O’zbekiston-finlandiya pedagogika instituti maktabgacha ta’lim fakulteti maktabgacha ta’lim yo’nalishi maktabgacha ta’lim tarbiyani tashkil etish fanidan mavzu
Bola huquqlarini maxsus tartibga solishga qaratilgan
Download 0.75 Mb. Pdf ko'rish
|
“Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya” va uning mazmun-mohiyati
1.2. Bola huquqlarini maxsus tartibga solishga qaratilgan
deklaratsiyalar va konvensiyalar 1924-yildagi Bola huquqlari to'g'risidagi Jeneva deklaratsiyasi, 1959- yildagi Bola huquqlari to'g'risidagi deklaratsiya, 1989-yildagi Bola huquqlari konvensiyasi va ushbu konvensiyaga 2002-yildagi ikkita: Qurolli mojarolarda ishtirok etuvchi bolalar to'g'risidagi Qo'shimcha protokol va Bolalar savdosi, bolalar fohishabozligi va pornografiyasiga taalluqli Qo'shimcha protokol. Bola huquqlari to'g'risidagi konvensiya bola huquqlari bo'yicha asosiy hujjat hisoblanadi hamda uni bola huquqlariga oid o'ziga xos kodifikatsiyalash desa ham bo'ladi. Konvensiya 54 moddani o'z ichiga olgan bo'lib, ularni 4 ta kategoriyadagi huquqlarga bo'lish mumkin: a) yashay olish huquqi: bola talablarini qondirish va hayotiy huquqlarini o'zida mujassam etish kabi asosiy shartlarni hamda tibbiy xizmatdan foydalana olish, ovqatlanish, boshpanaga ega bo'lish kabi adolatli me’yorlarni o'z ichiga oladi; b) rivojlana olish huquqi: bolalar o'z qobiliyatlarini kengroq rivojlantirishga erishishlari zarur. Masalan, bilim olish, o'yin, hordiq chiqarish, madaniy faoliyatlar, axborot olish va vijdoniy poklik kabi huquqlar; d) bolalar zo ‘ravonlik va ekspluatatsiya qilinishdan himoyalangan bo 'lishlari shart. Bu borada quyidagi muammolarga, ya’ni: -qochoq bolalar masalasidagi muammolarga, sudlovni amalga oshirish tizimidagi zo'ravonliklarga va qiynoqlarga, bolalarni qurolli mojarolarga jalb etish muammolariga, bolalar mehnatiga, balog'at yoshiga yetmaganlarni jinsiy ekspluatatsiya qilish va o'smirlarning giyohvand moddalarni iste’mol qilish muammolariga alohida e’tibor berilgan bo'lishi kerak; e) ishtirok etish huquqi: bolani jamiyat va mamlakat hayotida faol ishtirok etishga chorlaydi. Bu kategoriya bolalarning hayotga taalluqli bo'lgan muammolar bo'yicha jahonshumul yig'ilishlarda va tadbirlarda ishtirok etish huquqini va o'z fikr-mulohazalarini aytishda erkin bo'lish kabi huquqlarini belgilaydi. Bolalar ulg'ayib borishlari davomida jamiyat hayotida faol ishtirok etish 12 uchun barcha paydo bo'lib boruvchi imkoniyatlarning hammasiga ega bo'lib borishlari hamda hayotiy muhim yechimlarning mas’uliyatini his qilgan holda ularni o'z zimmalariga olishga tayyor bo'lishlari kerak.Bundan tashqari, Konvensiyada ishtirokchi-davlatlar tomonidan bola huquqlarining himoyalanishi va kafolatlanishining ta’minlanishi borasida sharoit va imkoniyat yaratilishi uchun ular zimmasiga majburiyatlar belgilangandir. Masalan, uning 29- moddasida: 1. Ishtirokchi-davlatlar bolaga ta’lim berish quyidagi yo'nalishlar olib borilishi lozimligiga rozilik bildiradilar: a) bolaning shaxsi, iste’dodi, aqliy va jismoniy qobiliyatlari eng to'la hajmda rivojlanishi; b) inson huquqlari va asosiy erkinliklariga, BMT Nizomida e’lon qilingan tamoyillarga hurmatni tarbiyalash; d) bolada ota-onasiga, uning madaniy o'ziga xosligi, tili va qadriyatlariga, bola yashayotgan mamlakatning, u dunyoga kelgan mamlakatning milliy qadriyatlariga, o'zinikidan farq qiladigan madaniy taraqqiyot darajasiga hurmat bilan qarashni tarbiyalash; e) bolani erkin jamiyatda, tinchlik, sabr-toqatli bo‘lish, erkaklar bilan ayollarning tinchligi hamda barcha xalqlar, etnik, milliy va diniy guruhlar, shuningdek, tub aholi orasidan bo‘lgan shaxslar o'rtasida do‘stlik ruhida tarbiyalash; f) atrof-tabiatga hurmat ruhida tarbiyalash. 2. Ushbu moddaning yoki 28-moddaning hech qaysi bandi alohida shaxslar va organlarning o‘quv yurtlarini ochish hamda ularga ushbu moddaning 1-bandida bayon etilgan tamoyillarga rioya qilgan ho Ida rahbarlikni amalga oshirish hamda bunday o‘quv yurtlarida beriladigan ta’lim davlat tomonidan o‘matilgan minimal me’yorlarga javob berishi kerak, degan talabning bajarilishidagi erkinligini cheklash sifatida talqin qilinmaydi. Mazkur Konvensiyada bayon qilingan huquqlarning amalga oshirilishini kafolatlash va ko'maklashish maqsadida ishtirokchi-davlatlar ota-ona va qonuniy 13 vasiylarga bola tarbiyasi bo'yicha majburiyatlarini bajarishlariga tegishli yordam ko'rsatadilar hamda bolalar muassasalari tarmog'ining rivojlanishini ta’minlash va bu borada zarur chora-tadbirlarni ko'rish vazifasi ishtirokchi-davlatlarga yuklatiladi. Ushbu konvensiya ijodkorlari bola huquqlari bo'yicha o'z konsepsiyalarini liberal, patemalizm nazariyasi asosida ishlab chiqishgan. Mazkur konsepsiya g'oyalari tufayli, bolalar jamiyatning to'la huquqli a’zosi deb e’tirof etilgan. Bu konsepsiya bilan bola ota-onaga yoki ularning o'rnini bosuvchi boshqa shaxslarga tegishliligi to'g'risida yuz yillar davomida mavjud bo'lib kelgan qoidaga chek qo'yilgan. Hozirgi kunga kelib esa, Bola huquqlari to'g'risidagi konvensiya eng universal hujjatlardan biri bo'lib, Somali va AQShdan tashqari 191 davlat uning ishtirokchisidir. O'zbekiston Respublikasi ushbu Konvensiyaga 1992-yilda qo'shilgan, 2008-yili esa, uning 2002-yilda qabul qilingan ikkita qo'shimcha protokoliga: Qurolli mojarolarda ishtirok etuvchi bolalar to'g'risidagi Qo'shimcha protokol va Bolalar savdosi, bolalar fohishabozligi va pornografiyasiga taalluqli Qo'shimcha protokolga qo'shildi. 2013-yilgacha mazkur Konvensiya normalarini bajarishi bo'yicha O'zbekiston BMTning Bola huquqlari bo'yicha qo'mitasiga o'zining uchinchi va to'rtinchi Milliy ma’ruzasini va qo'shimcha protokollar bo'yicha esa, birinchi Milliy ma’ruzasini taqdim etgan. Bola huquqlari to'g'risidagi konvensiya 1989-yil 20-noyabr kuni Nyu-Yorkda qabul qilingan bo'lib, O'zbekiston Respublikasi ushbu xalqaro hujjatga 1992-yil 9-dekabrda Oliy Kengashning 757-XII-son qaroriga asosan qo'shildi. Mazkur Konvensiya bo'yicha O'zbekiston Respublikasi bolalarning sog'lig'i, o'sishi va yashashi uchun sharoit yaratish, bolalar uchun g'amxo'rlik qilish, ularni himoya qilish, ularning o'z qarashlari bo'yicha erkin tasawur qilishi uchun imkoniyatlar yaratib berish kabi bir qator majburiyatlarni o'z zimmasiga olgan. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi o'zining 1995-yil 6-mayda bo'lib o'tgan 2-sessiyasida inson huquqlarini himoya qilishga oid bir qator xalqaro hujjatlarga qo'shilish haqida qarorlar qabul qildi. Ushbu xalqaro hujjatlar quyidagilardan iborat: 1935- yil 21-iyunda Jenevada qabul qilingan Ish vaqtini haftasiga 40 soatgacha qisqartirish to'g'risidagi 47-konvensiya, 1936-yil 24-iyunda Jenevada qabul 14 qilingan Yillik haq to'lanadigan ta’tillar to'g'risi-dagi 52-konvensiya, 1919-yil Jenevada qabul qilinib, 1952-yil 28-iyunda qayta ko'rib chiqilgan Onalikni muhofaza qilish to'g'risidagi 103-konvensiya, 1964-yil 9-iyulda Jenevada qabul qilingan Bandlik sohasidagi siyosat to'g'risidagi konvensiya, 1974-yil18-dekabrda Nyu-Yorkda qabul qilingan Ayollarga nisbatan kamsitishlarning barcha shakllarini bartaraf qilish to'g'risidagi konvensiya. Mazkur xalqaro hujjatlar yuzasidan O'zbekiston ish vaqtini 40 soatdan oshirmas- lik tamoyiliga rioya qilish, har bir ishlovchi fuqaroning haq to'lanadigan ta’tilga chiqish huquqini ta’minlash, ayolga o'ziga va bolasiga yetarli miqdorda mablag' ajratish, har bir shaxsning o'z mutaxassisligiga qarab erkin kasb tanlash huquqini ta’minlash, erkaklar va ayollarning tengligi tamoyiliga rioya qilish, bu tamoyilni Konstitutsiya va qonunlarda aks ettirish, ayollarga nisbatan kamsitishlarni ko'zda tutuvchi turli cheklov-191larni taqiqlash yuzasidan choralar ko'rish majburiyatlarini o‘z zimmasiga oladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning 1995-yil 31 -avgustdagi I-son qaroriga binoan Irqiy kamsitishning barcha shakllarini bekor qilish to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyaga qo'shildi. Ushbu xalqaro hujjat 1965-yil 21-dekabrda Nyu-Yorkda qabul qilingan edi. Mazkur Konvensiya yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi irqiy kamsitish bilan bog'liq har qanday harakatlarning alohida shaxsga, guruhga yoki muassasalarga nisbatan amalga oshirilishiga yo'l qo'ymaslik majburiyatini o'z zimmasiga oladi. Davlat organlari va muassasalari, jamoat tashkilotlari mazkur qoidadan kelib chiqqan holda harakat qilishlari lozim. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling