O‘zbekiston-finlandiya pedagogika instituti magistratura bo‘limi
STAJIROVKA DASTURINING MAQSAD VA VAZIFALARI
Download 37.57 Kb.
|
Стажировка дастур (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- STAJIROVKA DASTURINING MAZMUNI Institutdan stajirovka rahbari
STAJIROVKA DASTURINING MAQSAD VA VAZIFALARI
Stajirovka o‘tishdan ko‘zlangan maqsad magistratura talabalariga ma’lum bir yo‘nalishda kasbiy bilim va ko‘nikmalarni hosil qilish hamda magistrlik dissertatsiyalari bo‘yicha materiallar yig‘ish, malaka oshirish va tajriba- sinov ishlari bo‘yicha ilmiy xulosalar chiqarishdan iborat. Stajirovka o‘tashda quyidagi vazifalar qo‘yiladi: ilmiy-tadqiqot olib borish, nazariy va amaliy bilimlarni chuqurlashtirishi; iqtisod, fan, madaniyat va sog‘liqni saqlash hamda boshqa tarmoqlardagi zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan tanishtirishi; amaliy kasbiy va ilmiy-tadqiqot kompetensiyalarni shakllantirishi; mutaxassislik bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni takomillashtirish va magistrlik dissertatsiyasi (yoki biror qismi) bo‘yicha tajriba-sinov, ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarilishi; kasbga samarali moslashuvni ta’minlashi lozim. STAJIROVKA DASTURINING MAZMUNI Institutdan stajirovka rahbari — stajirovkaga yo‘llangan magistratura talabasining magistrlik dissertatsiyasi va ilmiy-tadqiqot ishlariga bevosita rahbarlik qilayotgan ilmiy rahbar (ilmiy maslahatchi), magistratura talabasining stajirovkasiga rahbarlik qilish o‘quv yuklamasiga kiritilgan universitet professor-o‘qituvchisi; stajirovka — magistratura mutaxassisligi bo‘yicha maqsadli kasbiy ta’lim o‘quv reja va dasturlarini o‘zlashtirish, magistratura talabalarida ilmiy-tadqiqot kompetensiyalarini shakllantirish maqsadida ta’limning fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyasini rivojlantirish yo‘li orqali magistrlarni eng yangi ilmiy-texnik rivojlanishdagi yutuqlar hamda fan, texnika va qator tarmoqlardagi zamonaviy texnika va texnologiyalar bazasida ilmiy tadqiqot olib borish; stajirovka o‘tash dasturi — stajirovka davomida fan, texnikatarmoqlaridagi zamonaviy texnika va texnologiyalar bazasida eng yangi ilmiy-texnik rivojlanishdagi yutuqlarni o‘rganish hamda magistratura talabasining magistrlik dissertatsiyasini (yoki uning bir qismini) tayyorlash uchun materiallar yig‘ish, magistrlik dissertatsiyasi mavzusi yuzasidan ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish, magistrlik dissertatsiyasi (yoki uning bir qismi) uchun zarur bo‘lgan tajriba-sinovlarni o‘tkazish, ularni mutaxassislar muhokamasidan o‘tkazish, tajriba-sinov natijalaridan ilmiy xulosalar chiqarish bo‘yicha tadbirlarni qamrab olgan stajirovka rahbari tomonidan ishlab chiqilgan va magistratura bo‘limi yoki universitetning zimmasiga stajirovka masalalari bilan shug‘ullanish majburiyati yuklatilgan kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadigan dastur. qabul qiluvchi tashkilot — stajirovka o‘tkazilishi rejalashtirilgan hamda o‘tkaziladigan yuridik shaxs; qabul qiluvchi tashkilotdan stajirovka rahbari — zimmasiga magistratura talabalari tomonidan stajirovka o‘tash dasturida belgilangan topshiriqlar bajarilishini nazorat qilish, ularni amaliy ko‘nikmalarga o‘rgatish, magistrlik dissertatsiyasining tajriba-sinovlarini o‘tkazish va uning amaliy qismi materiallarini tayyorlashga ko‘maklashish mas’uliyati yuklangan qabul qiluvchi tashkilot xodimi. Download 37.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling