O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
Download 37.69 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Tasdiqlayman”
- B) Kollokvium (ijodiy suhbat
- Jami 75,6 5. Ijodiy (kasbiy) imtihonlarni o‘tkazish tartibi
- 6. Apellyatsiya tartibi
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI
O‘zDSMI rektori
_______«___»____2016 yil
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
_______«___»____2016 yil
IJODIY (KASBIY) IMTIHONI DASTURI VA BAHOLASH MEZONI “TEATRSHUNOSLIK” FANI 5150200-San’atshunoslik (teatrshunoslik) ta’lim yo‘nalishi uchun
Toshkent - 2016 2 Dastur O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti ilmiy kengashida ko‘rib chiqilgan va ma’qullangan. 2016 yil 29 iyundagi 11-sonli majlis bayoni.
Tuzuvchilar: «San’atshunoslik va madaniyatshunoslik» kafedrasi mudiri, dotsent A.Z.Rizayev
«San’atshunoslik va madaniyatshunoslik» kafedrasi katta o‘qituvchisi F.M.Abduvohidov
Taqrizchilar: San’atshunoslik fanlari doktori, professor M.To‘laxo‘jayeva
“San’at” jurnali bosh muharriri, s.f.d. D.M.Qodirova
3
Kirish
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida xujjatlarni qabul qilish va kirish imtixonlar “O‘zbekiston Respublikasi Oliy o‘quv yurtlari” ga qabul qilish qoidalariga muvofiq o‘tkaziladi. Ixtisos bo‘yicha kirish imtixonlar, har bir ixtisos uchun ta’kidlangan qabul talablariga muvofiq ravishda o‘tkaziladi. Ixtisos bo‘yicha imtixon o‘tkazilishining ketma ketligi, har bir Oliy o‘quv yurtining qabul komissiyasi tomonidan o‘rnatiladi va har yili qabul qilish qoidalari ko‘rsatiladi. Ixtisos bo‘yicha imtixonning biron-bir bo‘limida professional yaroqliligi yetarlicha bo‘lmagan shaxslar aniqlansa, keyingi bo‘limlarni topshirishga va boshqa imtixonlarga kiritilmaydi. Kirish imtixonlarga “Teatrshunoslik” ixtisosligi bo‘yicha - maxsus ijodiy tanlovdan o‘tgan abiturentlar kiritiladi. Bu narsa oliy o‘quv yurtning qabul komissiyasi o‘rnatgan tartibi bo‘yicha amalga oshiriladi. O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga xujjat topshirayotgan abiturentlarga imtihonlar oldidan konsultatsiyalar o‘tkaziladi. Konsultatsiyalarning maqsadi - qabulning shartlari bilan tanishtirish, oliy o‘quv yurtiga kirishni xoxlovchilarning qobiliyatini va tayyorgarlik darajasini aniqlash hamda ko‘maklashishdan iboratdir. Konsultatsiyalar mobaynida pedagoglar, abituriyentni tanlagan ixtisosiga o‘qitish imkoniyatiga qarab, o‘z tavsiyalarini berishadi.
Fanning maqsadi va vazifasi
Teatrshunos Respublikaning barcha teatrlarida, san’at va madaniyat muassasalarida, ommaviy axborotning vositalarida (televideniye, radio, internet) gazetalar, jurnallar, nashriyotlarda, ijodiy, tahliliy, tanqidiiy va badiiy boshqaruv faoliyatlarini olib boradi.
Badiiy – ijodiy jarayonidagi san’at voqea va hodisalari, tamoyillari to‘g‘risida ommabop va muammoli maqolalar, san’at to‘g‘risida ilmiy-ommabop asarlar, teatr, kino, teleradio, xoreografiya, musiqa, tasviriy san’at, xalq ijodiyoti tomosha turlari, bayramlar, davlat tadbirlari, xalq sayillari haqida taqrizlar yaratadi, ular haqida fundamental ilmiy tadqiqotlar olib boradi.
Turli teatrdagi spektakllar, radio spektakllar, teleradio eshittirishlari, hujjatli va badiiy kino, uchun ssenariylar yozish kabi adabiy ijodiy faoliyat yuritadi.
Abituriyent bilimiga qo‘yiladigan talablar “Teatrshunoslik” bo‘limiga tomosha san’at turlaridan xabardor, ularning har biriga xos xususiyatlarni biluvchi va yaxshi his qiluvchi, obrazli fikrlashga moyil, jahon va o‘zbek adabiyoti, san’atining ulug‘ namoyondalari ijodi bo‘yicha mustaqil ravishda qalam tebratish salohiyatiga ega yoshlar qabul qilinadilar. Buning uchun ular “Davlat granti” va “To‘lov-shartnoma” asosida ixtisoslikka moyilligini belgilovchi sinovlarda qatnashishlari mumkin. San’atshunoslik “teatrshunoslik” yo‘nalishi bo‘yicha xujjat topshirgan abiturentlar bo‘limiga kiruvchilar quyidagi ikki bosqichdan iborat ixtisoslik sinovlarida qatnashadilar:
“Teatrshunoslik” – bu ilmiy - ijodiy kasb. Ijod bilan bog‘liq barcha kasblar qatori “Teatrshunoslik” ham insondan tabiat bergan, ilmiy va ijodiy fikrlash, uni badiiy mantiqiy to‘la-to‘kis holda qog‘ozga tushira olish ( yoza olish) qobiliyatini talab qiladi. Yozma 4 ishning asosiy vazifasi talabgorda ana shu qobiliyat qay darajada bor yoki yo‘qligini aniqlashning mezonlaridan biri sanaladi.
Shunday qilib, “Yozma ish”- bu berilgan mavzu asosida adabiy – tahliliy yoki tanqidiy mazmundagi teatrshunoslik inshosidir.
Berilgan mavzu yirik teatr arboblarining ijodiiy faoliyati haqida portretlar, mashhur spektakllarga taqrizlar, pesalarning tahli, taniqli rejissyorlarning ijodlarini ochuvchi tahliliy ishlar, teatr – tomosha turlari va janrlari haqida bo‘lishi mumkin. Shuningdek mustaqil O‘zbekistonimizda san’at sohalari ma’naviy-ma’rifiy, badiiy – estetik tarbiyaning asosiy vositasidan biri deb qaralayotgani, tomosha san’at turlari sohalarini rivojlantirish uchun olib borilayotgan davlat mafkurasi ham insho mavzularidan bo‘lishi mumkin.
Inshoda talabgorlarning mustaqil ijod qila olishi, yozish qobiliyati, tomosha san’ati sohalaridan naqadar xabardorligi, savodi, ilmiy, adabiy va badiiy tafakkur darajasi, fikrlarini mantiqiy asoslashi va izhor qilish imkoniyatlari aniqlanadi. Shuningdek, inshoning g‘oyasi, fikrlarining salmoqdorligi, asosliligi izchilligi va kompozitsion tizimining yorqinligi ham tekshiriladi. B) Kollokvium (ijodiy suhbat)
Ijodiy suhbatda- kiruvchining umumiy bilimi, madaniy va g‘oyaviy saviyasi, idrok va zakovat darajasi, badiiy didi va estetik qarashlari, teatr tur va janrlari, teatr tarixidan muhim lavhalar haqida, bugungi kun jahon va o‘zbek teatr san’ati yutuv va muammolari haqida, ijro san’ati maktablari haqida, jahon va o‘zbek daramaturgiyasi nomoyondalari va boshqa san’at turlaridan qanchalik xabardorligi, fikrlashi, mantiqli tahlil qilishi, asoslash qobiliyatlari aniqlanadi.
Shuningdek ijodiy suhbatda talabalarning ijodiy tashkilotchiligi, irodasi, ijtimoiy hayot haqidagi maslagi, e’tiqodi, fe’l-atvori, maqsadini amalga oshirishdagi intilishi, bir qarorga kelishidagi ziyrakligi, hozirjavobliligi, dadilliligi, tadbirkorligi, atrofdagilarga o‘z fikrini uqtirishdagi izchilligi, ta’lim-tarbiyasi sinaladi.
Shu jarayonda talabgorlar shaxsiy hujjatlari, yaratgan, matbuotda yoki nashriyotlarda chop etilgan maqolalari va boshqa asarlari bilan tanishiladi.
Olingan barcha natijalar umumlashtirilib talabgor imkoniyatlari bal shaklida baholanadi. Ijodiy ish 75,6 ball yagona baholash mezoni bo‘yicha baholanadi. Ijodiy ishda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball miqdori 75,6 ball, deb belgilanadi.
belgilari ball 1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining san’at va madaniyatga oid Farmonlari haqida tushunchasi (1-5) 2.
Respublika teatrlarida 2010-2016 yillarda cahnalashtirilgan spektakllar va o‘tkazilgan teatr festivallari (1-5) 3.
Teatr san’ati asarlarining turlari va janrlari to‘g‘risidagi tahliliy fikr-mulohazalari (0-5) 4.
Radio va teleseriallarning o‘ziga xos xususiyatlari haqidagi tahliliy fikr-mulohazalari (0-5) 5.
Tasviriy va musiqa san’ati to‘g‘risidagi tushuncha (0-5)
5 6. Teatrshunoslik haqida bilim va tasavvuri (0-5) 7.
Teatr va sahnalashtirilgan spektakllar haqida maqolalari e’lon qilingan teatrshunoslar asarlaridan xabardorligi (0-5) 8.
Zamonaviy qahramonning obrazini teatr, kino, televideniye va tasviriy san’atdagi xususiyati haqidagi tahliliy fikr- mulohazalari (0-5)
9. Fikrni mantiqiy ifodalash qobiliyati (0-5) 10. Yozma ish xulosasi (0-5) 11. Pesa va spektakllarni tahlil etish qobiliyati (0-5) 12. Mazmun va ifoda mosligi (0-5) 13. Mavzuning yoritilish darajasi (0-5)
14. Savodxonligi (imloviy, orfografik, stilistik xato) (0-5)
15. O‘zbekiston adabiyoti va san’ati gazetasi , teatr va san’at jurnallarida e’lon qilingan teatrshunoslikka oid maqolalar haqida fikr mulohazalari (0-5,6)
Jami 75,6
5150200-San’atshunoslik (teatrshunoslik) bakalavrlik ta’lim yo‘nalishiga hujjat topshirgan abituriyentlar jadval asosida belgilangan kunlarda 1-tur bshyicha yozma ishi yozadi. 2-turda yakka suhbatdan o‘tishadi. Yozma ishda abituriyentlar ijod bilan bog‘liq barcha kasblar qatori teatrshunoslik barcha san’atning turlari bо‘yicha ilmiy va ijodiy fikrlash, uni badiiy mantiqiy to‘la-to‘kis holda qog‘ozga tushira olish ( yoza olish) qobiliyatini talab qiladi. Shunday qilib, yozma ish berilgan mavzu asosida adabiy – tahliliy yoki tanqidiy mazmundagi teatrshunoslik inshosidir. 2-turda yakka tartibda ijodiy suhbatda- abituriyentning madaniy va g‘oyaviy saviyasi, idrok va zakovat darajasi, badiiy didi va estetik qarashlari, teatr tur va janrlari, teatr tarixidan muhim lavhalar, bugungi kun jahon va o‘zbek teatr san’ati yutuv va muammolari, ijro san’ati maktablari, jahon va o‘zbek daramaturgiyasi nomoyondalari va boshqa san’at turlaridan qanchalik xabardorligi, fikrlashi, mantiqli tahlil qilishi, asoslash qobiliyatlari aniqlanadi. Ijodiy imtihonlar qabul komissiyasi tomonidan shakllantirilgan guruhlar 30 nafar abituriyentlardan iborat bo‘lib, ijodiy imtihon guruhlar bo‘yicha o‘tkaziladi. Ijodiy imtihonlar maxsus qurollar bilan jihozlangan xonalarda o‘tkaziladi.
Abituriyentlar tomonidan ijodiy (kasbiy) imtixon natijalari bo‘yicha institut qabul komissiyasining apellyatsiyalar bilan ishlash ha’atiga natijalar e’lon qilingandan kundan boshlab 24 soat davomida murojaat qilishlari mumkin. Murojaat mazmunida faqat o‘zining ballari haqida bo‘lsa qabul qilinadi, lekin boshqa abituriyentlar haqida yozilgan shikoyat arizalari qabul qilinmaydi. Download 37.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling