2.3. Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyaning prinsiplari
Bolaga nisbatan har qanday kamsitishlarning oldini olish Barcha huquqlar
hech qanday istisnosiz barcha bolalarga nisbatan qo‘llaniladi. Davlatning vazifasi –
bolani kamsitishning barcha shakllaridan himoyalanganligini ta’minlash va hamda
uning huquqlarini ta’minlab berish uchun barcha zarur choralarni ko‘rish.
Bolaning manfaatlarini har tomonlama yetarli ta’minlash. Bolalarga nisbatan
barcha xatti-harakatlarda bolaning manfaatlari yaxshiroq ta’minlanishiga birinchi
darajali e’tibor beriladi. Agar ota-ona yoki vasiy bu vazifalarni bajara olmasalar,
davlat bolani uning farovonligi uchun zarur hisoblangan himoya va g‘amxo‘rlik
bilan ta’minlash vazifasini o‘z zimmasiga oladi.
Bolaning yashab ketish va sog‘lom rivojlanishini kafolatlash. Har bir bola
yashash uchun ajralmas huquqqa ega va davlat bolaning yashab ketishi va sog‘lom
rivojlanishi uchun mumkin qadar yuqori darajada imkoniyat yaratib berish
majburiyatini oladi.
Bolaning huquqlarini tan olish. Bola o‘zining fikrini erkin ifoda etish
huquqiga ega, jumladan, bolaga taalluqli har qanday muhokama paytida uning fikri
e’tiborga olinishi shart.
Bola huquqlarini ta’minlashda O‘zbekiston Respublikasi BMTning:
1)
Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt;
2)
Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt;
3)
Xotin-qizlarga nisbatan kamsitishning barcha shakllariga barham
berish to‘g‘risidagi konvensiya;
4)
Irqiy kamsitishlarga barham berish to‘g‘risidagi konvensiya va Qiynoq
va muomala va jazoning shafqatsiz, noinsoniy va qadr-qimmatni kamsituvchi
boshqa turlari to‘g‘risidagi konvensiyasi kabi boshqa asosiy xalqaro
shartnomalariga ham tayanadi.
BMTning oltita asosiy xalqaro hujjatiga qo‘shilgach, O‘zbekiston
Respublikasi xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsiplari va normalariga
muvofiq tarzda bola huquqlarini himoya qilish bo‘yicha muayyan xalqaro
majburiyatlarni o‘z zimmasiga oldi.
26
Do'stlaringiz bilan baham: |