadiryatlarimizga, tariximizga, madaniyatimizga, san’at va adabiyotimizga e’tibor kuchaydi. Buning yaqqol dalili, uzoq asrlardan xalqimizga meros bo’lib kelgan Samarqand, Buxoro, Xiva shaharlaridagi shunga o’xshagan bir qancha arxitektura yodgorliklari qaytadan ta’mirlandi. Jumladan musiqa san’atida an’anaviy qo’shiqchilik borasida "Sharq taronalari", "Asrlar sadosi", "Maqomchilar" va bir qancha millatimiz dovrug’ini dunyoga tanitadigan folklor xalqaro festivallar tashkil qilindi. Endi Xorazm an’anaviy va folklor qo’shiqlari to’g’risida to’xtalib o’tsak. Necha asrlar mobaynida Xorazm xalqi ijod etgan sho’x,
44
murakkab, sodda, o’ziga xos raqsbob va turmush tar’zini aks ettiruvchi hazil qo’shiqlari behad ko’p. Qo’shiqlari orqali xalq borliqqa o’z munosabatini bildirib uzoqdagi turli voqea va hodisalarga o’z tushunchasiga yarasha baho beradi. Xorazm folklorining janri turli-tuman tematikasi boydir. Unda necha yuz yillar mobaynida "asrlar"osha xalqimizga yetib kelgan "Go’ro’g’li" "Sayotxon va Hamro", "G’arib va Shoxsanam", "Toxir va Zuxra" shunga o’xshash bir qancha dostonlari O’zbekistonimizning boshqa viloyatlarida uchramaydi. Ma’lumki, ishq - muxabbat, sevgi tushunchasi insoniyat bilan azaliy xamrox bo’lgan bo’lib, u haqida turli xalqlar o’z turmush darajasi, madaniy saviyasi doirasida, katta va kichik xajmda badiiy asarlar yaratganlar. Bu qo’shiqlar esa turli xalq bayramlari, sayllari, to’y-tomoshalarida xalq tomonidan yoki professional san’atkorlar tomonidan ijro etib kelingan. Gap shundaki folklor janarlarining ayrim turlari urf odat va marosimlar bilan bog’lik bo’lsa, ba’zilari kuylash uchun mo’ljallangan bo’ladi. Mana shu holatlarni hisobga olib O’zbek folklor janrlarini quyidagicha klassifikatsiya qilish mumkin. O’zbek folklor asarlari avvalo ikki katta guruhga bo’linadi: 1. Urf-odat va mavsum-marosimlar bilan bog’lik asarlar. Bunda a) mehnat qo’shiqlari; b) mavsum qo’shiqlari; v) marosim qo’shiqlari (beshik to’y, sunnat to’yi, nikoh to’yi v.h.k. ) 2. guruh qo’shiqlar, epik (dostonlar, termalar). Folklor janrlari g’oyaviy-tematik va badiiy xususiyatlari bilangina emas, balki ijro usullari jihatidan ham (masalan, yakka ijrochilik, jamoaviy ijrochilik, sozli va sozsiz) bir-biridan farq qiladi. Ularning qo’shiq kuylash uchun, ikkinchisi doston, boshqasi og’zaki dramma ko’rsatish, namoish qilish uchun mo’ljallangan bo’ladi. Mehnat qo’shiqlari kishilar mehnatini yengillashtirgan. Mehnat harakati evazita qo’shiqdagi so’zlar sodda, qofiyasi ixcham, aniq bo’lgan. Xorazm folklor qo’shiqchiligidagi hazil qo’shiqlar ana shu tamoillarga amal qilgan bo’lib sheva, hazil-mutoibasi, jozibasi bilan farq qilib kelgan. Bunga biz ko’plab qo’shiqlarni
45
misol qilishimiz mumkin. Masalan: "Olma pishganda galing",”Orvachi”, "Oshpaz qo’shig’i", "Chipradalli", v.h.k. Hazil mutoibaga boy, jozibador raqslar bilan mujassam Xorazm xalq qo’shiqlari Xorazm viloyatlarining turli tuman va qishloqlarida hamon ijro etib kelinmoqda. Bu noyob xalq ijod namunalarini avloddan-avlodga O’zbek xalqining asrlar osha yetib kelishiga Matyusuf Harratov, Madraxim Sheroziy, Xojixon Boltaev, Jumaniyoz ota, Matyokub ota Nazarov, Safo Muganniy, Qurbon Ismoilov, Nuriddin Qalandarov, Matyoqub Nazarov, xalfalardan Anabibi kori Otajonova (Ojiza), Anajon xalfa Sobirova (Anash cho’loq)lar munosib hissa qo’shishgan. O’tgan asr so’ngida ijod qilgan folklor namoyondalari Zarip Latipov, Qo’ronboy Bobojonov, Rajab ota Paqapaq, Razzoq Hasanov, San’at Zaripov, Nazira Xalfa, Bikajon Rahimova, Oybibi Karilyuva va boshqalar. Bu ustozlarning barchasi o’z kasbini ustasi ya’ni qo’shiq, raqs va aktyorlik mahorati juda kuchli, hazil mutoibaga, improvizatsiyaga boy san’atkor insonlar bo’lishgan. Ular ijro etgan qo’shiqlar nafaqat Xorazm viloyati balki o’lkamizning turli shahar va qishloqlarida hatto professional yosh estrada guruhlari tomonidan sevib ijro etib kelinmoqda. Xorazm xalq qo’shiqchiligida odatda asarlar usuli temp jihatdan sho’xchan bo’lgani uchun raqs harakatlari bilan uzviy bog’liqdir. Unda sahna mezonsenasi va sahnalashtirish iprovizatsiya orqali ijro etilgan. Bu qo’shiqlarda aktyorlik mahorati, o’zining xatti-harakatlari, raqsi, yuzidagi mimikalari bilan tomoshabinni qiziqtirganlar. Shuning uchun ham bu qo’shiqlar xalqchil va ommalashib borgan. Bizga ma’lumki Xorazm shevasi boshqa shevalardan juda katta farq qiladi. Masalan, Urganch shahri bilan Xiva shahri orasidagi masofa 20-25 km bo’lib mana shu oraliqda yashaydigan aholi shevasida ham farqlar uchrab turadi. Hattoki qo’shiqlarda va raqslarda ham bir muncha farqni sezish mumkin. Xorazm hazil qo’shiqchiligining mavzusi juda keng qamrovdadir. Masalan, chol va kampir hazil qo’shiqlari "Boboyjonim", "Chipradalli", "Nima-nima deysiz", "Aylanin" va h.k. Odatda bu qo’shiqlar sayllar, to’y va tomoshalar turli bayramlarda sevilib ijro etilgan. Ushbu kunda nafaqat Xorazm viloyatida balki boshqa 46
viloyatlardagi san’atkorlar ijro etib kelishmoqda. Maqsadimizning asl mohiyatiga o’tishimizdai avval yuqorida misol keltirgan qo’shiqlarni tahlil qilsak. Masalan, "Boboyjonim" qo’shig’ini Zarip Latipov hamda Bikajon Rahmiovlardir. Bu qo’shiqda ular uzoq yillar bir yostiqqa bosh qo’yib nevara-evara ko’rishgan bo’lishsa-da, lekin kech ham ayrilmay qarilik gashtini birgalikda surayotgan cholu-kampirlar hazil qo’shiqlaridir. Ular tomonida bu qo’shiq shu qadar mahorat bilan ijro etilganki undagi matn, raxs, ijro bilan uyg’unlashib kishini o’ziga rom etadi. Bu Xorazm hazil qo’shiqlarini yurtimizda faoliyat yuritayotgan barcha folklor jamolarida foydalanish mumkin. Xorazm hazil qo’shiqlarida ovoz, raqsdan tashqari musiqaga, usulga albatta shevaga katta e’tibor berish zarur. Sababi, Xorazm qo’shiqlari nafaqat kuy balki qo’shiq so’zlari, intonatsiyasi, o’ziga xos urg’ularini ichiga olgan yulga egadir. Xorazm hazil qo’shiqlarining nafaqat yurtimizda balki, chet mamlakatlarda ham katta qiziqish bilan tinglashadi. Masalan, Turkiyada bo’lib o’tgan 1-Egey TV xalqaro festivalida ijro etilgan qo’shig’ida Xorazmcha raqsdan tashqari O’zbek milliy urf-odat va an’analarimizning ayrimlarini ko’rsatishga harakat qilgan. Bu qo’shiq va undagi raqs nafaqat turk balki, boshqa millat vakillarida ham katta qizqish uyg’ota oldi. Xorazm hazil qo’shiqlari bebaho xazinadir. Buni asrab-avaylash, avloddan-avlodga bekamu-ko’st yetkazish bizning burchimizdir. Sababi, O’zbek folklor qo’shiqlari san’atimizni ko’z-ko’z qilishda Xorazmcha qo’shiqlarni ayniqsa Xorazm hazil qo’shiqlarini o’rni katta desak aslo mubolag’a bo’lmaydi. Download 382.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling