O'zbekiston hududini ekoturizm jihatdan rayonlashtirish


Mirzacho’l turistik rayoni


Download 42.52 Kb.
bet8/24
Sana05.01.2022
Hajmi42.52 Kb.
#231230
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24
Bog'liq
o'zbekiston hududini ekoturizm jihatdan rayonlashtirish

Mirzacho’l turistik rayoni o’zining tabiiy rekreasiya resurslari, o’ziga xos landshaft zonalari va qadimiy manzilgohlari bilan mashhur. Jizzax viloyatining Morguzar va Turkiston tog’ tizmalaridagi tabiiy va rekreasiya maskanlari, Sangzor daryosi havzasining landshaft zonalari ushbu rayonning turizm imkoniyatlarini oshiradi. Undan tashqari Zomin va Baxmal tog’ va tog’oldi mintaqalari aziz qadamjolar hamda dam olish maskanlariga boy hisoblanadi. Turistik rayonda ekologik turizmni rivojlantirish borasida amaliy ishlar boshlangan. «Yekosan» xalqaro jamg’armasining ekoturizm bo’linmasi tomonidan Jizzax viloyatining Zomin milliy bog’i va Nurota qo’riqxonalariga marshrutlar ishlab chiqilgan. Zomin milliy bog’i Toshkentdan 250 km uzoqlikda bo’lib, viloyatdagi Tureiston tog’ tizmasining shimoliy yonbag’rida joylashgan. Bog’ning umumiy maydoni 24,1 ming ga, shundan 12,1 ming ga o’rmonlar va 16,7 ming ga o’rmon bilan qoplangan yerlardan iborat. Milliy bog’ rekreasion zonalardan iborat. Unga ekologik turizmni soylar bo’ylab, hamda tabiatning ajoyib obektlariga piyoda va otlarda uyushtiriladi.

Nurota davlat qo’riqxonasi Jizzax viloyati Forish tumanida Nurota tog’ tizmasining yonbag’rida joylashgan. Umumiy maydoni 17,7 ming ga bo’lib, turistik marshrutlar piyoda va otlarda uyushtiriladi. Marshrutlar asosan ibtidoiy jamiyatning toshlarga chizilgan rasmlari, relikt daraxtlar, Seversov qo’ylarining tabiatdagi populyasiyasini o‘rganish va tomosha qilishga asoslangan.

Undan tashqari Jizzax viloyatining Baxmal tumani so’lim go’shalari, hamda muqaddas ziyoratgohlarga boy hisoblanadi. Bunda G’allaorol tumanidagi Sadir Vaqqos avliyosini qo’shib hisoblaganda 11 ta muqaddas joylarni ziyorat qilish qo’lay hisoblanadi. Bu ziyoratni Qirqqiz avliyo – Do’lana avliyo – O’smat ota – Novqa ota – Mir Said Ahmad – Bog’imazor ota – Jo’m-Jo’m ota – Azizlar – Terakli ota – Xo’ja Ko’ndalang – Sadir Vaqqos avliyo yo’nalishida tashkil etish mumkin.

Mazkur turistik rayonda turizmni rivojlantirishning asosiy muammosi turizm infratuzilmasini yaxshilashdir. Mintaqada turistik xizmat ko’rsatishning barcha tarmoqlarini rivojlantirish talab etiladi. Shunda, mazkur mintaqada iqtisodiyotida turizm o’z o’rniga ega bo’ladi.




Download 42.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling