Oʻzbekiston davlatchiligining shakllanishi asoslari.”Avesto” va zardushtiylik. Oʻzbekiston davlatchiligining shakllanishi asoslari.”Avesto” va zardushtiylik


Download 340.46 Kb.
bet1/4
Sana25.11.2021
Hajmi340.46 Kb.
#177077
  1   2   3   4
Bog'liq
Taqdimot (1)

Oʻzbekiston davlatchiligining shakllanishi asoslari.”Avesto” va zardushtiylik.

Oʻzbekiston davlatchiligining shakllanishi asoslari.”Avesto” va zardushtiylik.

Reja:

1.Davlatchilik tushunchasi.

2.Davlat tuzilmasining “Sharq yoʻli”.

3.Davlat tuzilmasining “Yevropa yoʻli”.

4.Zardushtiylikning paydo boʻlishi.

5.”Avesto”-zardushtiylarning muqaddas kitobi.

Davlatchilik tushunchasi

  • Ilk davlatchilik tarixi bo‘yicha tadqiqotlar olib boruvchi aksariyat olimlarning e’tirof etishicha, O‘rta Osiyoda ilk davlatchilik asoslarini bronza (mil.avv. III-II m.y.) davridagi sug‘orma dehqonchilikning rivojlanishi va ixtisoslashgan hunarmandchilik xo‘jaliklari tashkil etgan edi.
  • Davlatchilik tarixi insoniyat sivilizatsiyasining so‘nggi 5 ming yili bilan bog‘lanadi.
  • Ilk davlatlar o‘z rivojlanish bosqichlarida turli xususiyatlar va tarixiy qonuniyatlariga ega bo‘lib, ilk davlatlar xo‘jalikning ishlab chiqaruvchi shakllari – dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilik qaerda oldinroq rivojlangan bo‘lsa, o‘sha erda paydo bo‘lgan.
  • Jamoalardagi ishlab chiqarish va ijtimoiy mehnat taqsimoti, tashqi harbiy bosqinlardan himoyalanish, diniy urf-odatlarni bajarish kabi masalalar ijtimoiy mansablar hamda boshqaruvning paydo bo‘lishiga asos solgan.
  • Qadimgi jamoalarda rahbar – yo‘lboshchining nufuzi yuqori bo‘lsa-da, o‘sha davrlarda boshqaruv yutuqlariga asoslangan ijtimoiy hokimiyat siyosiy davlat maqomi darajasiga etmagan ijtimoiy tashkilot turini o‘zida ifoda etgan.
  • A.S.Sagdullaev tadqiqotlariga ko‘ra, boshqaruvning paydo bo‘lish asoslari quyidagilardan iborat: ishlab chiqarish va ijtimoiy mehnat taqsimoti, tashqi harbiy bosqinlardan himoyalanish zarurati, jamoadagi mavjud urf-odatlarni bajarish, jamiyatning ijtimoiy-amaliy vazifalar jihatdan bo‘linishi
  • Iqtisodiy funksiyalar tizimida ishlab chiqarish va ijtiomiy mehnat taqsimoti muhim o‘rin tutgan. Jumladan, dehqonchilik ishlari, ishlab chiqarishni tashkil etish, jamoa xo‘jaliklarida er va suvni taqsimlash, qurilish va sug‘orish irrigatsiya ishlarini yo‘lga qo‘yish, hishloq xo‘jaligi va hunarmandchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish, mahsulot ayirboshlash hamda savdo-sotiq aloqalari shular sirasiga kiradi.
  • Ijtimoiy funksiyalar qadimgi jamoalardagi o‘zaro aloqalarni tartibga solish va muvofiqlashtirish, munozarali masalalarni hal qilish, jamoaning ichki va tashqi munosabatlarini huquqiy jihatdan boshqarib turish zaruratiga asoslangan.
  • Harbiy-siyosiy funksiyalar tashqi harbiy bosqinlardan himoyalanish, harbiy qo‘shinlarni tashkil etish, vohalar hududlarida mudofaa ishlarini amalga oshirish, tuman va vohalar o‘rtasida o‘zaro aloqalarni o‘rnatish hamda munozarali masalalarni hal qilish kabi vazifalar asosida shakllanib rivojlangan.
  • Hududiy funksiyalar voha, tuman, viloyat hududlarida joylashgan qishloq jamoalari, tuman aholisi (bir necha qishloq jamoalari) va viloyat (bir necha tuman) aholisining munosabatlarini nazorat qilish hamda boshqarib turish zarratidan kelib chiqqan.

Download 340.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling