O‘zbekiston ekosistemalari va ularni haritada aks ettirish


Download 142.5 Kb.
bet6/7
Sana16.01.2023
Hajmi142.5 Kb.
#1094706
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
KURS ISHI 2

Ekologik loyihalar


Xorazm viloyatida 2002 yildan boshlab er va suvdan foydalanishning iqtisodiy va ekologik tuzilishini o‘rganish maqsadida olmon-o‘zbek ilmiy loyihasi hamkorlikda ish boshladi. Loyihaning asosiy vazifasi Xorazm viloyat qishloq xo‘jaligida iqtisodiy samara va ekologik ko‘rsatkichlarni yaxshilash maqsadida aniq takliflarni ishlab chiqish hamda loyihada O‘zbekistonda yosh mutaxassis va olimlarni o‘qitish, qayta tayyorlash ko‘zda tutilgan. Loyiha tomonidan hozirgi vaqtda viloyatning qishloq xo‘jalik sektorining iqtisodiy rivojlanish qo‘rsatkichlar dinamikasini o‘rganish maqsadida tashkil etilgan tadqiqot guruhi faoliyat olib bormoqda.


Xulosa
Yerda hayotning davom etishida quyoshdan kelayotgan energiya oqimi muhim rol o`ynaydi. Avtotrof organizmlar bu energiyadan foydalanib, fotosintez jarayonida organiq birikmalarni sintezlaydi, geterotrof organizmlar esa ularni iste'mol qiladi. Iste'mol qilingan organik moddalar bilan birga ularning tarkibida saqlangan energiya geterotrof organizmlarga o`tadi. Kishi ovqatlanishida ajralib chiqadigan issiqlik, yog`och, toshko`mir yoki torfning yonishida chiqadigan issiqlik va yorug`lik o`sha quyoshdan olinib, to`planib qolgan energiyadir.
Shunday qilib, ekotizimda moddalar va energiya bir organizmdan boshqasiga o`tib oqib yuradi. Moddalar yopiq zanjir bo`yicha oqsa, energiya ochiq zanjirda oqadi, ya'ni u ertami-kechmi tashqi muhitga chiqib ketadi.
Nega tirik organizmning massasi u o`zlashtirgan moddalar massasiga teng emas? – degan savol tug`iladi. Axir odam o`zining 70 yillik hayotida o`rtacha 45 t. ovqat iste'mol qilsa, uning vazni shunchalik o`smaydi-ku! Gap shundaki organizmga kirgan ozuqaning faqatgina kichik bir qismi uning o`sishiga ya'ni vazn to`plashiga sarf bo`ladi. Uning ko`pchiligi nafas olish, harakatlanish, ko`payish va boshqa jarayonlar uchun sarflanadi, yana bir qismi esa hazm bo`lmay, chiqindi sifatida muhitga chiqarib tashlanadi. Organizm to`playdigan massaning u shu massani to`plash uchun oladigan ozuqa massasidan kam bo`lishini ekologik piramida qoidalari bilan tushuntirish mumkin.



Download 142.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling