O’zbekiston-finlandiya pedagogika instituti


Download 0.78 Mb.
bet1/7
Sana20.02.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1216121
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
husan


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

O’ZBEKISTON-FINLANDIYA PEDAGOGIKA INSTITUTI
TABIIY FANLAR KAFEDRASI
NOORGANIKA KIMYO FANIDAN

Volfram va molibden ishlab chiqarish jarayoni


MAVZUSI BUYICHA

KURS ISHI


BAJARDI:___________________ ______



KURS ISHI RAHBARI:_____________________ ______


KIRISH

  1. BOB

    1. VOLFRAM VA MOLIBDENNING UMUMIY XOSSALARI

    2. VOLFRAM VA MOLIBDENNING BIRIKMALARI

    3. VOLFRAM VA MOLIBDENNING FIZIK VA KIMYOVIY XOSSALAR OLINISHI

  2. BOB

    1. VOLFRAM VA MOLIBDENNING ISHLATILISHI

    2. VOLFRAM VA MOLIBDENNING LABARATORIYADA AJRATIB OLINISHI

2.3 VOLFRAM VA MOLIBDENNING SANOATDA ISHLAB CHIQARISH JARAYONI

XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

KIRISH
XX asr boshlariga kelib oldinlari qo'llanilmagan kimyoviy elementlaming sanoat miqyosida ishlatilishi katta ahamiyat kasb eta boshladi. Bu elementlarni birlashtirib «kamyob elementlar», keyinchalik esa «kamyob metallar» deb yuritila boshlandi. D.I.Mendeleyev tomonidan tuzilgan davriy tizimning barcha guruhida kamyob metallar joylashganini ko‘rish mumkin. Ular o'zining fizik-kimyoviy xossalari bilan boshqa elementlardan katta farq qiladi va sanoat miqyosida qo'llashning bir qator xususiyatlariga ko‘ra, kamyob metallar guruhiga kiritilgan. Kamyob metallarning kashf etilishi, asosan, XVIII asr oxirlari va XIX asr boshlariga to‘g‘ri keladi. Shu bilan birga, ulami ishlab chiqarishda qo'llash uchun ham ma’lum bir vaqt kerak bo'lgan. Kamyob metallar yer qobig'ida kam uchrashi va tarqoq holda bo'lgani uchun ulam i sanoat miqyosida ajratib olish davri murakkab tarzda kechgan. Kamyob metallami amalda qo'llash va ulaming texnologiyasini ishlab chiqish, asosan, XIX va XX asrlarga to‘g‘ri keladi. Demak, «kamyob metallar» tushunchasi kam yoki texnikada butunlay ishlatilmagan metallar bilan bog‘liq bo'lgan. Hozirgi vaqtda esa zamonaviy texnikaning asosiy qismi kamyob metallardan iborat ekanligini ko‘rish mumkin. Ayrim sanoat ishlab chiqarish turlarini kamyob metallarsiz tasawur qilib bo'lmaydi.
Sanoat miqyosida ishlab chiqariladigan 70 xil metallarning 41 xili kamyob metallar guruhini tashkil qiladi. «Kamyob metallar» deb nomlangan metallar guruhining hosil bo‘lishi nazariyjihatdan ishlab chiqilgan elementlar sinfiga mansub bo'lmay, balki turli xil ilmiy qarashlarga ham bog‘liqdir. Kamyob m etallar tabiatda kam tarqalgan.Yer qobig‘ida joylashgan elementlaming miqdorini tahlil qilish natijasida ulaming miqdoriy foizi Amerika olimi Klark tomonidan aniqlangan
Akademik A.E. Fersman elementlaming o'rtacha miqdorini aniqlashni «KLARK» o‘lchovi bilan yuritishni taklif qilgan. Quyidagi 2-jadvalda elementlar miqdoriy foizlarining klarki keltirilgan. Jadvalda elementlar o'nliklarda berilgan bo‘lib, birinchi o'nliJcda elementlaming 10 dan yuqori bo'lganlari, ikkinchi o‘nlikda 10 dan 1 gacha, uchinchi o‘nlikda dan 0,1 gacha va hokazo. Demak, elementlaming yer qobig‘idagi miqdori turlicha ekanligi ko'rinib turibdi. Eng ko‘p tarqalgan 9 ta elementning miqdori 98,13% ni tashkil qilgan holda, qolgan barcha elementlaming miqdori 1,87% ni tashkil etmoqda. Jadvaldan kamyob metallarning barchasi yer qobig'ida juda kam ekanligini ham aniqlash mumkin. Kamyob m etallarning ayrimlari yer qobig'ida tarqoq holda joylashgani uchun ular juda kam bo‘lib, asosan boshqa metallarning minerallari bilan birga uchraydi. Masalan, galliy qalay, margimush va simobga nisbatan ko‘p bo‘lgani bilan uning minerali uchramaydi. Galliy faqat boshqa minerallar tarkibida bo'ladi. 4 Shunday qilib, yer qobig‘ida elem entlam ing joylashishi kamyob metallar guruhlanishining asosiy belgilaridan biri bo‘lsa, ulami ishlab chiqarish va sanoatdagi qo'llanilishi asosiy ma’noni kasb etadi.

Volfram (lotinchaWolframium soʻzidan olingan boʻlib, „boʻri-shlak“ degan maʼnoni bildiradi, yaʼni volfram birinchi marta kashf qilinganida metall rudalaridagi zararli qoʻshimcha deb hisoblangan va kashf etilganidan keyin 100-yil mobaynida volfram umuman ishlatilmagan) — D. I. Mendeleyev davriy sistemasining VI guruh elementi; tartib raqami 74, atom massasi 183,84; oq-kumush rangli, qiyin suyuqlanuvchi ogʻir metall. Tabiiy volfram massa soni 180 (0,16%), 182 (26,35%), 183 (14,32%), 184 (30,68%) va 186 (28,49%) boʻlgan beshta barqaror izotop aralashmasidan iborat.
1781-yilda shved kimyogari Carl Wilhelm Scheele Volframni tungsten minerali (keyinroq esa sheelit) dan volfram angidridi WO, sifatida ajratib olgan. 1783-yilda ispan kimyogarlari aka-uka d’ Elxuyarlar \UO3ni volframit mineralidan va uni uglerod bilan qaytarib, metallning oʻzini olishdi va uni Volfram deb atashdi. Volfram uzok-yillar davomida sanoat miqyosida qoʻllanilmay keldi. Tabiatda kam tarqalgan boʻlib, Yer poʻstidagi miqdori ogʻirligi jihatidan 110-4%. Mineral holida asosan volframatlar sifatida uchraydi. Bulardan volframit (Fe, Mn) WO, va sheelit CaWO4 sanoat ahamiyatiga ega.
Volfram kub shaklida kristallanadi, zichligi 19,3 g/sm3, suyuqlanish temperaturasi 3380+10*, qaynash temperaturasi 5900°. 400-500° da W havoda sezilarli darajada WO, gacha oksidlanadi, Suv bugʻlari 600° dan yuqorida uni WQj gacha oksidlaydi. Galogenlar, oltingugurt, uglerod, kremniy va bor Volfram bilan yuqori temperaturada (ftor esa kukun holatdagi Volfram bilan xona temperaturasida) reaksiyaga kirishadi. Vodorod bilan suyuqlanish temperaturasigacha reaksiyaga kirishmaydi; azot bilan 1500° dan yuqorida nitrid hosil qiladi. Oddiy sharoitda Volfram xlorid, sulfat, nitrat va ftorid kislotalar hamda zar suvi taʼsiriga chidamli; 100° da ular bilan bir oz reaksiyaga kirishadi; Ftorid va nitrat kislotalar aralashmasida tez eriydi. Volfram oʻz birikmalarida 2 dan 6 gacha valentli boʻlib, yuqori valentlilari barqaror.

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling