O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “Kino, televideniye va radio san’ati” fakulteti


Download 180.96 Kb.
bet3/6
Sana25.01.2023
Hajmi180.96 Kb.
#1118848
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Akbar

Individ va shaxs. Odam dunyoga odam bulib keladi. Bu ta'kid yuzaki karagandagina isbot talab kilmaydigan xakikat bulib va takrorlanaverib siykasi chikib ketgan iborat bulib tuyuladi. Gap shundaki, bu urinda xususan insoniy belgilar va fazilatlarning rivojlanishi uchun tabiiy shart-sharoitlar paydo bulishi genetik jixatdan oldindan belgilab kuyilganligi ta'kidlanadi. Dunyoga kelayotgan chakalokning gavda tuzilishi unda tik yurish uchun imkoniyatning mavjudligini takozo etsa, miyasining tuzilishi akli-xushining rivojlanishi uchun imkoniyat tugdiradi, kullarining shakl-shamoyili mexnat kurollaridan foydalanish istikbolining mavjudligini kursatadi va xokazo. Bular bilan chakalok uz imkoniyatlari yigindisiga binoan odam xar kanday xolatda xam bu xildagi fazilatlar yigindisining soxibiga aylana olmaydigan xayvon bolasidan fark kiladi. Shunday kilib, yukorida aytilganlar orkali chaqaloqning inson zotiga mansubligi tasdiklanadi va fakat individ tushunchasida kayd etiladi (bundan farkli ularok, xayvon bolasi dunyoga kelishi bilanok va xayotning oxiiga kadar jonzot deb yuritiladi). "Individ" tushunchasida kishining nasl-nasabi xam mujassamlashgandir. Yangi tugilgan chakalokni xam, katta yoshdagi odamni xam, mutafakkirni xam, akli zaifni xam, yovvoyilik boskichidagi kabilaning vakilini xam, madaniyatli mamlakatda yashayotgan Yuksak bilimli kishini xam individ deb xisoblash mumkin.
Shunday kilib, konkret individ deb ataganda biz juda kup narsalarni aytgan bulamiz. Aslini olganda, bu bilan uning potensial ravishda inson ekanligi aytilgandir. Uning bundan keyingi va xatto juda xam umumiy tarzdagi ta'rifi fazilatlarini bayon etilishi va izoxlanishini takozo kiladi. Bunday fazilatlarsiz u fakat boshkalarga uxshamaydigan emas, balki ular kabi xarakat kilmaydigan, fikrlamaydigan, iztirob xam chekmaydigan, jamiyat a'zosi sifatida, tarixiy jarayonning ishtirokchisi sifatida sosial alokalarga jalb xam etilmagan real kishi emas, balki demografik ma'lumotnomalardagi jonsiz birlik xolida koladi, xolos. Individ sifatida dunyoga kelgan kishi aloxida sosial fazilat kashf etadi, shaxs bulib yetishadi. Individ xali bolaligidayok tarixan tarkib topgan ijtimoiy munosabatlar sistemasiga jalb etiladi. U bu sistemani allakachon tayyor xolda uchratadi. Kishining jamiyatdagi bundan keyingi rivojlanishi munosabatlarning shu kadar chigalliklarini vujudga keltiradiki, bu xol uni shaxs sifatida shakllantiradi.
Psixologiyada individ tomonidan amaliy faoliyat va munosabat jarayonida xosil kilinadigan xamda ijtimoiy munosabatlarning individga ta'sir utkazish darajasi va sifatini belgilaydigan sistemali tarzdagi sosial fazilat shaxs tushunchasi bilan ifoda etiladi.
Individning aloxida sosial fazilati sifatidagi shaxsning uzi nimaq Eng avvalo, agar biz shaxs individning fazilati ekanligini tan oladigan bulsak, bu bilan biz individ va shaxsning birligini tasdiklagan va ayni paytda bu tushunchalarning bir-biriga uxshashligini inkor etgan bulamiz (misol uchun, yoruglikni sezuvchanlik fotoplenkaning xususiyati xisoblanadi, lekin fotoplenka-bu yoruglikni sezuvchanlik, yoki yoruglikni sezuvchanlik-bu fotoplenka degan ma'noni anglatmaydi). "Shaxs va individ" tushunchalarining bir-biriga uxshashligini barcha yetakchi sovet psixologlari - B.G.Ananyev, A.N.Leontyev, B.F.Lomov, S.L.Rubinshteyn va boshkalar inkor etishadi.

Download 180.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling