Inson kapitalini rivojlantirish pirovard natijada mamlakatimizni dunyoning
rivojlangan davlatlari qatoridan munosib o’rin olishga imkon yaratadi.
Hozirgi globallashuv davrining murakkab sharoitida insonning kapitalining
rivojlanishi, iqtisodiy rivojlanishning, mehnat unumdorligining o’sishi va samarali
boshqarishning asosiy omilidir. Janubiy-Sharqiy Osiyo davlatlari yuqori
texnologiya va inson kapitalining o’sishi uchun mablag’lar ajratish hisobiga qisqa
muddat ichida yuksak iqtisodiy rivojlanishga va aholi turmush darajasining
o’sishiga erishishdi. Shuning uchun yosh mustaqil O’zbekistonda iqtisodiy
islohotlarning tezkor ijro etilishi, ta’lim tizimi rivojlanishiga va yuqori malakali
mutaxasislar tayyorlashga alohida diqqat qilinishini talab qiladi. Bu talab yuksak
intellektual potensialga ega bo’lgan inson, o’zgaruvchan bozor iqtisodiyotiga tezroq
moslasha olgani uchun ham yanada dolzarbdir.
Bituruv malakaviy ishining o’rganilganlik darajasi.
Inson kapitali va uning san’at va madaniyatda tutgan o’rni bir qator olimlar
tomonidan o’rganilib, tahlil qilinib kelinmoqda. Xususn bu mavzuga katta etibor
o’tgan asirning 80 yillarida katta bo’ldi. Bunga o’sha vaqtlarda o’tkazilgan bir
qancha ilmiy amaliy konferensiyalar,ilmiy maqolalar to’plamlari misol bo’la oladi.
Bugungi kunda ham inson kapitali borasidagi izlanishlar fakultetimiz professori –
o’qituvchilari, xususan sotsiologiya fanlari doktori, professor Mansur
Bekmurodovlarning ilmiy ishlarida olib borilmoqda. Shunday bo’lsada, inson
4
kapitali va uning san’at va madaniyatda tutgan o’rni borasidagi izlanishlar yetarli
emasligi mavzuning dolzarbligini ko’rsatib turibdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |