II.Orol va Orolbo‘yi rayoniekologik inqirozli ekoturistik hudud bo‘lgani uchun ham unda yuzaga kelgan ekologik inqiroz holati asosiy ekoturistik obekt bo‘lib hisoblanadi. Ekoturistik marshurutlar bir paytning o‘zida ham Orolning qurilgan, ham uning ta’sirida turgan Orol atrofi hududlarini qamrab olishi zarur. Ekoturlar nafaqat trekking (piyoda) yoki tuya va otlarda, balki samolyot va vertalyotlar orqali ham amalga oshirish lozim. Zero u masofadan turib katta va tekis maydonni yuqoridan turib vizual kuzatish imkoniyatini beradi. Orol dengizining shimoliy g‘arbiy qismida joylashgan va kundan kunga kattalashib borayotgan Borsakelmas oroli insonlarni atrof tabiiy muhitga salbiy ta’sirini aks ettiruvchi ekoturistik obektdir. Unda Qozog‘iston Respublikasi Borsakelmas qo‘riqxonasi tashkil qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |