“Avesto”-zardushtiylarning muqaddas kitobi. - Musulmonlarda «Qur’on», nasroniylarda «Bibliya» bo’lganligidek, Avesto –zardo’shtiylik dinining matnlari to’plamidir.
- Eronda islom dini qabul qilingach, Avestoning katta qismi yo’q bo’lib ketadi. Bizgacha uning kundalik diniy amaliyotlari uchun zarur bo’lgan matnlarigina yetib kelgan хolos.
- Eng qizig’i Vadevdat bo’lib, to’plamning ma’nosi – «devlarga qarshi qonun» demkdir. U kohinlar majmui bo’lib, poklanish marosimlari qoidalari, gunohlarni yuvish va sahovatli bo’lish, har хil urf-odat qoidalari, shu bilan birga dafn etish marosimlari haqidagi bo’limdir.
- Kimki insonni yoki itni yerga ko’msa, katta gunoh qilgan hisoblanib, bu gunohi uchun «otning qamchisi» bilan 500 marta urilgan.
- Avestoni to’plam holda to’plagan olim Anketil Dyupperon ( Fransiya) bo’lib, u XVIII asrning o’rtalarida bu muqaddas kitobni Hintistondagi Gujarat viloyatidan keltiradi va frantsuz tilida chop ettiradi.
- Tadqiqotchilar uni qo’yidagi qismlardan iborat deb hisoblaydilar: - « Yasna» -«qurbonlik keltirish», «Yasht»- «qadrlash», «Videvdat» - «devlarga qarshi qonunlar», «Visprat» - «barcha hukmdorlar». «Yasna» dagi 72 ta bobdan 17 tasi payg’ambar Zaratushtraga tegishli. Ular – «Gota» lar nomli «muqaddas qo’shiqlar» yoki madhiyalardir
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |