O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “Ҳalq ijodiyoti” fakulteti
Download 382.18 Kb. Pdf ko'rish
|
inson kapitalini rivojlantirishda sanat va madaniyatning roli
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, “Xalq ijodiyoti” fakulteti , “Ijtimoiy- madaniy faoliyat ta’lim yo‘nalishi ” bitiruvchisi Karimova Zuxraning “Inson kapitalini rivojlantirishda san’at va madaniyatning roli” mavzusida tayyorlagan bitiruv malakaviy ishiga T A Q R I Z Ma’lumki, mustaqillik yillarida mamlakatimiz erishgan ulkan yutuq va marralar haqida so‘z yuritilganda, boshqa muhim sohalar qatori ta’lim-tarbiya, sog‘liqni saqlash, onalik va bolalikni himoya qilish borasida amalga oshirayotgan umummilliy dasturlarimiz, ularning ulkan amaliy natijalari birinchi navbatda tilga olinadi. Bu bejiz emas, albatta. Chunki bugungi kunda har qaysi xalq, davlat va jamiyatning taraqqiyot darajasi avvalambor uning inson kapitaliga, inson rivojiga berayotgan e’tibori, shu yo‘ldagi sa’y-harakatlari bilan o‘lchanadi. Jahondagi eng nufuzli tashkilot – Birlashgan Millatlar Tashkilotining Mingyillik rivojlanish maqsadlariga ayni shu masalalarning ustuvor yo‘nalishlar sifatida kiritilgani ham bu fikrni tasdiqlaydi. O‘zbekiston o‘z mustaqil taraqqiyotining birinchi kunlaridan boshlab inson, uning huquq va manfaatlarini oliy qadriyat sifatida ulug‘lab, bu g‘oyani davlatimiz Konstitutsiyasida huquqiy qoida shaklida mustahkamlab qo‘ydi. Shu asosda o‘tgan davrda g‘oyat keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilib, inson manfaatlarini ta’minlash barcha o‘zgarish va islohotlarimizning bosh maqsadiga aylandi. Muhtaram Yurtboshimizning:”biz xalqni nomi bilan emas, baliki madaniyati, ma’naviyati orqali bilamiz, tarixning tag-tomirigacha nazar tashlaymiz”- degan fikrlarida jyda katta mantiq ma’no bor. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli bunyodkorlik ishlari,shu jumladan, madaniyat va san’at yo’nalishlaridagi islahotlar birinchi galda inson kapitalini rivojlantirishga qaratilgan.
Karimova Zuxra tomonidan ishlangan BMIning 1-bobida inson kapitalining mohiyati va ahamiyati o‘z ifodasini topgan. BMI ning 2 bobida inson ma’naviyatini rivojlanishida madaniyat va san’atning roli ilmiy asoslangan holda yoritilgan. Yuqoridagilarga asosan BMI da mavzuni yoritishda huquqiy-meyoriy hujjatlar hamda mahalliy materiallardan foydalangan. Bitiruv malakaviy ishi kirish, 2 bob, xulosalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhatidan iborat bo‘lib, talablar darajasida bajarilgan. Bitiruvchi Karimova Zuxraning “Inson kapitalini rivojlantirishda san’at va madaniyatning roli” mavzusida tayyorlagan bitiruv malakaviy ishida kamchiliklar uchramaydi. Bitiruv malakaviy ish oliy ta’lim muassasasalarida bitiruv malakaviy ishini tayyorlash tartibi haqidagi NIZOM talablariga mos keladi. Mazkur bitiruv malakaviy ishini nihoyasiga yetgan deb hisoblab himoyaga tavsiya etaman. .
______________________
_______________________ _______________
Download 382.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling