O`zbekiston-Finlandiya Pedagogika Instituti “Aniq-tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat” fakulteti


Oksidlar Biri kislorod bo’lgan ikki element atomlaridan tashkil topgan murakkab moddalar oksidlar deyiladi


Download 14.49 Kb.
bet2/4
Sana08.03.2023
Hajmi14.49 Kb.
#1249318
1   2   3   4
Bog'liq
Amaliyot ishi 2

1.Oksidlar Biri kislorod bo’lgan ikki element atomlaridan tashkil topgan murakkab moddalar oksidlar deyiladi. Oksidlarning umumiy formulasi RxOy. Oksidlarni nomlashda kimyoviy element nomi, kichik qavs ichida valentligi va oksidi deb nomlanadi. Cu2O - mis(I) oksidi, CuO mis(II) oksidi, BaO bariy oksidi, Mn2O7 marganes (VII) oksidi. Oksidlar to’rt turga bo’linadi: asosli, kislotali, amfoter va betaraf yoki tuz hosil qilmaydigan oksidlar. Bundan tashqari tarkibida kislorod tutgan boshqa birikmalar ham bor. Ularga peroksidlar va aralash oksidlar kiradi. Masalan, Na2O2, K2O2 va Mn3O4 , Pb3O4.

Oksidlar to’rt turga bo’linadi: asosli, kislotali, amfoter va betaraf yoki tuz hosil qilmaydigan oksidlar. Bundan tashqari tarkibida kislorod tutgan boshqa birikmalar ham bor. Ularga peroksidlar va aralash oksidlar kiradi. Masalan, Na2O2, K2O2 va Mn3O4 , Pb3O4.

Suvda eriydigan asoslar ishqorlar deyilib, ularga NH4OH, LiOH, NaOH, KOH, RbOH, CsOH, Ca(OH)2, Sr(OH)2, Ba(OH)2 kiradi. Dissotsialanish qobiliyatiga ko’ra asoslar kuchli va kuchsiz asoslarga bo’linadi. Suvdagi suyultirilgan eritmalarda to’la dissotsianadigan asoslarni kuchli asoslar deyiladi. Kuchli asoslarga barcha ishqorlar kiradi. Ishqor so’zi “o’yuvchi” ma’nosini beradi.

Suvda erimaydigan asoslar oz dissotsialanuvchi moddalar qatoriga kirib, odatda bunday asoslar bosqichli dissotsialanadi. Masalan: Cu(OH)2, Mn(OH)2, Fe(OH)2, Cr(OH)3, va boshqalar .

Nomlanishi. Asoslarni nomlash ularga asos yoki gidroksid so’zini qo’shish orqali amalga oshiriladi. NaOH natriy gidroksidi, natriy asosi, o’yuvchi natriy. Agar biror metallning bir necha gidroksidlari bo’lsa Cr(OH)2 -xrom(II) gidroksidi, Cr(OH)3- xrom(III) gidroksidi va hokazo.

  • Metall oksidlarini suvda erishidan ham asoslar hosil boladi. Faqat I va II guruh metallarining oksidlarigina suvda oson eriydi (BeO va MgO dan tashqari). Xossalari. Asoslar odatda qattiq moddalardir. Ularning rangi turlicha bo’lib, rang o’zgarishi ba’zan asoslarni birini ikkinchisidan ajratish imkoniyatini beradi. Faqat NH4OH ammiakni suvda erishidan hosil bo’lgan birikma eritmada mavjud (suyuqlik). shqorlarga tuzlar ta’sir ettirilsa erimaydigan asoslar hosil bo’lishi yuqorida ko’rib chiqildi.
  • Amfoter gidroksidlar. Asoslarning alohida guruhini amfoter gidroksidlar tashkil etadi. Ham kislota ham asos xossasini namoyon etuvchi asoslar amfoter gidroksidlar deyiladi. Bunday asoslar qatoriga: Zn(OH)2, Be(OH)2, Al(OH)3, Sn(OH)2, Pb(OH)2, Cr(OH)3, Pb(OH)4, Sn(OH)4 va boshqalar kiradi.


Download 14.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling