O’zbekiston-finlandiya pedagogika instituti maktabgacha ta’lim fakulteti maktabgacha ta’lim yo’nalishi maktabgacha ta’lim tarbiyani tashkil etish fanidan kurs ishi
Xulosa.....................................................................................................................30
Download 1.36 Mb. Pdf ko'rish
|
Maktabgacha yoshdagi02N
Xulosa.....................................................................................................................30
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati……………………………………….........32 3 KIRISH. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning muayyan bir yosh davriga xos bo’lgan anatomik, fiziologik (jismoniy) va psixologik xususiyatlar yosh xususiyatlari deb ataladi. Ana shu yosh xususiyatlarni hisobga olgan holda ta’lim va tarbiya ishi tashkil etiladi. Shunda bola rivojlanishiga tarbiya ta’siri kuchli bo’ladi. Bolalarning tarbiyaga to’g’ri yondashish, uni muvaffaqiyatli o’qitish uchun bola rivojlanishidagi turli yoshdagi davrlariga xos xususiyatlarni bilish va uni hisobga olish muhimdir. Chunki bola organizmining o’sishi ham, rivojlanishi ham, psixik taraqqiy etishi ham turli yosh davrlarida xilma-xil bo’ladi. Abu Ali Ibn Sino, Yan Amos Komenskiy, K.D.Ushinskiy, Abdulla Avloniylar ham bolani tarbiyalash zarurligini uqtirib o’tganlar. Bolaning o’ziga xos xususiyatini hisobga olish juda murakkab. Chunki bir xil yoshdagi bolalar ham psixik jihatdan turlicha bo’lishi mumkin. Masalan, ko’rish va eshitish qobiliyati, faolligi, tez anglash, sust fikr yuritishi, hovliqma yoki vazminligi, sergap yoki kamgapligi, serg’ayrat yoki g’ayratsizligi, yalqov yoki tirishqoqligi, pala-partish va chala ishlaydigan, yig’inchoqligi yoki ishga tez kirishib ketishi kabilar nerv faoliyati tizimining ta’siri bo’lib, tarbiyachi ularni bilishi zarur.Maktabgacha yoshdagi bolalarni intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan har tomonlama rivojlantirish uchun sharoitlarni yaratish maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilishning mavjud tartibini qayta ko‘rib chiqishni hamda maktabgacha ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishning zamonaviy usullarini joriy etishni talab qiladi. Ta’lim- tarbiya jarayonini takomillashtirish bolalarning rivojlanganligi darajasini va ularning umumiy boshlang‘ich ta’limga tayyorligini, shuningdek, ularning ijtimoiy, shaxsiy, hissiy, nutqiy, jismoniy va ijodiy rivojlanishini baholash asosida amalga oshirilishi lozim. Maktabgacha yosh davri bolaning hayot haqidagi ilk tasavvurlari shakklanadigan davri hisoblanadi.Bu davrda olingan har qanday bilim bolaning boshqa fanlarni o‘zashtirishida katta ahamiyat kasb etadi.Shuning uchun ham bugungi kunda Maktabgacha ta’lim tizimiga e’tibor berilmoqda. Kelajak avlodni 4 tarbiyalashni maktabgacha ta’lim yoshdan boshlash kerakligi ta’kidlanmoqda. Shuni ham aytish joyizki bola tarbiyasini nafaqat maktabgacha yosh davridan balki,ona qornidan boshlash lozim.Chunki bola ona qornidaligidanoq olamni seza boshlaydi.Har bir ota-ona bunga e’tibor berishi lozim.Barkamol avlodni tarbiyalash uchun avvalambor ota-onalarning o‘zlari ma’naviyatli bo‘lmog‘i lozim.Buning uchun bugungi yoshlarimiz yaxshi bilim olsa,dunyoqarishi keng bo‘lsa, keyingi keladigan avlod ham yuksak ma’naviyatli bo‘lib boraveradi.Shuning uchun ham Prezidentimiz nafaqat Maktabgacha ta’lim tizimiga,shu bilan birgalikda yoshlarni ta’lim olishiga, kerak bo‘lsa xorijiy davlatlarda o‘z bilimlarini oshirishi uchun yetarlicha shart sharoitlar yaratib bermoqda. Download 1.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling