O'zbekiston hududini ekoturizm jihatdan rayonlashtirish
Download 42.52 Kb.
|
o'zbekiston hududini ekoturizm jihatdan rayonlashtirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- V.Nurota rayoni
IV. Qizilqum rayonicheksiz qumliklardan iborat bo‘lsada, lekin boy o‘simlik va hayvonot olamiga ega. Bu yerda eolrelef shakllari – qum marzalari, do‘ng qumliklar faqatgina shu yerga xos bo‘lgan go‘zal tabiat manzaralariga ega. U “sahro kemasi” — tuyalarda ekuskursiyalar uyushtirish ekzotik turizmni eslatadi. 1971 yilda tashkil etilgan va 10.3 mingga maydonda joylashgan Qizilqum davlat qo‘riqxonasidato‘qay va cho‘l landshafiga xos bulgan o‘simlik va xayvonlarni muhofaza etadi. Ekoturistik obektlardan biri bulgan qo‘riqxonada buxoro bo‘g‘usi (xongul), tung‘iz, qirgovul, echkemar, jayron, qum charxiloni, turkiston kobrasini va xattoki, Prajivalskiy otlari saqlanadi. Ko‘rkam tabiat o‘rtasidagi ovullarda mehmon bo‘lib, yulduzli osmon ostida kechani o‘tkazish sayyohlarga zavq bag‘ishlaydi. Kizilqumda bahor oylarida kishilarga estetik zavq berib, xordiq chiqaradigan chiroyli gulli o‘simliklar – lola, chuchmoma, eremurus, lolaqizg‘aldoq, boychechak kabilar o‘zgacha go‘zallik kasb etadi. Qizilqum rayoni yilning barcha fasllarida ajoyibdir. Tuyalar karvoni esa unga yanayam ekzotik tus beradi, hamda uni jozibadorligini ortiradi.
V.Nurota rayonio‘zining ajoyib tabiat manzaralari, tarixiy arxitektura yodgorliklari bilan kishilarni maftun etadi. 1975 yilda tashkil etilgan va maydoni 17,8 ming ga bo‘lgan Nurota tog‘ yong‘oqzor - meva qo‘riqxonasi mavjud. Bu qo‘riqxonaga "Yekosan" qoshidagi "Yekosantur" firmasi tomonidan ko‘plab marshrutlar uyushtirilgan. Oqtog‘ning janubiy yon bag‘rida joylashgan shamol tasirida tebranib turuvchi bahaybat harsang toshli «Samjigumon», «Koriz qoldiqlari» kabi tabiat yodgorligi ekoturizmning mo‘him obektlaridan bo‘lib hisoblanadi. Nurota tog‘ oldida joylashgan "Chashma bo‘log‘i" ko‘p asrlardan buyon Nurota shahri va uning atrofidagi qishloqlarni suv bilan taminlash bilan bir qatorda diniy ziyoratgohdir. Buloq yakinida "Chilistun" masjidi, Madrasa, Abul Xasan Nuriy maqbarasi va qalasi joylashgan Chashmadagi baliqlar ilohiy hisoblanadi. Baliqdan taralayotan nur inson nigohini lol qoldiradi. Qoratog‘ tizmasiniig janubiy yon bag‘rida «Sarmish darasi»dagi qoyalarda avlodlarimizning hayoti va madaniyatini aks ettiruvchi lavhalar, rasmlar ishlangan. Janubiy Nurota tizmasida uzunligi 110 m, absolyut balandligi 1060 m, maydoni 163 m2 keladigan "Maydon karst g‘ori", Shimoliy Nurota tizmasidagi uzunligi 130 m, absolyut balandligi 1100 m. maydoni 70 m2 keladigan «Xonaixudo karst g‘or»da speleoturizmni rivojlantirish mumnin. Bulardan tashkari, XI asrda bunyod etilgan va XVIII asr boshlarigacha turgan "Rabot Malik karvonsaroyi» sayyohlarning tuxtash joyi, shuningdek savdogarlarning savdo qilish joyi bo‘lgan. Rabot Malik yonida ming yillik tarixga ega bo‘lan madaniyat yodgorligi - sardoba uchraydi. Yer ichiga 12 m. botirilan sardobada butun yoz buyi muzdek va toza suv saqlangan. Download 42.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling