O’zbekiston-finlandiya pedagogika instituti maktabgacha ta’lim fakulteti maktabgacha ta’lim yo’nalishi maktabgacha ta’lim tarbiyani tashkil etish fanidan mavzu
Download 0.75 Mb. Pdf ko'rish
|
“Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya” va uning mazmun-mohiyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Bola huquqlari to‘g‘risida”gi konvensiya Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg‘armasi
21 2.2. Bola huquqlarini himoya qilishga qaratilgan xalqaro mexanizmlar. Bola huquqlari bo'yicha qo‘mita. Bu Qo‘mitaning birinchi sessiyasi 1991- yilda bo‘lib o‘tgan. Qo‘mita o‘n nafar ekspertdan iborat. Uning zimmasiga bola huquqlarini rag'batlantirish uchun kurashayotgan, Konvensiya qatnashchisi bo‘lgan barcha davlatlar o‘rtasida muntazam muloqot yo‘lga qo‘yilishini ta’minlash vazifasi topshirilgan 1.Qo‘mita jahon bolalarining tinchligi va farovonligiga tahdid soluvchi omillarni aniqlab, muayyan muammolarning amaliy yechimini izlamoqda va ularni hal qilish uchun odamlarni va moliya resurslarini safarbar etish choralarini ko‘rmoqda hamda jamoatchilikning xabardorlik darajasini oshirishga, shuningdek, bola huquqlarini himoya etish va rag'batlantirishdagi ishtirokini kengaytirishga ko‘maklashmoqda. Qo‘mita ana shu maqsadda mazkur sohada jo'shqin faoliyat olib borayotgan boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qilib kelmoqda. Qo‘mita 1989-yilgi Bola huquqlari to'g'risidagi konvensiyani ratifikatsiya qilgan yoki unga qo'shilgan davlatlar o'zlarining bu boradagi majburiyatlarini qay tarzda bajarayotganliklarini kuzatib boradi. Konvensiya qatnashchisi bo'lgan davlatlar Konvensiya bajarilishiga qaratilgan tadbirlar haqidagi va bola huquqlarini amalga oshirish sohasidagi taraqqiyot to'g'risidagi ma’ruzalarni muntazam ravishda shu Qo'mitaning o'ziga taqdim etadilar. Bu ma’ruzalarning milliy darajada oshkor etilishi va keng ommalashtirilishi ta’minlanadi. “Bola huquqlari to‘g‘risida”gi konvensiya Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg‘armasi Yevropada va Xitoyda bolalarning oziq- ovqat, dori-darmon va kiyim- kechakka bo'lgan kundalik zarur ehtiyojlarini to'laroq qondirish maqsadida 1946-yilda BMT Bosh Assambleyasining birinchi sessiyasida UNICEF ta’sis etilgan edi. 1950-yilda BMT Bosh Assambleyasi mazkur Fond faoliyatining asosiy yo'nalishi rivojlanayotgan mamlakatlar bolalarining manfaatlari ko'zlangan dasturni amalga oshirishdan iborat, deya qaror qabul qildi. Uch yildan keyin BMT Bosh Assambleyasi UNICEFning faoliyatini nomuayyan muddatga uzaytirishga qaror qilgan. UNICEF insonparvarlik, muruwat 22 yordami ko'rsatgan holda rivoj lanishga hamkorlik qilar ekan, bolalarni himoya etish va ularning barcha qobiliyatlarini o'stirish maqsadida rivojlanayotgan mamlakatlar bilan hamkorlik doirasini kengaytirishga harakat qilib kelmoqda. Bunday hamkorlik bolalarni kamol toptirish sohasidagi milliy dasturlar doirasida amalga oshirilmoqda. Ana shu hamkorlik mohiyatan jahondagi har bir bolaga uning Bola huquqlari to'g'risidagi konvensiyada e’lon qilingan tayanch huquqlari hamda imtiyozlari imkon qadar ro'yobga chiqarilishini ta’minlashga qaratilgan. Markaziy va Sharqiy Yevropada, shuningdek sobiq Sovet Ittifoqi hududida bolalarning eng zarur talab-ehtiyojlarini qondirish maqsadida UNICEF ba’zi davlatlarga yaqindan yordam ko'rsatib kelmoqda. UNICEF bola huquqlarini rag'batlantirish masalalari bilan shug'ullanuvchi Bola huquqlari qo'mitasi bilan yaqindan hamkorlikni yo'lga qo'ygan bo'lib, ayni bir vaqtda Konvensiyaning amalga oshirilishini kuzatish hamda Konvensiyani ratifikatsiya qilgan yoki bu hujjatga qo'shilgan davlatlarga zimmalaridagi vazifalarini bajarishlarida har tomonlama yordam ko'rsatish bilan shug'ullanmoqda. UNICEF o'z faoliyatida bolalarning omon qolishini ta’minlash, ularni himoya etish va kamol toptirish to'g'risidagi Umumjahon deklaratsiyasini amalga oshirishga qaratilgan harakatlar rejasiga amal qiladi. Mazkur Deklaratsiya bolalar manfaatlarini ko'zlab 1990-yilning sentabrida Nyu-Yorkda ko'pgina davlatlar va hukumatlarning rahbarlari hamda oliy martabali boshqa shaxslar ishtirokida o'tkazilgan oliy darajadagi umumjahon uchrashuvida qabul qilingan. “Bola huquqlari to‘g‘risida”gi konvensiya Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg‘armasi - UNICEFning bolalar huquqlari hamda ularning xavfsizligi, salomatligi va ta’lim masalalarini ilgari surishdagi faoliyatida dasturilamal vazifasini bajaradi. Bu jarayonda bolalarning o‘zlari faol ishtirok etishlari muhimdir. 2002- yil may oyida bo‘lib o‘tgan BMTning Bolalar masalalari bo‘yicha maxsus sessiyasida bolalarning dunyoqarashlari ifoda etildi. Unda 7000 ishtirokchidan 600 nafarini bolalar tashkil etgan bo‘lib, bolalar forumini ifoda etish imkoniyatini 23 berdi. Buning natijasida davlat rahbarlari “Bolalarga maqbul dunyo” yaratish majburiyatini oldilar. “Bolalarga maqbul dunyo” bolalar salomatligi, ta’limi va himoyasini bolalar huquqlarini ta’minlash bo'yicha maqsad-vazifalarni hamda ularni amalga oshirish vaqtini belgilaydi. UNICEFning O‘zbekistondagi faoliyati bolalar va ularning oilalari hayotini yaxshilashga qaratigan bo‘lib, quyidagi huquqlarni amalga oshirishga yordam beradi: - yuqori sifatli tibbiy xizmatdan foydalanish huquqi, xususan, onalar salomatligi, bolalar o‘limini qisqartirish hamda OITV/OITS to'g'risidagi ma’lumotlarga ega bo'lish huquqi; - yuqori sifatli va bepul bo'lgan boshlang'ich ta’lim olish hamda yuqori sifatli va imkon qadar bepul bo'lgan o'rta ta’lim olish huquqi; - bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish va hordiq chiqarish huquqi; - o'z fikr-mulohazalarini erkin ifoda etish huquqi; - jinsi, dini yoki irqidan qat’i nazar, hamma uchun teng imkoniyatga ega bo'lish huquqi. Bolalar huquqlariga tayziq o'tkazish ehtimoli hamma yerda ham bo'lishi mumkin. UNICEF o'zining O'zbekiston hukumati bilan hamkorlik dasturi doirasida ana shu masalalarga e’tibor beradi. 2005-yil avgustda O'zbekiston Respublikasi Hukumati va UNICEF tashkiloti o'rtasidagi 2005-2009-yillarga mo'ljallangan Mamlakat Harakat Rejasi dasturi imzolandi. Ushbu Rejada bola huquqlarini kafolatlash va himoya qilishga qaratilgan yagona (umumlashtirilgan) huquqiy hujjat ishlab chiqish va qabul qilish borasidagi Hukumat tomonidan olib borilayotgan sa’y-harakatlarni qo'llab-quwatlash, bolalar huquqlari va erkinliklarini himoya qilish, ularga nisbatan odil sudlovni amalga oshirish bilan bog'liq institutsional tizimni yanada takomillashtirish, jumladan, bolalarning oila hayoti muhitiga bo'lgan huquqlarini keng targ'ib qilish, bolalarga mo'ljallangan muassasalarning muqobil ko'rinishlarini yaratish va ular bilan bog'liq bir qator masalalarga oid qoidalar o'z aksini topgandi. 24 UNICEF ushbu maqsadlarga erishish yo'lida O‘zbekiston Respublikasi Hukumati, fuqarolik jamiyati instituti vakillari va bevosita bolalarning o‘zlari bilan ham yuqorida qayd etib o‘tilgan muhim chora-tadbirlarni amalga oshirish borasida hamkorlik qilib kelayotir1. O‘zbekiston Respublikasining “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni, jabrdiyda guvohlar himoyasi, shuningdek, ota- onalar qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni tarbiyaga topshirishning muqobil ko‘rinishlari bo'yicha ko‘plab aniq tadbirlar ushbu hamkorlikning muayyan natijalaridandir. Umuman, bola huquqlari, ularning kafolatlari to‘g‘risida xulosa qilib aytish mumkinki, aholisining katta qismi yoshlarni tashkil etuvchi mamlakatimiz uchun bola huquqlarini ta’minlash va ularni himoya qilish masalasi mamlakatda demokratik, huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyatini qurishning eng muhim shartlaridan biri bo'lib qolmoqda. Zero, Prezident I. Karimov ta’kidlaganidek, “Oldimizda turgan eng ezgu maqsadlarimiz - mamlakatimizning buyuk kelajagi ham, ertangi kunimiz, erkin va farovon hayotimiz ham, O'zbekistonning XXI asrda jahon hamjamiyatidan qanday o'rin egallashi ham bularning barcha-barchasi, avvalambor, yangi avlod, unib-o'sib kelayotgan farzandlarimiz qanday insonlar bo'lib voyaga yetishiga bog'liqdir” |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling