O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “Ҳalq ijodiyoti” fakulteti
II. BOB INSON MA’NAVIYATINI RIVOJLANTIRISHDA
Download 382.18 Kb. Pdf ko'rish
|
inson kapitalini rivojlantirishda sanat va madaniyatning roli
II. BOB INSON MA’NAVIYATINI RIVOJLANTIRISHDA
SAN’AT VA MADANIYATNING ROLI 2.1 INSON KAPITALINI RIVOJLANTIRISHDA MADANIY- MA’RIFIY FAOLIYATNING AHAMIYATI VA ASOSLARI
10 Karimov I.A., Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. T.2. – T.: O’zbekiston,1996.- B.134. 32
Inson paydo bo’libdiki, u o’zini qurshagan dunyoni, unda o’zining o’rnini o’rganib keladi. Inson muammosini qadimdan ko’pchilik aniq fanlar o’rganib kelgan. Xususan, insonni antropologiya, psixologiya, pedagogika, meditsina fanlari, san’at va madaniyat sohalariga oid: adabiyotshunoslik, estetika, etika fanlari; tilshunoslik fanlari ham o’rganadi. Bulardan tashqari, tarix, iqtisod, siyosatshunoslik, huquqshunoslik fanlari ham inson hayotining u yoki bu tomonlarini o’rganadi. Masalan, falsafada «inson» tushunchasi eng umumiy tushuncha bo’lib, u o’zida hamma insonlarga xos ham tabiiy-biologik, ham ruhiy-ma’naviy va ham ijtimoiy jihatlarni birlikda umumlashgan holda mujassamlashtirgan insoniy borliqni ifodalaydi. Bu jihatdan “inson” tushunchasi “individ”, “odam” va “shaxs” tushunchalariga nisbatan mazmun jihatdan boy, hajm jihatdan keng bo’lgan umumiy tushunchadir. “Individ” 11 tushunchasi biologik mavjudot bo’lgan alohida bir tur, ya’ni «xomosapiens» (aqlli odam)ning bir vakili - yakka odam ma’nosini ifodalaydi. “Odam” 12
ifodalab, uning tabiiy-biologik xususiyatlarini o’z ichiga oladi. Bu tushuncha shu bilan birga, insonga xos nasl-nasabni ham ifodalaydi. “Shaxs” tushunchasi esa ana shu individ, ya’ni odam bolasining jamiyatda ijtimoiy muhit ta’siri, ta’limi va tarbiyasi natijasida ulg’ayib, kamol topib, ijtimoiy zotga, jamiyat a’zosiga aylangan yakka kishini ifodalaydi. Sharq faylasuflari inson ikki qarama-qarshi asos: modda va ruhning birligidan iborat mavjudot, deb ta’kidlaydilar. Ularning qarashicha, ana shu ikki asos: modda va ruh inson vujudida o’zaro mutanosib bo’lishi, biri ustuvorlik qilib, ikkinchisini soyada qoldirmasligi kerak. Agar insonda bu tartib buzilib, moddiylik ruhdan ustun
11 Individ – (lotincha: individum – so’zidan olingan bo’lib, o’zbekcha: bo’linmas degani) yakka odam,yakka bir kishini ifodalovchi tushuncha. 12
Eslatma:Sharq xalqlarida, xususan, Markaziy Osiyo mutafakkirlarida “inson” tushunchasi o’rnida doim “odam” tushunchasi qo’llanilgan.Inson bolasi tug’ulganidan keyin kamol topib odamga aylanadi. Masalan,ota-onalar farzandlariga “Qachon odam bo’lasan?”deyishadi.Hazrat A.Navoiyda ham “odam”tushunchasi shu ma’noda ishlatilgan. 33
kelsa, unda insonning o’z amaliy faoliyatida salbiy holatlar avj olib, ijobiy fazilatlar keyinga surilib tashlanadi. Aksincha, insonda ruhiy-ma’naviy tomonlar moddiylikdan |ustun bo’lsa, u zohidlik, tarki dunyochilikka berilib, real hayot ishlaridan uzoqlashishi, o’zini yakkalangan his qilib, jamiyatdan begonalishishi mumkin.
Bordi-yu, insonda moddiylik va ruhiy tomonlar bir xilda taraqqiy etgan bo’lsa, kishi ham jismonan, ham ma’naviy sog’lom bo’lib, unda aqlu zakovat, insofu diyonat, odobu ahloq, ilmu ma’rifat qaror topib, xayvoniy nafslardan o’zini tiyishi, va qul bo’lishdan saqlanishi, mol-dunyoga haddan ziyod berilmay, unga oqilona munosabatda bo’lishi, har xil xato va nuqsonlarning oldini olishi mumkin. Ruhiy-ma’naviy jihat, insonning ichki ruhiy dunyosining boyligi, teranligi odamni inson qiladigan, uning hayotini mazmunli, turmushini go’zal qiladigan asosiy omildir. Insonni ma’naviy, ahloqiy jihatdan bezaydigan fazilatlardan biri - uning halol, pokiza yashashi, birovlarning haqiga zarracha xiyonat qilmaslikdan iboratdir. Harom bilan halolni farqlash, faqat mehnati evaziga yashash, haromdan hazar qilish, tekinxo’rlikni, o’g’rilikni, boqimandalikni katta gunohi azim va ahloqsizlik, deb bilish - bular Sharq, xususan, Markaziy Osiyo mutafakkir-faylasuflari ilgari surgan eng muhim g’oyalari hisoblanadi. Madaniyat va shaxs nafaqat mazmunan bir-biriga yaqin bo’lgan, balki ichki va tashki tomonlari jihatidan o’zaro mos keluvchi tushunchalardir. Shaxs muayyan madaniy muhitda yashaydi va faoliyat ko’rsatadi. Inson dunyoga kelgandan keyin o’z-o’zini, atrof-muhitni dunyoni bilishi, o’qishi, o’rganishi, tarbiyalanishi, diniy va dunyoviy ilmlarni egallashi, diniy, ahloqiy, estetik, badiiy, huquqiy, siyosiy qarashlarga ega bo’lishi, o’zining ichki ma’naviy dunyosini hosil qilish, mustaqil fikrlovchi shaxsga aylanishi kabi uning ma’naviy- ruhiy jihatlari ham borki, bularsiz uning insonligi mumkin bo’lmaydi. “Madaniyat” atamasi hozirgi zamon ilmiy adabiyotlarda rang-barang ma’nolarda ifodalangan. “Madaniyat” va “Kultur” atamalari mutaxassislar fikriga ko’ra, ayni bir ma’noni, ya’ni, lotinchada 34
“ishlov berish”, “parvarish qilish” ma’nosini anglatadi. Keyinchalik bu atama “ma’rifatli bo’lish”, "tarbiyali", “bilimli bo’lish” mazmunida ishlatilgan. O’zbek tilida keng ishlatiladigan "Madaniyat" atamasi arabcha «madaniy» -“shaharlik” degan ma’noni bildiradi. Agar amerikalik madaniyatshunos olimlar A. Kreber va K. Klaksonlarning 1952 yildagi ma’lumotlariga ko’ra, madaniyat hodisasiga berilgan ta’rif 164 ta bo’lsa, so’nggi adabiyotlarda bu raqam 400 dan ortiqni tashkil etadi.
Jamiyatda madaniyat qanchalik murakkablashib boyib borsa, uning insonga va jamiyatga ta’siri mukamallashib va nisbiy mustaqilligi kuchayib boradi. Masalan, antik jamiyat allaqachon o’tmish, tarixga aylangan bo’lsada, uning madaniyati hozirgi kunda ham o’z ahamiyatini saqlab kelmoqda. Shuning uchun madaniyatga jamiyatning mahsuli, faoliyat uslubi sifatida qaralsada, har bir jamiyatni u yoki bu konkret madaniyatning shakllanish manbai tarzida ham qarash mumkin. Madaniyat doimo inson bilan chambarchas bog’liq bo’ladi va usiz yashay olmaydi. Madaniyat qadiryatlarning eng yirik zahirasi, tajribalar xazinasi bo’lib qoladi. Insoniyat av- lodlari undan foydalanadilar va unga o’z hissalarini qo’shadilar. Shaxs madaniyat bilan quyidagi sohalarda munosabatda bo’ladi: birinchidan, madaniyat ta’sir etish ob’ekti sifatida uni o’zlashtiradi: ikkinchidan, madaniy qa- diryatlarni tashuvchi va ifodalovchisi sifatida Shaxs konkret madaniy muhitda faoliyat ko’rsatadi; uchinchidan, madaniy ijodiyot sub’ekti sifatida madaniyatni rivojlantiradi. Madaniyat va shaxsning o’zaro munosabatlari, uning shaxs hayotida tutgan o’rni to’g’risidagi mulohazalarimizga xulosa qilib, shuni aytish mumkinki, tabiat stixiyali qonuniyatlar asosida rivojlanib borsa, insonning ichki dunyosi, ichki “tabiati”ni shakllantirish maqsadli, yo’naltirilgan asosda tashkil etilishi mumkin, bunda madaniyat insoniyatga shunday imkoniyatni yaratuvchi muhim vositalardan biri bo’ladi. Madaniyat tiplari tarixiy davrlarga qarab o’zgarib turadi. Davrlarning almashinishi bilan madaniyatda ham sifat o’zgarishlari yuz beradi. Konkret tarixiy davrda yashagan kishilarning dunyo to’g’risidagi tasavvurlari, bilimi, ma’naviy qadriyatlari to’g’risida atroflicha ma’lumotga ega bo’lishimiz uchun biz shu 35
davrning madaniyatiga murojaat qilishimiz lozim. “Inson eng oliy darajadagi tar- ixiy mavjudotdir. Inson tarixiy davrda, tarixiy davr insonda mujassam” (N, Ber- dyaev). Negaki, har qanday davrning xususiyat va darajasi madaniyat rivoji bilan o’lchanadi. Kishi qanchalik ziyoli bo’lsa, u shuncha ko’p tushunadi va o’zlashtiradi, uning dunyoqarashi va qabul qilish doirasi shunchalik kengayadi. Kishining madaniy saviyasi qanchalik tor bo’lsa, u hamma yangiliklarga va “eski”likka nisbatan shunchalik befarq bo’ladi. O’zining eski odatlari bilan yashaydi. Dunyoqarashi tor bo’lib, hamma narsaga shubha bilan qaraydi. Madaniyatning yana muhim vazi- falaridan biri bu - kishida ijodiy qobiliyatni rivojlantirishdir. Madaniyat faqatgina moddiy va ma’naviy qimmatlar yig’indisidan iborat emas, balki ijodiy faoliyatdir. Muhtaram Prezidentimiz Islom Karimov «O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida» kitobida ta’kidlanganlaridek, uzoq davom etgan qattiq mafkuraning taziqiga qara- may, O’zbekiston xalqi avloddan-avlodga o’tib kelgan o’z tarixiy va madaniy qa- diryatlarini hamda o’ziga xos an’analarini saqlab qolishga muvaffaq bo’ldi. Mus- taqilligimizning dastlabki kunlaridanok, ajdodlarimiz tomonidan ko’p asrlar mobaynida yaratib kelingan g’oya ulkan bebaho ma’naviy va madaniy merosni ti- klash davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan nihoyatda muhim vazifa bo’lib qoldi. Xalqimizga uning ma’naviy va madaniy boyliklarini qaytarish borasida ko’plab ishlar amalga oshirildi. Dastlabki, eng muhim qadam “O’zbek tili haqidagi”qonunning qabul qilinishi bo’ldi. Bu bilan O’zbek tilidagi xalqning bebaho madaniy va milliy boyligi maqomi tiklandi. Istiqlol yillarida ayniqsa, teatr va musiqa san’ati rivoj topdi, madaniy aloqalar kengaydi, madaniy-ma’rifiy muassasalar faoliyati takomillashdi, muzeylarning ijtimoiy - ma’rifiy ahamiyati oshdi, milliy adabiyot ravnaq topdi. Shu asnoda asosiy e’tibor repertuar masalasini hal etish, tomoshabinlarni bezdiradigan sahna asarlari o’rniga ularning ma’naviy-ijtmoiy ehtiyojlarini qondiruvchi spektakllarni fuqarolar hukmiga havola etishga asosiy e’tibor qaratildi. Hozir O’zbekistonda faoliyat ko’rsatayotgan 36 ta
36
dramatik, musiqali drama va komediya, opera va balet, qo’g’irchoq teatrlari ana shunday vazifalarni bajarmoqdalar. Istiqlolning dastlabki kunlaridanoq musiqa san’ati bo’yicha qator ko’rik-tanlovlar o’tkazila boshlandi. Xususan, 1992 yil mart oyida Toshkent shahrida milliy soz ijrochilarining “Asrlarga tengdosh navolar” deb nomlangan Respublika ko’rik tanlovi, aprel oyida Toshkent viloyatida havaskor qo’g’irchoq teatrlari jamoalarining ko’rik-tanlovi, shuningdek, “Boqiy ovozlar” deb nomlangan ko’rik-tanlovlar o’tkazildi. 1995 yil dekabrda “O’zbekiston - Vatanim manim” mavzuidagi ko’shiqlar ko’rik-tanlovi e’lon qilindi. 1994 yil 23 dekabrda Vazirlar Maxkamasi “Respublika muzeylari faoliyatini yaxshilash chora-tadbirlari to’g’risida” gi, 1999 yil 5 dekabrda esa “Muzeylar faoliyatini qo’llab-quvvatlash masalalari to’g’risida”gi qarorlarni e’lon qildi. Shunday qilib, Mustaqillik O’zbekiston ma’naviy hayotini barqarorlashtirish uchun zamin yaratdi, ma’naviy-ma’rifiy hodisalarga munosabatni o’zgartirdi. Zero, muhtaram Yurtboshimizning: “biz xalqni nomi bilan emas, balki madaniyati, ma’naviyati orqali bilamiz, tarixning tag-tomirigacha nazar tashlaymiz”, - degan fikrlarida juda katta mantiq va ma’no bor. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli bunyodkorlik ishlari, shu jumladan, madaniyat va san’at yo’nalishlaridagi islohotlar birinchi galda inson qadrini ulug’lashga qaratilgan.
Yurtimizda istiqlol yillarida ulkan iqtisodiy, ma’naviy- ma’rifiy islohatlar olib borilmoqda. Davlatimiz rahbarining "Har qaysi xalq yoki millatning ma’naviyatini uning tarixi, o’ziga xos urf-odat va an’analari, hayotiy qadiryatlaridan ayri holda tasavvur etib bo’lmaydi. Bu borada, tabiiyki, ma’naviy meros, madaniy boyliklar, ko’hna tarixiy yodgorliklar eng muhim omillardan biri bo’lib xizmat qiladi" 13 (1.
-B. 29) - deb ta’kidlagan so’zlari Mustaqillik davrida ma’naviyatga, madaniyatga va san’atga bo’lgan e’tiborning yuksak dalilidir.
Ijtimoiy-madaniy faoliyat asosan kishilarning ishdan bo’sh vaqtlarida olib boriladi, kishilarga asosiy ishdan tashqari har xil mazmundagi va shakldagi
13 N Bekmirzaev//Notiq,nutq,xulq// L. – B. 29 37
“ikkinchi” faoliyat bilan shug’ullanishlariga imkoniyat yaratadi. Bu faoliyat kishilarning xordiq chiqarshiga, bilimini, dunyoqarashini o’stirishga, ijodkorligini oshirishga qaratilgan bo’lib, ular o’z navbatida asosiy ish faoliyat bilan yaxshiroq shug’ullanishga samarali yordam beradi. Madaniy - ma’rifiy faoliyat - aholini ma’naviy kamol toptirish, madaniy saviyasini oshirsh, bilimini o’stirish, dunyoqarashini kengaytirish, ijodiy qobiliyatini rivojlantirish, bo’sh vaqtini samarali o’tkazishga ko’mak beruvchi ijodiy-tashkiliy ishlar majmuasidir. Ijtimoiy-madaniy faoliyatning o’z ob’ekti, predmeti va ish faoliyati mavjud. Madaniy - ma’rifiy faoliyat quyidagi ishlardan iborat: - Tashviqot va targ’ibot ishlarini olib borish. - Xalq havaskorlik ijodini o’stirish. - Kishilarning dam olishini tashkil qilish. Bu ish faoliyatlari madaniy-marifiy ishlarning shakllarini vujudga keltiradi. Madaniy - ma’rifiy faoliyat turlariga spektakl, ommaviy tomosha, xalq sayllari, bayramlar, karnaval, raqs kechalari, viktorina, ko’rgazma, turli tanlovlar, sayohat va ekskursiya kabilar kiradi. Ijtimoiy-madaniy faoliyatining yakka, guruhli va ommaviy shakllari mavjud. Yakka shakllar - mutaxassis va tinglovchi o’rtasidagi maslahat, yakka suhbat, ommaviy mashg’ulotlardan tashkil topsa, guruhli shakllar - taxminan 15-30 kishi qatnashadigan tadbirlar, ya’ni munozara, seminar, suhbat, ekskursiya, havaskorlik jamoalari mashg’ulotlarini o’z ichiga oladi. Ommaviy shakllar esa - soni che- klanmagan, katta auditoriyaga mo’ljallangan ma’ruza, savol-javob kechalari, mavzuli kechalar, ommaviy tomoshalar, bayramlar va boshqalarda vujudga kelib, ijtimoiy-madaniy faoliyatning asosiy qismini tashkil qiladi. Mavjud uch shaklni madaniy faoliyatda quyidagi tasnifdagi ta’sirchan vositalardan va usullardan foydalanish asosida vujudga keltiriladi. Ular quyidagilar: 38
- Bir yoqli (monologik) tasnif - bu notiqning og’zaki – “jonli” so’zi, hamda boshqa ta’sirchan vositalar orqali auditoriyaga axborotlar beradigan tadbirlar. Masalan. ma’ruza, axborot va boshqalar. - Muloqatli (diologik) tasnif - bu asosan muloqat, suhbat, fikr almashishlardan iborat bo’lib, unga suhbat, munozara, uchrashuv, savol-javob kechalari kiradi. - Ko’p tarmoqli tasnif. Bunda monologik va diologik shakllar bilan bir qatorda boshqa ta’sirchan vositalardan foydalanish mumkin bo’lgan tadbirlar tushuniladi. Masalan, og’zaki jurnal, mavzuli kechalar. Har bir tasnifda madaniy-ma’rifiy faoliyat xodimi (yetakchi shaxs) turli sahnaviy ifoda vositalaridan (musiqa, qo’shiq, raqs, ifodali o’qish), tarqatma materiallardan (mavzuga oid ko’rgazmali vositalar) va tasvirli materiallardan (taqdimot, video lavxa) keng foydalanish mumkin. Madaniy-ma’rifiy faoliyatning asosiy bo’g’ini madaniyat, ma’naviyat va ma’rifat tashkil etadi. Madaniy-ma’rifiy muassasalar quyidagi turlarga bo’linadi: Axborot resurs markazi (kutubxona), muzey, madaniyat uyi va saroyi, istiroxat bog’i, madaniy dam olish maskanlari (teatr, kinoteatr, konsert zallari va h.k.). Axborot resurs markazining (kutubxona) vazifalari va faoliyati, kitob fondlarining tarkibiga qarab, ommaviy, texnikaviy va turli maxsus kutubxonalar, o’quv yurtlari, kutubxonalari, ilmiy kutubxonalarga bo’linadi. Ommaviy kutubxonalar aholining turli sohaga doir kitoblarga bo’lgan talablarini qondirishga qaratilgan. Shuningdek zamonaviy axborot resurs markazi nafaqat o’quvchini kitob bilan balki so’ngi yangiliklar, internet ma’lumotlari bilan yaqindan tanishtirishdan iborat. Muzeylar - ularning asosiy vazifasi tarixiy hu- jjatlarni, moddiy va ma’naviy madaniyat yodgorliklarini, san’at asarlarini, tabiat boyliklarining namunalarini to’plash, saqlash, ularni ilmiy, ishlab chiqarish va ko’rgazmaga qo’yishdan iboratdir. Shular bilan birgalikda muzeylar ilmiy - tek- shirish ishlarini ham olib boradi va quyidagi tarmoqlarga bo’linadi: tarix muzeylari, xotira-yodgorlik muzeylari, o’lkashunoslik muzeylari, san’atshunoslik muzeylari, tabiiy-ilmiy muzeylar. Madaniyat uylari va saroylari tizim jihatidan ikki turga bo’linadi:
39
Birinchi turdagi madaniyat uylari va saroylari bular Madaniyat va sport ishlari vazirligi tarmog’idagi madaniyat uylari bo’lib, tuman, shaxar va qishloq madaniyat uylari va saroylaridir. Bu muassasalarning ish faoliyati hududiy jihatdan farqlanadi xolos. Ya’ni qishloq madaniyat uyi mazkur qishloq aholisining madaniy ehtiyojini qondirish uchun xizmat qilsa, shahar madaniyat uyi yoki saroyi shahar aholisiga xizmat qiladi. Ikkinchi turdagi madaniyat uylari va saroylari Kasaba uyushmasi qo’mitasi tarmog’idagi madaniyat muassasalaridir. Ularga turli tashkilot va korxona qoshidagi, shuningdek, sanatoriyalar, dam olish uylarining klublari ham kiradi. Madaniyat va istiroxat bog’lari - ularda ommaviy sayllar, karnavallar, sport va boshqa bayramlar, turli ommaviy tomoshalar o’tkaziladi, havaskorlik xalq teatri jamoalari tomonidan tayyorlangan turli mavzudagi spektakllar, kinofilmlar namoyish etiladi, siyosiy va ilmiy ma’ruzalar tinglanadi, madaniy-ma’rifiy mavzu- dagi ko’rik-tanlovlar va sport musobaqalari uyushtiriladi. Madaniy dam olish uchun keng imkoniyatlar yaratilgan bo’lib, madaniyat va istiroxat bog’larining bezagi, ulardagi tabiiy manzarali joylar kishilarning estetik didlarini o’stirishga yordam beradi.
Teatr - bu insonning bo’sh vaqtini mazmunli va ma’naviy ozuqa olishga qaratilgan san’at muassasasi bo’lib, asosiy funksiyasi estetik tarbiya berishga qaratilgandir. Teatr san’atining o’zigagina xos xususiyati shundaki u sintetik san’at bo’lib, tarbiya va ma’naviyat maskanidir. "Teatr o’yunbozlik emas! Masxarabozlik ham emas! Teatr bamisoli oynavand bir uykim, kirgan har bir kimsa o’z husnu qabihini ko’ra olur. Yuziga un surtib masxarabozlik shakliga kirgan zotlar tabibi hoziqdurlar" . Ma’rifatparvar yozuvchi va teatr jonkuyari Mahmudxo’ja Behbudiy ushbu so’zlari orqali teatrning jamiyat ko’zgusi ekanligini ta’kidlaydi. Kinoteatrlar, konsert zallari. Kino teatrlar kinofilm namoyish qilish uchun maxsus jihozlangan maskan bo’lib, katta hajmdagi ekran orqali kino namoyish etiladi. Shuningdek turli mavzularda davra suhbatlari va tadbirlar ham bo’lishi mumkin. Konsert zallari esa yakkaxon, jamoa konserti uchun mo’ljallangan bo’lib, 40
zamonaviy texnika, akustika, sahna, sahna liboslari, yumshoq va qulay o’rindiqlarga ega bo’ladi. Shuningdek, madaniy-ma’rifiy ishlar bilan ommaviy axborot vositalari (radio, televideniya, matbuot); ta’lim muasasalari (bog’cha, maktab, litsey, kollej va oliy o’quv yurti); ijodiy uyushmalar (yozuvchilar, rassom, kompozitorlar, teatr arboblari) ham muntazam shug’ullanib keladi.
Download 382.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling