O'zbekiston: davlatchilikni shakllantirish va rivojlantirish yo'lida


Download 76 Kb.
bet3/5
Sana24.03.2023
Hajmi76 Kb.
#1291507
1   2   3   4   5
Bog'liq
O’zbekiston respublikasining davlat tuzilishi va boshqaruv shakli

O'zbekiston xalqi.
O'zbekiston xalqini millatidan qat'i nazar O'zbekiston Respublikasi fuqarolari tashkil etadi. Bu konstitutsiyaning 8-moddasida qayd etilgan. O'zbekiston aholisi 26 million kishidan ortiq. O'zbek millati aholining taxminan 78 foizini tashkil etadi. Ayni vaqtda O'zbekiston hududida o'z madaniyatiga va an'analariga ega bo'lgan millat vakillari yashaydi. O'zbekiston hududida 130 millat va elat vakillari istiqomat qiladi. Millat vakillarining tarkibiga agar e'tibor bersak: ruslar, tojiklar, qozoqlar, qirg'izlar, turkmanlar, ozarboyjonlar, uyg'urlar, tatarlar, dunganlar, gruzinlar, moldavanlar, arman, yahudiy va boshqa milliy guruhlar yashab mehnat qilishadi.
Respublikada istiqomat qiluvchi barcha millatlarning milliy madaniyatlari, urfodatlari, an'analari va tillariga o'zaro hurmatda bo'lish konstitutsiyaviy talablardan biridir. Konstitutsiyaning 4-moddasida bu masala o'z aksini topgan: «O'zbekiston Respublikasi o'z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urfodatlari va an'analari hurmat qilinishini ta'minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi». Konstitutsiya O'zbekiston fuqarosi deb hisoblangan barcha shaxslarni, ularning millati, tili, urf-odatlari va milliy an'analaridan qat'i nazar, hurmat qilinishini huquqiy jihatdan kafolatlaydi. Shu bois har bir insonning o'zini erkin va teng huquqli deb his qilish imkonini beradigan munosabatlar o'rnatilmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining joriy yillarida Respublikada 100 ta milliy-madaniy Markaz ta'sis etildi va ular millatlararo hamjihatlikni ta'minlashda muhim rol o'ynamoqda. Ularning tashkil topishi bilan millat vakillarida o'z urf-odatlari, an'analari va tilini qayta tiklash uchun imkoniyatlar yaratildi. Milliy-madaniy Markazlar tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar millatlar o'rtasida aloqalarning yanada mustahkamlanishida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Dinga e'tiqod erkinligi ham huquqiy jihatdan ta'minlangan. Bugungi kunda mamlakatimizda ko'p millatlilik sharoitida 15 ta diniy konfessiya birlashmalari faoliyat ko'rsatib kelmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XVII bobida Qoraqalpog'iston Respublikasining maqomi va uning suvereniteti muhofaza etilishi mustahkamlab qo'yilgan. O'zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog'iston Respublikasi o'rtasidagi o'zaro munosabatlarning huquqiy asoslari Konstitutsiyaning 70- 75-moddalarida keng yoritilgan. Suveren Qoraqalpog'iston Respublikasi O'zbekiston Respublikasi tarkibiga kiradi. Bunday holat O'zbekistonning va Qoraqalpog'istonning umumiy mushtarak manfaatlariga monand keladi. Qoraqalpog'iston suvereniteti O'zbekiston Respublikasi tomonidan muhofaza qilinadi. O'zbekiston Respublikasi qonunlari Qoraqalpog'iston Respublikasi hududida ham majburiydir. O'zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog'iston Respublikasi o'rtasidagi o'zaro munosabatlar O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi doirasida tuzilgan shartnomalar va bitimlar bilan tartibga solinadi.
Qoraqalpog'iston Respublikasining konstitutsiyaviy belgilari: o'z konstitutsiyasiga egaligi, respublika parlamenti mavjudligi, respublika maqomining O'zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog'iston Respublikasi Konstitutsiyasi tomonidan belgilanishi tashkil etadi. 1993-yilda Qoraqalpog'iston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilindi. Bu esa o'zbeklar bilan qoraqalpoqlarning abadiy birligi va qon-qardoshligini to'la tasdiqlaydi.

Download 76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling