Undan tashqari rekreasiya majmualarining 5 tipi ajratiladi:
1) Sanotoriya – kurort tipidagi;
2)Turistik – sog’lomlashtirish tipidagi;
3) Sanotoriya - turistik – sog’lomlashtirish tipidagi;
4) Ov qilish - baliq tutish tipidagi;
5) Turistik – sog’lomlashtirish tipidagi - ov qilish - baliq tutish tipidagi.
Hududiy turistik majmualarga A.S. Soliyev va M.R. Usmonovlar (Turizm geografiyasi, 38b.) quyidagicha ta’rif berishgan: HTM – ma’lum bir hududda yagona infratuzilma asosida turli turistik obektlarning o’zaro aloqadorlikda rivojlanishi va uni boshqarishini anglatadi. HTM va HRT bilan o’zaro chambarchas bog’liq, ammo ular o’rtasidagi tafovut ko’proq ularning hududiy jihatdan qanday masshtabni egallashida yotadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |