4.Tuzlar
Tuzlar quyidago turlarga bo’linadi: o’rta tuzlar, nordon tuzlar, asosli, qo’sh va kompleks tuzlar.
O’rta tuzlar tarkibiga ko’ra faqat metall atomi va kislota qoldig’idan tuzilgan. Ular to’la dissotsilanadi. Shuning uchun ular dissotsilanganda faqat metall kationlari va kislota qoldig’i anionlari hosil bo’ladi:
Nomlanishi. Nomlashda avval metall, keyin kislota qoldig’i aytiladi. CuSO4–mis(II) sulfati; Al(NO3)3 – aluminiy nitrati; Fe2(SO4)3- temir(III)sulfati;K4P2O7-kaliy difosfati yoki kaliy pirofosfati; FeSO4 - temir (II) sulfati va hokazo. Ba’zan tarixiy nomlashlar ham uchraydi. AgNO3 kumush nitrat yoki liapis; Na2CO3 – natriy karbonat yoki soda; Nordon tuzlar. Bunday tuzlar tarkibida metall atomi, vodorod atomi va kislota qoldig’i bo’ladi. Nordon tuzlar (6-jadval) ko’p asosli kislotalardan hosil qilinadi. Agar tuz hosil qilish uchun olingan kislota tarkibida faqat bitta vodorod atomi bo’lsa undan nordon tuz hosil bo’lmaydi. Nordon tuzlarning dissotsialanishi bosqichli boradi. Eritmada metall kationi, kislota qoldig’i anioni va vodorod kationi mavjud bo’ladi: Tarkibida kompleks hosil qiluvchi va ligandlar tutgan moddalar kompleks birikmalar deyiladi. Eritmada eriganda kompleks kation, anion yoki neytral zarrachalar hosil qiladigan murakkab moddalar kompleks birikmalarga kiradi. Kompleks birikmalar tuzilishining o’ziga xos tomonlari mavjud: 1. Kompleks birikmalar molekulasining markazida metall kationi yoki atomi joylashgan bo’lib(8-jadval) u kompleks hosil qiluvchi ion deyiladi. 2. Kompleks hosil qiluvchi bilan bevosita bog’langan qutbli neytral molekulalar (NH3, H2O, CO, NO) yoki anionlar (SO42-; NO3-;CO32-; CN-; Cl-; OH-) ligandlar deb ataladi. 3. Kompleks hosil qiluvchi ionlar ushlab turgan neytral molekulalar va ionlar soni koordinatsion son deyiladi. 4. Kompleks hosil qiluvchi ion va ligandlar ichki sferani hosil qiladi va o’rta qavsga olib yoziladi. 5. Ichki sferaga kirmagan ionlar tashqi sferani hosil qiladi. Ichki sferani zaryadi ligandni turiga qarab musbat, manfiy va hatto neytral bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |