O‘zbekiston ekosistemalari va ularni haritada aks ettirish


Download 142.5 Kb.
bet5/7
Sana16.01.2023
Hajmi142.5 Kb.
#1094706
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
KURS ISHI 2

Ekologik karta





Ekologik xavfsizlik
Viloyatda keyingi yillarda ekologik xavfsizlikni ta’minlash yuzasidan bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. Buning natijasida ichimlik suv sifatini yaxshilandi, shuningdek sanoat korxonalaridagi atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar chiqaruvchi muqim manbalardagi chang va gaz tozalash uskunalari jihozlandi, qishloq xo‘jalik ekinlari zararkunandalariga qarshi biologik kurash choralarini ko‘paytirish hisobiga kimyoviy preparatlar qo‘llash ko‘lamini keskin kamaytirildi.
Jumladan, Honka tumanida paxta tozalash zavodi aholi punktidan ko‘chirildi, Eronning «SHimbar» firmasi tomonidan sutkasiga 100 ming kub metr suv tozalash inshooti ishga tushirildi, qishloq xo‘jaligi sohasida 120 ta biolaboratoriya faoliyat olib bormoqda.  
2006 yilda viloyat xoqimligi tomonidan 2006-2010 yillarga mo‘ljallangan atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish xududiy Dasturi tasdiqlanib unga 22 ta tadbir kiritildi. SHundan, suv manbalarni muhofaza qilish bo‘yicha 8 ta tadbir, atmosfera havosini muhofaza qilish bo‘yicha 3 ta tadbir, er resurslarini muhofaza qilish bo‘yicha 7 ta tadbir, o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish bo‘yicha 4 ta tadbir. Hozirgi paytga ushbu tadbirlarni bajarish uchun 1880288,0 ming so‘m miqdorida mablag‘lar sarflandi va Tuyamo‘yin suv omborining 4,14 km uzunlikdagi dambalari ta’mirlandi, burg‘ulash va beton ishlari olib borildi.
Hozirgi kunda viloyatda 1978 yilda ishga tushirilgan Urganch shahar oqava suv inshootini tozalash samaradorligini oshirish muhim bo‘lib turibdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 18 iyuldagi qarori bilan tasdiqlangan Dasturda 2009 yildan boshlab Urganch shahar oqova suv tozalash inshooti bo‘yicha quyidagi ishlarni amalga oshirish rejalashtirilgan:
1. Urganch shahri uchun oqova suv tozalash inshooti qurilishi, quvvati sutkasiga 60 ming kubometr.
2.Urganch shahridagi o‘zi oqar va bosimli kanalizatsiya tarmoqlarini qayta tiklash, uzunligi 9,8 km.
3.Urganch shahridagi 4 ta okova suvlarni haydash stansiyasini qayta tiklash. Har birining quvvati sutkasiga 30 ming kubometrni tashkil qiladi.
4.Urganch shahridagi o‘zi oqar oqova suv tarmoqlarini qurish, uzunligi 11,2 km.
5.Urganch shahri 5-son oqova suv xaydash stansiyasidan tozalash inshootigacha bo‘lgan uzunligi 11,4 km bosimli quvurni qurish.



Download 142.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling